“maktabgacha ta’lim таshkiloti tarbiyachisi” yo‘nalishi 20-guruh tinglovchisi


II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TURLI PREDMETLARDAN KOMPAZISIYALAR YARATISH MALAKALARINI SHAKILLANTIRISH USULLARI



Download 226,5 Kb.
bet7/10
Sana31.12.2021
Hajmi226,5 Kb.
#224751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
YULDASHEVA GULNOZ XAMRAYEVNA KURSNI TUGATISH ISHI

II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TURLI PREDMETLARDAN KOMPAZISIYALAR YARATISH MALAKALARINI SHAKILLANTIRISH USULLARI

2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kompazisiyalar yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati

Go‘daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari


CHaqaloqlik (tug‘ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko‘pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug‘iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg‘armasiga ega bo‘ladi. Tug‘ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi – u deyarli cheksiz aqliy rivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo‘lishning yangi tajribalarini o‘zlashtirish imkoniga sohib bo‘ladi. CHaqaloq rivojlanishining farqli xususiyatlari shuki, uning analizatorlari faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. SHu asosda munosabat refleksi rivojlanadi va xilma-xil shartli reflektor aloqalari shakllana boshlaydi. CHaqaloqlik davri oxiri va go‘daklikning boshlanishida «tetiklanish kompleksi» - kattalarnnig paydo bo‘lishiga munosabat bildirish paydo bo‘ladi.

Go‘daklikda (bir-ikki oylikdan bir yoshgacha) go‘dak to‘laligicha kattalarga bog‘liq bo‘ladi (uni ovqatlantirishadi, Yuvintirishadi, yo‘rgaklashadi, ag‘darib qo‘yishadi, qo‘lga olishadi, sayr qildiri-shadi, allalashadi, gapirishga, Yurishga o‘rgatishadi va h.k.). ²ayotining birinchi yili so‘ngiga kelib go‘dak ayrim so‘zlarni tushunadi va ilk so‘zlarni ayta boshlaydi. Tasodifan odamlar davrasidan chiqib qolgan inson bolasi o‘z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko‘tarila olmaydi. Faqat ijtimoiy muhit va ta’lim natijasidagina bolada insonlarcha his qilish va fikrlashga qodir shaxsiyat shakllanadi. Go‘daklik so‘ngida bolalar kattalarga taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat jarayonida, o‘zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o‘rganadi.


Ilk bolalik yoshi tavsifi.

Ilk bolalik yoshi (bir yoshdan uch yoshgacha). Ko‘pchilik psixologlar tug‘ilgandan voyaga etgunga qadar insonning psixologik rivojlanish yo‘lining o‘rtasi 3 yosh deb hisoblashadi. Uch yoshli bola o‘z-o‘ziga xizmat qila oladi, atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishni biladi. Bunda u og‘zaki muloqot qilishni biladi, unda xulq-atvorning eng oddiy shakllari shakllanadi. Bola uch yoshda etarlicha faol va atrofdagilarga tushunarlidir. Uning xarakteri va temperamenti xususiyatlari allaqachon namoyon bo‘la boshlaydi.

L.N.Tolstoy shunday deydi:



Besh yoshdan to mengacha  bir qadam,

Tug‘ilishdan besh yoshgacha  abadiyatdir.

Omiladan tug‘ilishgacha  girdobdir,

Yo‘qlikdan homilagacha  mavhumlikdir.

Bolaning psixik rivojlanishiga to‘g‘ri Yurishga o‘rganish sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Lokomosiya («loko» - joy, «mosiya»-harakat) dasturi hali shakllanmagan, shuning uchun bola doimo muvozanatini yo‘qotadi. ²arakatlana olishi qobiliyati tufayli bola tashqi dunyo bilan nisbatan erkinroq va mustahkamroq muloqot qilish davriga kirib keladi. Mushak hissi masofani hisoblash va buYumlarning makondagi joylashuvini aniqlash mezoniga aylanadi. Bolaning psixik rivojlanishiga predmetlar harakati sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Narsalar, predmetlar mohiyati bola tomonidan bolalik davrida egallanadi. Bolalik oxirida (hayotning uchinchi yilida) yangi faoliyat turlari (rasm chizish, kuylash, haykaltaroshlik, loyihalashtirish) Yuzaga kela boshlaydi. Predmetli faoliyatda belgilangan taasssurotlarning to‘planishi bola nutqining rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Faqat so‘z ortida real dunyo obrazlari turgandagina bu so‘zning o‘zlashtirilishi muvaffaqiyatli kechadi. Agar bola, ma’lum bir sababga ko‘ra, bu yoshda nutq rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitdan mahrum bo‘lsa, unda yo‘qotilgan imkoniyat o‘rnini to‘ldirish oxir-oqibat juda murakkab bo‘lib qoladi, chunki bu yosh nutq rivojiga nisbatan senzitiv (sezgir)dir: aynan mana shu paytda nutq o‘zlashtirilishi ancha samarali kechadi. Ilk bolalik yoshi – bolada faol nutq shakllanishi davridir. Bir yarim yoshgacha bola 30-40 tadan 100 tagacha so‘z o‘zlashtiradi, ikkinchi yil oxirida bola 300 tagacha, uchinchi yil oxirida esa 1500 tagacha so‘z ishlatadi. Nutq rivojlanishi ona tilining tovush xususiyati va grammatik tuzilishini egallashni taqozo etadi. Dastlab bola nutqni so‘zning umumiy ritmik-melodik (tezlik, ohang) tuzilishini ilib olish yo‘li bilan qabul qilsa, ikkinchi yil oxiriga kelib u ona tilining barcha tovushlarini fonematik qabul qiladigan bo‘ladi va shu asosda lug‘at va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganadi. Faol nutqning shakllanishi bolaning butun psixik rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.


Ilk bolalikdagi aqliy rivojlanish.

Bolalik avvalida bola atrofidagi predmetlar xususiyatini, predmetlar orasidagi eng oddiy aloqalarni ilg‘aydi va ulardan foydalana boshlaydi. Bu predmetli faoliyat, oddiy elementar o‘yin shakllari, rasm chizish, nutqni egallash bilan bog‘liq ravishda ro‘y beruvchi keyingi aqliy rivojlanish uchun asos bo‘ladi. Bolalikda aqliy rivojlanish asosini bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash harakatlarining yangi turlari tashkil etadi. Bu yoshda avtodidaktik, o‘zi o‘rgatuvchi o‘yinchoqlar (matryoshkalar, qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bolani tez rivojlantiradi. Ko‘rish bilan birga bolalikda eshitish orqali qabul qilish ham rivojlanadi. Ayniqsa fonematik eshitish jadal rivojlanadi. Odatda, ikkinchi yil so‘ngida bolalar ona tilining barcha tovushlarini qabul qiladi. Biroq fonematik eshitishning mukammallashishi keyingi yillarda ham ro‘y beradi. Fikrlash rivoji uchun vositali harakatlar juda muhim. Vosita bolaning predmet dunyosiga ta’sir qilishiga xizmat qiladi. Bola eng katta tajribani kattalar bilan nutqiy muloqot natijasida qabul qiladi. Hayotning uchinchi yilida bola aqliy rivojlanishida muhim siljish sodir bo‘ladi – ongning belgili (yoki ramziy) funksiyasi shakllana boshlaydi. U bir ob’ekt o‘rnini bosuvchi sifatida boshqa bir ob’ektdan foydalanish imkoniyatidan iborat. Bunda predmetlar bilan emas, balki ularning o‘rnini bosuvchilar bilan harakat amalga oshiriladi. Turli belgilar va ularning tizimidan foydalanish – inson psixikasining o‘ziga xos eng xarakterli xususiyati. Belgilarning har qanday turi (til, matematika ramzlari, surat va musiqada mohirona ifodalangan dunyo va h.k.) odamlar orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi, predmet hamda hodisalar vazifasini bajaradi va anglatadi. Erta yoshda belgili funksiya dastlab amaliy faoliyat bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi va faqat keyinchalik so‘zlardan foydalanishga o‘tiladi. Bola va katta yoshdagi odam. Ontogenezda kattalar bilan muloqot bolalarda birdaniga paydo bo‘ladi, ancha keyin esa bolaning tengdoshlari bilan munosabat o‘rnatiladi.

Dastlab bola butunlay kattalarga bog‘liq bo‘ladi. Tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlar ko‘p jihatdan kattalarning bola bilan o‘zaro munosabati xususiyatiga bog‘liq. Kattalarga ergashib bolalar o‘zini ismi bilan atay boshlaydilar. Ikkinchi yil oxiriga kelib o‘zini ismi bilan chaqirish «men» kishilik olmoshi bilan almashinadi. «Men» tizimi – erta bolalikda (L.I Bojovich) paydo bo‘luvchi markaziy hodisadir. Bola o‘zini kattalardan ajratishni o‘rganadi, o‘ziga nisbatan mustaqil «men» sifatida munosabatda bo‘la boshlaydi, ya’ni unda o‘zini anglashning boshlang‘ich shakli paydo bo‘ladi. Rivojlanishdagi muvaffaqiyatlar bola xulq-atvorini o‘ziga xos tarzda o‘zgartiradi. Kattalar avvalgidek etakchi o‘rin tutsa-da, bola o‘z amaliy hayotining tor muhiti va u qadar katta bo‘lmagan imkoniyatlari doirasida kattalar yordamisiz harakat qilishga intiladi. Yangi tendensiyalar bola faolligini («men o‘zim») kuchaytiradi va kattalar bilan yangi munosabatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu davr tanqidiy davr («uch yosh tangligi, krizisi») deb ataladi, ya’ni kattalar bolalar bilan munosabatda yangi qiyinchiliklarga duch kela boshlaydilar. Bunda bola o‘zining negativizmi va qaysarligi bilan bardosh berib bo‘lmas darajaga etishi mumkin. Uch yosh tangligi o‘tkinchi hodisa, lekin uning natijasi – boshqalardan o‘zini ajrata bilish, boshqa odamlar bilan o‘zini taqqoslash bolaning psixik rivojlanishida muhim qadamdir. Kattalarday bo‘lishga intilish faqat o‘yin shaklidagina nisbatan to‘liq echimini topishi mumkin (faqat o‘yinda bola do‘konga borishi, tushlik tayyorlashi, raketada kosmosga ucha olishi mumkin). Shuning uchun ham uch yosh tangligi bolaning o‘yin faoliyatiga o‘tishi bilan hal etiladi.

Maktabgacha bolalikda (3 yoshdan 7 yoshgacha) organizmning jadallik bilan voyaga etishi davom etadi. Ayniqsa, ikkinchi signal sistemasi jadal rivojlanadi. Bolada oddiy majburiyatlar majmui paydo bo‘ladi. Bolada tengdoshlari bilan ma’lum bir munosabatlarning Yuzaga kelishi, «bolalar jamiyati»ning shakllanishi maktabgacha yoshning muhim xususiyati bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning boshqa odamlarga ichki pozisiyasi o‘z «men»i va o‘z harakatlari ahamiyatini tobora anglab borishi, kattalar dunyosiga, ularning faoliyati va o‘zaro munosabatiga katta qiziqishi bilan xarakterlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi ijtimoiy vaziyati xususiyatlari unga xos bo‘lgan faoliyat turlari, ayniqsa, sYujetli-rolli o‘yinlarda aks etadi. Zarur bilim va qobiliyatlarsiz kattalar dunyosiga yaqinlashishga urinish bolani uning uchun imkoni bo‘lgan o‘yin shakliga olib keladi. Bola rivojlanishi uchun maktabgacha muassasalar tizimi, ayniqsa, bog‘cha yaxshi sharoit yaratadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, psixik rivojlanish va maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasi bolalar bog‘chasida tarbiyalangan bolalarda bog‘chaga bormaydigan bolalarga nisbatan Yuqori. Maktabgacha yoshda sensor idrok, ayniqsa, ko‘rish va eshitish orqali qabul qilish sezilarli rivojlanadi. Bola ongli ravishda rasm chizadi va musiqiy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi. U unga qanday surat yoki musiqa yoqishini, qaysilari yoqmasligini aytishi mumkin. Biroq u hali musiqani to‘liq va differensiyalangan holda qabul qilmaydi. Maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishida bu yoshning asosiy faoliyat turi bo‘lib hisoblangan o‘yin juda muhim ahamiyatga ega. O‘yin o‘zining barcha tur va ko‘rinishlarida (sYujetli, rolli, qoidali, nutqiy, badiiy, musiqiy va boshqalar) bolaning jismoniy, eshitish, aqliy, estetik rivojlanishiga faol yordam beradi. Ilk bolalik va maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini ilmiy, nazariy jihatlarini o‘rganish oliy pedagogik ta’limda muhim amliy ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan ta’kidlash lozimki, jamiyat - bu insonlar, shu jumladan bolalar muammosi majmuidir. Demokratik jamiyatning rivojlanishi va ma’naviy salohiyati ko‘p jixatdan ana shu bolalarga beriladigan psixologik, tarbiyaviy ta’lim mazmuniga bog’liq. Har bir bola jamiyatda yashar ekan, u unda o‘ziga xos o‘rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, shuning uchun u o‘ziga xos intilish, layoqat va faollik, intelektual mehnat namunalarini namoyish etadi. Bolalar o‘rtasidaga o‘zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdaga o‘rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o‘rganuvchi qator pedagogik fanlar mavjud bo‘lib, ularning orasida psixologiya alohida o‘rin egallaydi.

Aql keng manoda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o‟z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‟indisidir. Aqliy faoliyat diqqatning xar doim malum maqsadga qaratilgan bo‘lishini talab etadi . Kishining aqli uning asosiy faoliyatida uning erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning malum maqsad bilan tasir etishidir U bolalarga tevarak atrofdagi olam haqida bilimlar berishni , ularni sestemalashtirishni , bolalarda bilishga qiziqish uyg’otishni aqliy malaka va ko‟nikmalarni tarkib toptirishni , bilish qobilyatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi . Bolalarni maktabga tayyorlash aqliy tarbiyaning roli ayniqsa kattadir . Bilimlar zaxirasini egallash , aqliy faollikni va mustaqillikni rivojlantirish , aqliy malaka va ko‟nikmalarni tarkib toptirish maktabda muvaffaqiyatli o‟qishva bo‘lg’usi mexnat faoliyatiga tayyorlanishning muxim shartidir . Bolalarning 6 yoshdan boshlab maktabda o‟qishga o‟tishi munosabati bilan ularni maktab talimiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanishi yetarli darajada bo‟lishini taminlash tarbiyachilarning javobgarligini yanada oshiradi . Aqliy kamolot – bu yoshning o‟sib , tajribaning boyib borishi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar tasirida bolaning aqliy faoliyati ro‟y beradigan miqdor va sifat o‟zgarishlarining majmuasidir . Maktabgacha tarbiya yoshida bilim tez suratlar bilan boyib boradi , nutq shakllanadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishinitaminlash ularning kelajakdaji butun faoliyati uchun katta axamiyatga ega bo‘ladi . 5 Bola ijtimoiy muxit tasirida aqliy tomondan jivojlanib boradi. Tevarak atrofdagi kishilar bilan muomila qilish jarayonoda u tilni va u bilan birga tarkib topgan tushunchalar sestemasini o‘zlashtiradi . Natijada maktabgacha tarbiya yoshidayoq bola tilni shunchalik egallab oladiki , undan muomila vositasi sifatida erkin foydalana oladigan bo‘lib qoladi . Aqliy rivojlanish fikrning kengligiga voqealarning har xil bog’lanishlarda , munosabatlarda ko‘ra bilish umumlashtirish qobilyatida namoyon bo‘ladi . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyati jarayonida dastlabki muomilada bo‘lish narslar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o‘quv , mexnat samarali faoliyatlar jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolalarning aqliy rivojlanishiga talim va tarbiya samaraliroq tasir etadi xozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sestemasini o‘zgartirib olish ularni jamg’arish ijoboy tafakkurni rivojlantirish xamda yangi bilimlar xosil qilish uchun zarur bo‘lgan bilim faoliyati usullarini egallab olishni aqliy rivojlanishning asosiy ko‘rsatgichlari deb xisoblaydi.



Olimlar aqliy rivojlanish va aqliy tarbiyaga oid ko‘pgina masalalarni tadqiq etmoqdalarki , bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar aqliy tarbiyasibni asosi bo‘lgan sensor tarbiyaning mazmun va metodini ishlab chiqish uchun zarurdir; bolalarni ko‘rgazmali- xarakatli , ko‘rgazmaliobrazli va tushunchali – mantiqiy tafakkurini shakllantirish tadqiq etilmoqda , ularning bilish qobilyatlarini shakllantirishning o‘ziga xos tomonlarini aniqlamoqda . Bolalarning bilimlarini egallab olishlari , ularning aqliy faolligini rivojlantirish mustaqillik aqliy malaka va ko‘nikmalarni egallab olishlari ‘ ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi va bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo‘lib xizmat qiladi . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat ; 1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g’risidagi bilimlar sestemasini ilmiy dunyoqarashni sharllantirish . 2. Bilishga doir ruxiy jarayonlarni rivojlantirish; sezgi, idrok , xotira , xayol , tafakkur nutq. 3. Bilishga qiziqish va aqliy qobilyatlarni , aqliy mexnat madaniyatini rivojlantirish. 4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish. Maktabgacha yosh davrida bola xar kuni o‘zi uchun notanish bo‘lgan narsa va xodisalarga duch keladi. N. Tolstoy maktabgacha tarbiya yoshi haqida shunday deb yozadi; „‟ Men xazirda o‟zimda bor bo‟lgan xamma narsani o‘sha yoshlik chog’imda egallab olganmanki , egallaganda xam shunchalik ko‘p , shunchalik tez egallaganmanki , butun qolgan xayotimda bu egallagan narsamning yuzdan birini xam egallaganim yo‘q .Besh yoshli boladan mengacha atiga bir qadam . Yangi tug‟ulgan chaqaloqdan besh yoshli bolagacha esa masofa juda uzoq. Biroq tegishli raxbarlik bo‘lmasa , bilim va tasavvurlar tartibsiz bir tarzda to‘planib boradi; ular yuzaki ko‘pchilik xolda xato xam bo‘lishi mumkin . Pedagogning vazifasi bolalardagi bilimlarni muntazam ravishda oshirib borish , ularni tartibgasolish,aniqlashtirishdir.Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi xam shaklanib boradi.Bola sanatning xar hil turlari to‘g’risida tasavvur va tushunchalarni egallab boradi.

Bolalarda mexnat faoliyati haqida tushuncha 7 Mehnat tarbiyasi- yosh avlodda mexnat qilishga tayyorgarlikni shakllantirish , kommunistik jamiyat qurishda amaliy ishtirok etishga intilish ko‟nikmasini tarkib toptirishni aniq maqsadga qaratilgan jarayoni , mexnatga kommunistik munosabatni shakllantirish jarayonidir. Mehnat tarbiyasi yoshlarni maexnt faoliyatiga doir bilim , ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga olgan mexnat tarbiyasini muvafaqqiyatli o‘zlashtirib olishiga , ularda mexnat va mexnat axliga axloqiy munosabat uyg’otishni , shaxsga xar tomonlama kamol toptirishga qaratilgandir . Mexnat ijtimoiy taraqqiyotning manbai barcha moddiy va manaviy extiyojlarni qondirishning asosiy shart – sharoitidir , shu bilan birga inson xayotiy faoliyatining asosiy shaklidir . Kishi xayotining mazmuni xar bir jamiyat azosining vazifasi shaxs taraqqiyotining asosidir. Mehnat qadimdan jamiyatning azosining vazifasi , shaxs taraqqiyotining asosidir Mehnat qadimdan jamiyatning axloqiy prinsipi xisoblanib kelingan . Mehnat – faqat shaxsiy farovonlik manbaigina emas , balki xalqqa xizmat qilish , vatanimiz gullab yashnashi uning qudratini oshirishning asosi xamdir . Madaniyatli kishi mexnatsevar bo‘lib yetishadi. Mehnat ni sevmaydigan va qadrlamaydigan odamdan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi tarbiyalanganligi avvalo mehnatga bo‘lgan munosabatida ko‘rinadi. Mehnat insonni ulug’laydi, guzallikka chorlaydi. Mexnat qilmaydigan inson xayoti zerikarlidir . U manaviy qashshoq , jismoniy zaif bo‘ladi. Uzoq umr ko‟rish siri xam mehnatdir . Mehnat qilmasang xatto buyuk istedod xam so‟nadi, mehnat xar qanday qobilyatni rivojlantiradi. Terlab pishib qilingan mexnat erta xosil beradi, mehnatdan qobilyat , qobilyatdan istedod, undan keyin esa daxolik paydo bo‘ladi. Xammasining zamirida sidqidildan qilingan mehnat yotadi. 8 Mexnat xar bir yosh guruxdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini etiborga olib tashkil etiladi, unga to‘g’ri raxbarlik qilgandagina etarli natijaga erishish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnatini o‘ziga xos tomonlari ko‘pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o‘rganib chiqilgan . Bolalar mehnatining muxim belgisi uning maqsadga qaratilganligidir. Kichik bog’cha yoshidagi bolalarning mexnati biror jarayonga oid xarakat qiladi , u faqat kattalarning raxbarligi natijasidagina amalgam oshirishi mumkin . Bola ko‘biklarni bir joydan ikkinchi joyga mashinadan stolga , stoldan – mashinaga ko‘chadi va xokazo. Tarbiyachiga olib borishini aytadi . Katta gurux bolalarida mustaqil maqsad qo‘yish qobilyadi moddiy samara beradigan mexnat turlarida muvaffaqiyatli rivojlanadi.; gulzorda , ekinzorda ishlash o‟yinchoqlar yasash va boshqalar . Faoliyatini rejalashtirish mehnat tarbiyasining muxim tarkibiy qismi xisoblanadi. Bolalarni kuzatish ular faoliyatining tartibsiz , rejasiz ekanligini ko‘rsatadi . Bolalar bunday xarakatlar orqali biror natijaga erishish uchun juda ko‟p vaqt va kuch sarflaydilar. Tarbiyachi bolalarni o‟z faoliyatini taxminiy rejalashtirib olishlariga o‟rgatishi ular faoliyatiga raxbarlik qilish lozim .

Shunday qilib butun bog’cha yoshi davrida mexnat va o‘yin o‟zaro bog’liq holda kechadi biroq xar qanday holda xam bolalar mehnatini o‘yinga almashtirish ularning farqini yo‘qqa chiqarish noto‘g’ri bo‘lur edi . Tarbiyachilar va ota – onalar tasirida asta sekin bolalar mehnati va vazifasi . mazmuni metodi va tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat sifatida ajratib boriladi . Mehnatda uning beradigan samarasi faoliyatining majburiy tarkibiy qismi xisoblaydi . Ammo bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishda mexnat matijasiga bolalarda mehnatga havas xissini tarbiyalash uchun yordam beradigan pedagogic omil deb qarash kerak . Mexnatda natijaga erishishda , mexnat malakalarini shakllantirishda pedagogning va bolalar o‘rtoqlarining baxosi va o‘ziga o‟zi baxo berish katta axamiyatga ega . Bolalar yasagan buyumlar o‘yin va mashg’ulotda qo‘llanilsa ular o‘zlari yasagan buyumlar yanada sifatli bo‘lishiga intiladilar Maktabgacha yoshi davrida bolalarning yoshi ulg’ayishi bilan mehnat sabablari ham o‘zgarib boradi . Z. Neverovich , E.Obrasovlarning olib brogan ilmiy izlanishlari natijasida shuni ko‟rsatdiki bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ular kattalarda mehnatning ijtimoiy sababini ancha erta o‘zlashtirib olar ekanlar. Lekin ular biror ishni mustaqil bajargandagina o‘z mehnatlari boshqalar uchun foydali ekanligini ongli ravishda bilib oladilar . Masalan ; onalar va buvilar uchun 8 – martga sovg’a tayyorlash . kichik gurux bolalar maydonchasini yig’ishtirishga yordamlashish yirtilgan kitoblarni yamab berish , konsert va teatr qo‘yib berish va boshqalar bolalarda mehnatning muayyan natijasiga erishish uyg’otadi, faoliyatning ijtimoiy sabablarni anglatib , mehnatga havasini ishni bajarishda bolalarning o‘z oldilariga qo‘yadigan talablarini oshiradi . I.Loginovaning olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida takidlashicha bolalarga mehnat tarbiyasi berisg uchun ular mehnat va mehnat malakalari to‘g’risidagi bilimlar sestemasini o‘zlashtirib olishlari kerak ekan; 1. Mehnat maqsad qo‘yish va uning natijasini belgilab olishdan boshlanadi ; maqsad- mehnat tasviri. 2. Mehnat qilishdan ko‘zlangan maqsad bo‘yicha kerakli materiallarni tanlab olish. 3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab olish . 4. Natijaga erishish uchun mehnat xarakatlarini bajarish.

Mexnat faoliyati jarayonida bolalarni aqliy tarbiyalash. Bolalarning mehnat faolyatida ularning aqliy tarbiyasi uchun katta imkonyatlar bor. Maktabgacha yoshdagi bolaga beriladigan har bir mehnat topshirig’i, qanchalik oddiy bo‟lmasin, daslabki paytlarda malum darajada aqliy vazifadan iborat bo‟ladi. U nima qilishni, nima uchun qilishni, buni qanday bajarish kerakligini tushinishni anglashi; topshiriqni bajarish shartlarini tahlil qilib chiqishi, ishlashi lozim bo‘lgan material va ‟asboblar‟ ni diqqat bilan ko‘zdan kechirishi, ularning xossalarini, bo‘lg’usi ishga muvofiqligini idrok etishi va baholashi kerak. Ayrim holarda u tafsiya qilinayotgan harakat rejasi va usullarini qabul qilishi, boshqa holatda esa bu usulni o‟zi belgilashi, o‟z ishining pirovart natijasini aniq, obrazli shaklda tasavvur qilishi mumkin. Mehnat harakatlarini bajarish jarayonida, xuddi tasviriy faolyatdagi kabi, bola o‘zining tasiri natijalarini idrok qilishi va uni yakuniy obraz nuqtai nazaridan baholashi kerak. Shu munosabat bilan unda tafakkurning murakkab analitik-sintetik faolyati, muayyan sensor qobilyatlar, o‘z ishini oddiy ravishda rejalash malakasi talab etiladi.Shu bilan birga bolada muayyan bilim, ko‟nikma va malakalar bo‘lishi ham talab qilinadi. Bolaning mehnat faoliyati va shaxsning mehnat qilish bilan bog’liq bo‘lgan psixik sifatlari faqat bilim, ko‘nikma va malakalar birligi tufayli tarkib topadi. Mehnat bolalarning bilishga bo‘lgan qiziqishlari ortib borishiga katta tasir ko‘rsatadi. Bolalarning faol bilish faolyati va yangi bilimlar bilan bog’liq mehnat bilishga qatiy qiziqish uyg’otadi.Shunday qilib, bolalarning tabiatdagi hilma-hil mehnati ularda tabiat hodisalarining sifati, xossalari va 11 o‘ziga hos tomonlari haqida aniq tasavvurlar hosil qilish, uni sensor nuqtayi nazardan tekshirish usullari bilan qurollantirish imkonini beradi.

Bolalarning turli xil mehnat jarayonlarida ishtirok etishlari , kattalar mehnati bilan tanishishlari ularning tevarak atrofdagi hayot haqida kishilarning o‘zaro munosabatlari to‘g’risida , narsalar va ularning xususiyatlari , materiallarga ishlov berish usullari haqida , qurilmalar va asboblar to‘g’risida muayyan tasavvurlarga ega bo‘lishlariga yordam beradi . Mexnat bolalarda diqqat , o‘tkir zexinlilik , topqirlik bilib olgan malaka va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay bilish , ijodkorlik qobilyatlarini egallashni talab etadi . Mexnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varag’ qog’ozni buklash , kerakli uzumlikni o‘lchash , andazaga qarab shaklni qirqib olish kabi xarakatlarni ) anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishni , bajarilgan ishdagi izchillikni so‘zlab berishga to‘g’ri keladi . Bular bola nutqini yangi so‘zlar bilan boyitadi , uning mantiqiy bog’liq ravishda Grammatik jixatdan to‘g’ri shakllanishiga imkon beradi . Bolalar eng oddiy mexnat qurollari materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishtirish kerak . Bog’chadagi mexnat ularni maktabdagi politexnik talimga tayyorlaydi . Mexnatning axloqiy qimmati uning jamiyat uchun qanchalik axamiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi . Mehnat xar bir bolani o‘z mehnatining ijtimoiy axamiyatini tushunib yetishga uning jamiyat xayotiga kirib borishiga o‟zini shu jamiyatning a‟zosi deb xis qilishiga imkon yaratadi . Har bir bola oilada , bolalar mexnatida o‘z ulushi borligini xis eta bilishi lozim . Ishning shu tarzda tashkil etilishi bolalarda jamoachilik va intizomlilikni , burj xissini tarbiyalaydi. Shuning uchun bolalarni jamoa 12 mehnatida tarbiyalash muxim axamiyat kasb etadi .

Mexnatning bolalarni aqliy tomondan rivojlantirishdagi axamiyati shundaki , mexnat jarayonida ular borliqni faol anglay boshlaydilar, dunyoni materialistik idrok etish imkoni yaratiladi . Bog’cha yoshidan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasi berish ularni estetik va jismoniy jixatdan xam rivojlantiradi. Maktabgacha yoshi davrining o‘ziga xos tomonlaridan yana biri bolalar mehnatining o‟yin bilan bog’liqligidir . O‘yin jarayonida biror xarakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo‟naltirilgan bo‘ladi . Ikkinchi tomondan , mexnat jarayonini bajarishda uni o‘yin shakliga aylantirishda, masalan barglarni zambillarda tashishadi , mashinalarda yurishadi . Shu bilan birga o‘zining xususiyati mazmuni , yuzaga kelish sababiga ko‘ra mehnat va o‘yin bir biridan farq qiladi . Mehnatda maqsad qo‘yiladi , uni amalgam oshirish uchun shart – sharoit yaratiladi , vasitalar izlab topiladi . O‘yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi . O‘yinda mexnat singari biror aniq natijaga erishilmaydi , ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bag’ishlaydi, ular o‘zlarida qoniqish xissini sezadilar. O‘yinda bola o‟yin o‘ynaganini rivojlantirishi yetakchi rolni o‘ynaydi , mehnatda natijaga erishish uchun mehnat xarakatlari bajariladi .


Download 226,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish