Umumiy xulosa
Kurs ishini oxiriga yetkazgach, uning mazmunini fikran ko`z oldimga
keltirib, umumlashtirib, yana o`zimga o`zim savol beraman: “Shu mavzuga
mutolaat qilish zarur edimi, bu mavzuning muammolari haqida gapirish zarurati
bormi?”
Ishonchim komilki, bunga zarurat bor.
Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O`zbekisonda
davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Xalq og`zaki ijodi shunday
qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun
insoniyotning ulkan oilasida o`z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish
tuyg`usi bilan birgalikda yetilgan. Xalqimizning yaratgan qo`shiqlari insonga ona
suti, ota namunasi, ajdodlar o`giti bilan birga singadi.
Tarixga murojaat qilar ekanmiz bu xalq xotirasi ekanligini nazarda
tutishimiz kerak. Xotirasiz kishi bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning
kelajagi ham bo`lmaydi.
Ona zaminimizda yashayotgan har bir inson ushbu ishni o`qib chiqib,
tariximizga, Vatanimiz, O`zbekisonimiz ega bo`lgan kuch qudratga, boyliklarga va
xalqimiz yaratgan ijodlariga fikran nazar tashlab, shubhasiz, iftixor hissini
boshidan kechiradi.
Ayni chog`da men, ana shu hissiyot nilan birga, xalqimizga, o`z mehnati
bilan jonini fido qilib, mamlakatning moddiy va ma’naviy boyliklarini, kuch-
qudratini yaratgan va yaratayotgan kishilarga samimiy minnatdorchilik tuyg`ularini
his etishingizni juda-juda istar edim.
Men xalqimiz yaratgan qo`shiqlar orqali bolalarga ta’lim-tarbiya berish qay
darajada ahamiyatli ekanini va ulardan foydalanib bola kamolotini shakllantirish
lozimligini ta’kidlab o’tmoqchiman. Chunki qo`shiqlar orqali xalqimizning og`ir
mehnati, yashash tarzi, axloq-odob normalari ko`rsatib berilgan.
Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa
sohalaridagi ahvol, amalga oshirilyotgan islohatlarimizning samaradorligi avvalo
xalq ma’naviyatining tiklanish, boy tarixiy merosimizning keng o`rganilishi,
an’analarimizning saqlanish, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy
bog`liqdir.
Tadqiqot ishimizninig yakunida bo`lajak o`qituvchilarga quyidagilarni
tavsiya qilamiz.
53
1.Maktablarning maktabgacha ta]lim muassasasi tarbiyalanuvchilarinilarida
xalq og`zaki ijodi janrlari vositasida ma’naviy- axloqiy tarbiya berish yuzasidan
o`qituvchilar zaruriy bilim va ko`nikmalarni hosil qilishda mashg’ulotlarni
zamonaviy va pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga erishish.
2.Maktabgacha ta]lim muassasasi tarbiyalanuvchilarinilarning dasturlariga
aynan bolalar ma’naviy- axloqiy tarbiyasiga kuchli ta’sir etuvchi xalq og`zaki ijodi
janrlaridan hamda ulardan ta’lim- tarbiya jarayonida foydalanishga doir tegishli
mavzular kiritish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |