Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni (keying o’rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
Ta’litarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Nodavlat maktabgacha ta’limning vazifalari:
Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustahkamlash;
Bola shaxsini sog’lon va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
Bolaning intellectual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
Bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko’rinishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
Bolalarda xalqimizning yuksak manaviyatli insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.
Davlat MTT ning muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo’lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi Qonuni”ga muvofiq, NMTT akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
NMTT da ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlsr bilan belgilanadi.
Tashkilot o’z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi tomonidan belgilanadi.
NMTT ning ish tartibi va bolalarning tashkilotda bo’lish vaqti tashkilot ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
NMTT da 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
NMTT joylashgan hududda yashaydigan aholi talablarida kelib chiqib, NMTT da yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
NMTT bolalarning ovqatlanishi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
NMTT tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko’rsatish shtatdagi yoki sog’liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari NMTT xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog’lig’i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. NMTT xodimlarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
NMTT ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida shartnoma asosida o’z faoliyatlarini umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Maktabgacha ta’limga qamrab olingan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida NMTT larida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
NMTT larida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy qilinadi.
NMTT larida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.
NMTT larida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta’minoti muassis tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |