MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Mamaziyayeva Mahliyo Abdulkarimovna
Qo‘qon universiteti maktabgacha ta’lim
yo’nalishining 3-kurs talabasi
Annotation
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish usullari, mamlakatimizda soha faoliyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan tub islohotlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar, zamonaviy boshqaruv element va vositalari o’rganilib, soha faoliyatidagi muammolarni aniqlash va uni bartaraf etish usullari hamda ilg‘or xorij tajribasidan foydalanishning o‘ziga xos jihatlati tadqiq etilgan.
Kalit so’zlar: korpotativ boshqaruv, rahbar shaxs psixologiyasi, HR menejmenti, hodimlarni rag‘batlantirish, KPI tizimi, boshqaruv usullari
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi dasturida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim sifatini yanada rivojlantirish, maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, 2022-2023 yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024-2025 oʻquv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish, maktabgacha taʼlim tizimiga xususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish orqali 7- mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish1, va bu borada yangicha boshqaruv mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash, maktabgacha ta’lim muassasalarda zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, shuningdek soha faoliyatini rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalar ko‘rinadiki, mazkur tadqiqot ishining dolzarbligini namoyon etadi.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini 2022-2026 yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha taʼlim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tizimida budjet mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishini, maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e`tibor qaratilgan.
Binobarin, uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, bir so`z bilan aytganda, maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Shu maqsadda, 2022 yil 6- may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Moliya vazirligi huzurida davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi2 qarorga muvofiq
10 maydan boshlab “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini respublika miqyosida joriy qilishi ham maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruviga o`ziga xos talablar qo`yadi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta’lim-tarbiya jarayonlari va xodimlarni toʻgʻri boshqarish tashkilot rahbaridan juda katta masʼuliyat talab qiladi. Shuning uchun Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlik lavozimiga maktabgacha ta’lim bo'limlari tomonidan oliy ma'lumotga ega va 5 yildan kam bo'lmagan ish stajiga ega bo’lgan pedagog tayinlanadi. U maktabgacha ta'lim tashkilotida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, maktabgacha ta'lim tashkiloti kengashi faoliyatini yuritish, kadrlarning kasb va umumiy ta'lim mahoratini, madaniy darajasini muntazam o'stirib borishi, maktabgacha ta'lim tashkiloti manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli va o'z vaqtida joydan joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida3” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish ko’zda tutilgan.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yyetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |