Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi va o’z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o’z nomi ko’rsatilgan muhrga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |