Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari



Download 28,91 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2022
Hajmi28,91 Kb.
#704526
  1   2
Bog'liq
Shoxida Yuldasheva maqola


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Yuldasheva Sh. NDPI 1-kurs magistri
Allamberginova M. NDPI Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani
Ключевые слова: дошкольное образование, ребенок, компьютер, компьютерная грамотность, игра, мультимедиа, технология, дидактическая игра, воспитатель.
Key words: preschool education, child, computer, computer literacy, game, multimedia, technology, didactic game, teacher.
Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim, bola, kompyuter, kompyuter savodxonligi, o’yin, multimedia, texnologiya, didaktik o’yin, tarbiyachi.
Bugungi kunda har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda yoshlarning intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish va ularni komil inson qilib voyaga yetkazish – davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Chunki jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk bolalar kelajagimiz poydevoridir.
Muxtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini, mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2016 yil 29 dekabr, “2017 — 2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-son hamda 2017 yil 9 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-son, 2018 yil 30 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3955-son kabi qator qaror, qonun va qonun osti hujjatlari yaratildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni kompyuter savodxonligiga o’rgatish, ularni electron axborot texnologiyalardan foydalanishga o’rgatish, kompyuter bilan elementar tarzda muomila qilishga o’rgatish va maktab ta’limiga har tomonlama sifatli tayyorlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun mo’ljallangan kompyuter o’yinlarning barchasi ham natija berevermaydi. Shuning uchun kompyuter o’yinlarini tanlash va ulardan foydalanish uchun a’lo darajadagi e'tiborlilik taqozo etiladi. Bu kompyuter o’yinlarida ko’proq so’rov va ularning javoblari berilgan. [Ibrohimova Z. 1]
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalarida shu jumladan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari bilan taminlanmoqda. MTT da bolalarning faoliyati oialaga nisbatan ko’proq bo’ladi. [To'raqulova I. X. 2].Maktabgacha yoshdagi bolalar tevarak-atrofga, tabiatdagi voqea-hoidisalarga, narsa va buyumlarda umuman olganda o’zlarini qurshagan olamga juda qiziquvchan bo’ladi.Hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib ko’rishni yoqtiradilar. Kopyuter o’yinlari bolalarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini yanada oshiradi. Natijada, ular aqliy tomondan rivojlana boshlaydi. Multimediali kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilar uchun qiziqarli bo’lishi;

  • ekranda ko’rsatiladigan o’yin obyektiga animasiya samarasi berilgan bo’lishi va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida;

  • tovushda;

  • musiqada;

  • animatsiyada;

  • multifikasiya

funksiyalariga bog’liqdir.
Kompyuterli o’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini ham oshiradi, dunyoqarashini kengayishiga ham zamin yaratadi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’ldiki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida axborot texnologiyalari ya’ni, multmedialardan foydalanish uni maktabgacha talim tashkilotlarida samarali qo’llash hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositalariga multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish metodikasi, shaxsiy kompyuterlar kiradi. Tarbiyachi bu vositalarga mashg’ulot jarayonida alohida e’tibor berishi zarur. Tarbiyachi bundan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonida qo’shimcha multimedia vositalari - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlardan ham foydalanadi. Multimedia vositalaridagi materiallar animatsiya bilan berilgan bo’ladi. Ta’lim tizimida foydalanib kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar statik xarakterga ega ya’ni tarbiyachi bolalarga harflarni an’anaviy usulda o’rgatish mobaynida, bolaga uning qog’ozdan yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi (statik vosita) hisoblanadi. Mutimedia vositasida ko’rsatilganda harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini o’ziga jalb etadi bu esa (dinamik vosita)dir. Tebranib turgan harflar bolalarda o’zgacha qiziqish hosil qiladi va bu jarayon ularga zavq bag’ishlaydi. Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim- tarbiya jarayonida multimedialardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har bir MTT tarbiyachi o’zining individual qobiliyatidan kelib chiqib multimedia vositalarini o’zlari tayyorlashi mumkin va dasturli va rolli multimedia vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin. DVD video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida elementlarini ko’rish mumkin, zarur bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia texnologiyasining didaktik vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi va bu didaktik vositalarni har bir tarbiyachi mashg’ulot jaroyonida foydalanishi mumkin. Bilamizki didaktik o’yinlar bolalarning aqliy tomondan rivojlanishiga, diqqatni bir joyga jamlashiga, dunyoqarashini kengayishiga, fikrlash qobiliyatini o’stirishga yaqindan yordam beradi.
MTTlarida multimediali kompyuterli ta’limni amalga oshirishning asosiy vazifalaridan biri - bolalarning kompyuter savodxonligini oshirish va shakllantirish va ularni kompyuterda mustaqil ishlashini ta’minlashdan iborat. 
Bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirilishdan asosiy maqsad ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda kompyuterdan foydalanishga qaratilgani sababli, tarbiyachi o’zining nazorati ostida "Sichqoncha" yordamida turli ta’lim o’yinlarini, matematik amallarni, ekologik topshiriqlarni va shularga o’xshash vazifalarni bajartirishga o’tadi. Bolalar "Sichqoncha"dan foydalanish bo’yicha to’la amaliy malaka va ko’nikmalarga ega bo’lganlaridan keyin mustaqil ish bajara boshlaydilar. Bu holda ham tarbiyachi ularning ishini doimiy kuzatib, baholab boradi. MTM tarbiyalanuvchilarida kompyuter savodxonligini shakllantirish uchun kompyuter xotirasiga kiritilgan test savollari, rasmlar, o’yinlar, mashqlar, taqdimotlardan foydalaniladi.Tarbiyalanuvchilar berilgan savollarga to’g’ri javob topishlari shart.
Xulosa qilib aytganda, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilanganidek: «Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mehanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorlarni andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruchi kuchidir» deyiladi. 
Ma’lumki, maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga har tomonlama tayyorlashdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshrishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davr taqozasidir.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining asosiy vazifalari bolalarning o’ziga xos iqtidori va qobiliyatni shakllantirish ularning bilim olishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish bolalarni har tomonlama komil shaxs bo’lib voyaga yetishi uchun boshlang’ich fundamentni yaratish hisoblanadi. Shunga ko’ra, tarbiyachi o’zining individual va kasbiy tayyorgarligidan kelib chiqib mashg’ulotlarda turli o’quv pedagogik dasturlardan, elektron qo’llanmalardan, kompyuter psixologik-pedagogik o’yinlardan foydalansa tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi to’siq yo’qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi chunki, mashg’ulotda majburiy bilim berib bo’lmaydi, bilimni ixtiyoriy qabul qilish orqali ijobiy natijaga erishiladi. MTTlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. 
Kuzatishlar shuni ko’satadiki, 80-90 % bolalar kompyuter o’yinlarini o’ynashga qiziqishar ekan. Bundan dalolat beradiki, yosh bolalarni qiziqishlariga qarab turli xildagi o’yinlar, mashg’ulotlar, rangli tas’virdagi chizmalarni ko’rsatish orqali ularning dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini shakllantirish mumkin ekan.
Xulosa qilib aytganda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga kompyuter texnologiyasi orqali mashg’ulot o’tish nafaqat ularning bilim, ko’nikma va malaka darajalarini balki dunyoqarashini va fikirlash qobiliyatini ham o’stiradi.
Kompyuterli didaktikalik o’yinlar ham bilim bilan bevosita bog’liq bo’lib, bilim berishni amalga oshirishga yordam beradi.


Download 28,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish