III.Qonuniy vakilning xuquq va majburiyatlari
5. Qonuniy vakil quyidagi huquqlarga ega
tarbiyalanuvchining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish;
DMTTning ustavi bilan tanishish;
muassasaning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, mashg‘ulotlar va h.k.) mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;
DMTT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
DMTT Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash va uning a’zosi bo‘lib saylanish;
DMTTda tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini va uning shaxsinga hurmat bilan munosabatda bo‘lish bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish;
o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirish asosida tarbiyalanuvchinini DMTTdan olib ketish;
DMTT rahbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish
Qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
6.Qonuniy vakilning majburiyatlari:
mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
ota ona to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish;
xodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT rahbariyati va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish;
DMTTga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sog‘ligi haqidagi tibbiy xulosa va qonuniy vakil haqidagi , ma’lumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnomalar) taqdim etish;
tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda , zudlik bilan DMTT ma’muriyati yoki tibbiy xodimiga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy malumotnomani taqdim etish;
tarbiyalanuvchiningDMTTda saqlash uchun ota-onalar to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni DMTTga taqdim etish;
tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha kelmagan kunlari uchun DMTT rahbariyatiga ariza taqdim etish;
DMTTning barcha xodimlariga boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini kuzatib borish uni DMTTga toza-ozoda kiyingan holda olib kelish;
tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarni nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirmaslik;
DMTTga tarbiyalanuvchini har qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu holarda DMTT ma’muriyati ularning saqlanishiga javobgar bo‘lmaydi;
yashash joyi yoki telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda, DMTTning tegishli guruh tarbiyachisiga bu haqda xabar berish;
bolani DMTTdan olib ketishni voyaga etmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik;
ertalab bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish.
Qonuniy vakilning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |