Masalan: To`rtta uning tuyog`i,
Temir mixli tuyog`i.
Manzilga yetishtirar,
Toshday qattiq tuyog`i.
Bu topishmoqning javobini uy hayvonlarining rasmini ko`rsatish orqali
toptirish mumkin. Javob topilgach, ot va uning ko`rinishi, xalq xo`jaligida
ahamiyati eslatiladi.
Topishmoqning javobini topishda eslatish yo`lini aytib o`tgan edik. Biror bir
topishmoqning javobini topishdan oldin, o`qilgan matndan yoki she’rdan
predmetni izlash tavsiya etiladi. 3-sinfda berilgan topishmoqlar.
Qorday oppoq,
Yungday yumshoq.
Bu topishmoqlarning javoblarini topishdan oldin, o`tilgan “Paxta
boyligimiz” mavzusi eslatiladi. Paxta haqida suhbat o`tkazilib, uni qanday yig`ib-
terib olinadi, uning mehnati juda og`irligi haqida qisqacha gapirib o`tiladi. Bunda
tarbiyalanuvchilar to`g`ri va aniq fikr yuritishga o`rganadilar, asosiy fikr noma
haqida ekanligini tushunib oladilar, topishmovni mashg’ulotlikdagi mavzuga
bog`lab o`rganish imkonini beradi.
Topishmoqlarning
javobini
topishda
tarbiyalanuvchilar
mustaqil
fikrlaydilar, tez va to`g`ri javobni topish talab etiladi. o`qish mashg’ulotlarida
topishmoq o`qib beriladi yoki yoddan aytiladi, tarbiyalanuvchilar o`ylab, javob
topadilar. Bunday topishmoqlarga matni murakkab bo`lmagan topishmoqlar kiradi.
3-sinf mashg’ulotligidagi topishmoqlar shular jumlasiga kiradi.
1. Qo`l bilan sochar,
Og`iz bilan o`rar.
2. Qo`lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
Topishmoqlarni kartochkalarga yozib ham tarqatish mumkinn, bunda
tarbiyalanuvchilarga topishmoqning javobini topishni aytiladi. tarbiyalanuvchilar
topishmoq javobini topishga kirishadilar va topgach, shu tarbiyalanuvchi
topishmoqni sinfga baland ovozda o`qib beradi, so`ng uning javobini aytiladi. Bu
usul juda foydali bo`lib, sinfdagi hamma tarbiyalanuvchilar e’tibor bilan
46
topishmoqni
eshitadilar,
mashg’ulotda
osoyishtalik
vujudga
keladi,
o`zlashtirmovchi
tarbiyalanuvchilarning
fikralshga,
mashg’ulotda ishtirok
etishlariga zamin yaratiladi.
Topishmoqning javobini topishni uyga vazifa qilib berish mumkin. Bunday
holda tarbiyalanuvchi qiynalsa, ota-onasi yoki aka-opalaridan yordam so`raydi.
Kelgusi mashg’ulotda bu topshiriqni o`qituvchi, albatta, tekshirishi lozim. o`tilgan
mavzuni so`rash davomida topishmoq javoblari ham so`raladi. To`g`ri yoki
noto`g`ri topilganligi tarbiyalanuvchilar yordamida solishtirib tekshiriladi.
tarbiyalanuvchini baholash jarayonida topishmoqqa berilgan javoblar hisobga
olinadi.
Sabzavot va poliz ekinlari haqidagi topishmoqlarni o`rganish jarayonida
sabzavotlarning sinfga olib kelish kerak. Agar buning ilojisi bo`lmasa, ularning
rangli rasmlaridan foydalaniladi. o`qituvchi quyidagi savollarga javob oladi:
1. Qanday poliz ekinlarini bilasiz?
2. Qaysi o`simliklarning yerdan pastki qismi yeyiladi?
3. Sabzavotlardan qaysilarini bilasiz?
Shundan so`ng topishmoqlarning tahliliga o`tiladi:
Er ostida oltin qoziq.
Tarbiyalanuvchi: - Bu sabzi. Sabzining rangi sariq yoki qizil bo`ladi. Yer
ostida hosil beradi. Shuning uchun “er ostida oltin qoziq” deyilgan.
O`qituvchi: - To`g`ri. Endi sabzining yeyiladigan qismi nimaga o`xshaydi?
Tarbiyalanuvchi: - qoziqqa o`xshatilgan?
O`qituvchi: - Sabzini qanday holda iste’mol qilasiz?
Tarbiyalanuvchi: - Sabzini xomligicha, tozalab yeyish mumkin, hamda
ovqatlarga ham ishlatish mumkin.
O`qituvchi: - o`zbek Milliy taomlaridan qaysilariga sabzi ko`proq
ishlatiladi?
Tarbiyalanuvchi: - Palovga, qaynatma sho`rvaga...
Jiyda haqidagi topishmoq.
Bir qop un, ichida ustun.
Topishmoqning tahlilini ko`rib o`taylitk. Topishmoqni o`qituvchi ifodali
o`qib bergach, tahminan quyidagicha savol-javob o`tkaziladi.
Tarbiyalanuvchi: - Bu topishmoqning javobi jiyda. Jiydaning ichida uzun
o`zagi bo`ladi.
O`qituvchi: - Nega u qopga o`xshatilgan?
Tarbiyalanuvchi: - Jiydaning tashqi ko`rinishi qopga o`xshaydi. Uning
yeyiladigan qismi esa unga o`xshaydi.
Shunday suhbatdan keyin o`qituvchi jiydaning kishi sog`ligi uchun foydali
ekanligini eslatib o`tadi.
Topishmoqlar matni tahlil qilingandan so`ng, ularning kishilar hayotidagi
o`rni, qaerlarda ishlatiladi, shular haqida aniqlab olinadi.
O`qish mashg’ulotlarida topishmoqlarni ichida va ovoz bilan o`qish ham
mumkin. Bunda logik urg`uga e’tibor berish kerak, tanish belgilariga rioya qilib
o`qish o`rgatib boriladi. Topishmoq she’riy asar bo`lganligi uchun ham uning har
bir misradagi mazmun, ohang logik urg`u orqali aniqlanadi.
47
Yog`i yo`q, yorug`i bor,
Ichi yo`q, issig`i bor.
Bu topishmoqda logik urg`u “yorug`i”, “issig`i” so`zlariga beriladi. Bu
so`zlarni
alohida
ohang
bilan
o`qish
kerakligi
tushuntiriladi.
Agar
tarbiyalanuvchilar matnni ifodali o`qishga qiynalsalar, o`qituvchi takroran matnni
logik urg`uga e’tibor berib o`qib beradi.
Tarbiyalanuvchilar
mashg’ulotda o`qituvchining savollariga javob
berishdan,
matnlarni
o`qish
jarayonida
toliqib
qoladilar.
Natijada
tarbiyalanuvchilarning o`zlashtirishi pasayib boradi. Bunday vaqtda o`qituvchining
“hozir topishmoq topamiz” degan gapini eshitish bilan tarbiyalanuvchilar o`zlarini
yengil
xis
qiladilar,
yuzlarida
xursandlik
alomatlari
paydo
bo`ladi.
tarbiyalanuvchilar tezda topishmoq matnini bilib olishga, uning javobini birinchi
bilib topishga kirishib ketadilar, zerikish, charchoqni unutadilar. Topishmoqlar een
avvalo, tarbiyalanuvchilarning nutq malakalarini rivojlantiradi. Shunday ekan faqat
o`qish mashg’ulotida emas, boshqa ko`pgina mashg’ulot jarayonida
“topishmoq”dan
foydalanish
kerak.
Topishmoq
javobini
topishda
tarbiyalanuvchidlar uning matnini bir necha bor fikoan takrorlaydilar va uni yodlab
olishga xarakat qiladilar.
Tarbiyalanuvchilar o`rtoqlari bilan topishmoq aytishuvini yaxshi ko`radilar
va o`zlari yod bilgan topishmoqlarni o`rtoqlariga aytib, javobini topishni talayu
qiladilar. Ayrim hollarda tarbiyalanuvchilar topishmoq matnini o`zgartirib, o`z
so`zlari binoan bayon etadilar.
Mashg’ulotliklarda ko`pgina topishmoqlarning javobi rasmjda ifodalangan.
Bu ta’limning ko`rsatmaslik printsipiga asoslangan bo`lib, og`zaki bayon etishni
qulaylashtiradi. tarbiyalanuvchi diqqati, fikrini bilib, bir joyga to`plab mana shu
topishmoq yonidagi rasmni ko`radi va matnda berilgan fikrni osongina idrof
etadi. Berilgan predmetning xususiyati uzoq vaqt esda qoladi.
2-sinfda.
Kun-tun yuradi,
Doim bir joyda turadi.
Topishmog`i berilgan. Topishmoq yonida uning javobi soatning rasmi
berilgan. tarbiyalanuvchi rasmga qarab tezda topishmoq javobini topadi va uning
xususiyatlarini bilib oladi.
Maktabgacha ta]lim muassasasi tarbiyalanuvchilarinida topishmoqlarni
o`rganish jarayonida tarbiyalanuvchilarga “Topishmoq” daftari tutqazilsa yaxshi
bo`ladi. tarbiyalanuvchilar o`zlari o`rgangan, bobo-buvilarimizdan eshitgan
topishmoqlarni to`plab boradi va yil oxirida butun bir topishmoqlar to`plamiga ega
bo`ladilar.
Bu esa topishmoqlarning bolalar tomonidan qiziqib o`rganilishiga sabab
bo`ladi, ularning aqlini peshlashga katta yordam beradi. tarbiyalanuvchilarning
mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |