Maktabgacha ta’lim muassasining turli yosh guruhlarida qurish yasashga o‘rgatish metodlari


O ’rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari



Download 491,77 Kb.
bet5/8
Sana14.02.2022
Hajmi491,77 Kb.
#448886
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim muassasining turli yosh guruhlarida o`yinchoq yasashga o‘rgatish metodlari

O ’rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari. O‘rta guruhda bolalarga tanish bo‘lgan qismlarni (kubik, g‘ishtcha, plastilin) nomlash bilan birga, uni bir-biridan farqlashga ham o‘rgatiladi. Bolalar qurilmalarni mustaqil tahlil qilishni o‘rganadilar: uning asosiy qismlarini ajratish, uni katta kichikligi, tuzilishini farqlash, narsalarni qanday joylashganligini o‘rganadilar. Bolalar kichik guruhda tarbiyachini namunasi asosida ko‘rgan bo‘lsalar, o‘rta guruhda esa, mavzuni nomlanishi, o‘zlari o‘ylaganlari bo‘yicha quradilar. Shuning uchun bolalar diqqati qurilmani oldindan rejalashtirib, unga kerakli bo‘lgan shakllarni tanlashga qaratiladi. O‘rta guruhda qurish yasash predmetlarini farqlash, ularni xususiyati bilan tanishish, shu xususiyatiga asoslanib predmetlarni guruhlarga ajratishni o‘rganadilar.
Qurilmalarni qurish ishning ketma-ketligini rejalashtirishga bolalarni oldindan qismlarni shakliga, katta-kichikligiga va mustahkamligiga qarab tanlashga o‘rgatilib boriladi. Bularni qurish jarayonida bolalar silindr nomini to‘g‘ri aytishga uni o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanishga o‘rganadilar.
Bolalarning har bir konstruksiyasini o‘zlashtirib olishlari uchun bir necha mashg‘ulot o‘tkaziladi. Birinchisida bolalar namunaga qarab qurishga o‘rganadilar, keyingi mashg‘ulotlarda esa, bu namunani o‘zlari mustaqil xal qilishga ya’ni konstruktiv masalani xal qilishga o‘rganadilar. Masalan: bolalar namuna asosida ko‘proq, qurishni o‘rganib olishgach, masalan, ko‘prikning tayanch qismini, ko‘prik qurilamlarini va mashinalar uchun plastik qismi, ya’ni tushuvchi qismini bilib olishgach, uni qurish uchun qanday qismlardan foydalanish kerakliginio‘rgatish orqali bolalarga shu usulda ko‘prik, ammo baland yoki keng ko‘prik qurish tavsiya etiladi. Keyinchalik, bolalar o‘zlarida bor bo‘lgan qurilish materiallaridan keng foydalanib, o‘zlari yangi ko‘prik konstruksiyasini o‘ylab topadilar. Tarbiyachining rahbarligida bolalar bitta konstruksiyani bir necha murakkablashgan ko‘rinishlarda qurishga o‘rganadilar. Bu esa bolalarda qurishning turli yo‘llari haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi, fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradi.
Yilning ikkinchi yarmidan boshlab bolalarga yuqoridagi vazifalardan tashqari, bolalarga o‘z ixtiyorlari bo‘yicha qurish yasashlar beriladi. Bu ixtiyoriy qurish mashg‘ulotlari davomida bolalar qurish bo‘yicha olgan bilim malakalari rivojlanadi, mustaqillik va tashabbuskorliklar o‘sadi. O‘z maqsadlarini va qurish yasash ishlarida amalga oshirish o‘quvlari shakllanadi. Mashg‘ulotlarini uyushtirganda turli-tuman mayda o‘yinchoqlardan (odamlar, hayvonlar, o‘simliklar, transport) foydalanadilar. Bu esa bolalar qurilish o‘yinlarini yanada boyitadi, uni maqsad sari yo‘naltiradi va o‘yin faoliyatlarini yanada rivojlanishiga olib keladi. Qurilish materiallari alohida-alohida bo‘lakchalarga yoki bo‘limlarga ajratilgan shkaflarda saqlanishi mumkin. Har bir qurilish materiallarining turi bir-biridan alohida saqlanadi, tuzilishiga, ya’ni shakliga qarab, chunki bolalar o‘zlari tezda va osonlikcha kerak qurilish materiallarini ajratib oladilar va har bir shaklni tezroq, o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi.
Y ilning ikkinchi yarmidan “Shaharcha” mazmunli to‘plamidan foydalaniladi, bu nabor prizma, kubik va daraxt siluetlaridan iborat. Tarbiyachi bolalarga yangi bilim berayotganda, bolalarga illyustratsiyani ko‘rsatib, uning asosiy qismlarini ajratib ko‘rsatadi. Namunani kuzatish paytida tarbiyachi bolalarga ular o‘rtasidagi farq, o‘xshashlikni tushuntirib beradi. Bolalarni tahlil qilishga jalb qilish lozim, qurilma nimadan iborat, uning qismlari qaysi qismlardan iboratligi so‘raladi. Tarbiyachi agar bolalar xato qilsa to‘g‘rilaydi, qiynalsa yo‘llanma beradi. Tarbiyachi bolalarga ko‘prik konstruksiyasini o‘ylab topish vazifasini berayotganda bolalar bilan qisqa suhbat o‘tkazadi: ko‘prikni asosiy qismlari nimadan iboratligi eslatib o‘tiladi. Mavjud materialdan qurilma uchun kerakli bo‘lgan qismlarni tanlab olish taklif etiladi.
Qurish-yasash mashg‘ulotida bolalarga tanish bo‘lgan materiallar stol ustiga qo‘yiladi, uni yoniga turli xil mayda o‘yinchoqlar: qo‘g‘irchoq, hayvon, transport terib qo‘yiladi. Mashg‘ulotni boshida tarbiyachi bolalarni nima yasamoqchi ekanliklarini, kim uchun, qanday materialdan foydalanishlarini bilib oladi. Buning uchun bolalar kerakli materialni tanlab olib, keyin qurishni boshlashlari lozim. Tarbiyachi bolalar ishini kuzatib, ularga yordam beradi, rag‘batlantiradi. Bolalarni o‘zlari o‘ylab topgan qurilmalarni asosan tahlil qilinadi. Bolalarni qurish-yasashga o‘rgatishda tarbiyachi har bir bolaga berilgan vazifani mustaqil bajarishga imkoniyat beriladi.

Download 491,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish