Мактабгача таълим муассасаларининг тарбия жараёнида мультмедия технологияларидан фойдаланиш



Download 334 Kb.
bet14/16
Sana14.04.2022
Hajmi334 Kb.
#551788
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINING TARBIYA JARAYONIDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIS’H

Relaksasiya vaqtini aniqlash: Multimediali kompyuterli ta’limni amalga oshirish jarayonida relaksasiya (bola kompyuterda ishlagandan keyingi barcha toliqishlarni, jumladan ko’z toliqishini bartaraf etish) vaqtini aniqlash va unga rioya qilish asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Relaksasiya vaqti bolalarning monitor ekranidagi materiallarga qarash davomiyligiga bog’liqdir.
Relaksasiya vaqti:

        1. monitor ekraniga uzlukli (diskret ravishda vaqti-vaqti bilan) qaraganda

        1. 15 daqiqa davomida uzluksiz qaraganda farqlanadi.

Mashg’ulot o’tkazishda bevosita dialog metodidan foydalanish birinchi holga to’g’ri keladi, ya’ni bu metodda bola monitor ekraniga uzlukli qaraydi.
15 daqiqali uzlukli holatdagi relaksasiya vaqti surov orqali quyidagicha aniqdandi:
1. Bevosita dialog asosida o’tkazilgan mashg’ulotda 15 daqiqa uzlukli monitor ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqrok ("Sichqoncha" va klaviatura kabellarining uzunligi masofasida) joylashgan holda bolalarning 95 foizi 15-20 daqiqadan so’ng toliqishlari yo’qolganini bildirdilar.
Mashg’ulot turlari bo’yicha relaksasiya vaqtining davomiyligi



Mashg’ulot turi

Boskichlari (dakika)

Relaksasiya vakti

Umumiy davomiyligi

Metodlari

1.

Yangi bilim beruvchi

1-6.15 dakika 2-6. 15 dakika

15-20 dakika

30 dakika

Bevosita dialog

2.

Ekologik ta’lim

1-6. 15 dakika 2-6. 15 dakika

15-20 dakika

30 dakika

Bevosita dialog

3.

Mustakil ish

1-6.15dakika

5-6 soat

-

Bilvosita dialog

4.

Kompyuterli uyin

1-6. 15 dakika

5-6 soat

-

Bilvosita dialog

5

Test utkazish

1-6.15dakika

5-6 soat

-

Bilvosita dialog


Shuning uchun, ushbu tadqiqot ishida bevosita dialog metodidan foydalanilganda mashg’ulotlar orasidagi relaksasiya bosqichini 15-20 daqiqa qilib olindi.
Bolalar kompyuterda 15 daqiqa davomida uzluksiz mustaqil ishlagan holda 6 soatdan sung toliqishlari yo’qolganini bildirdilar. Shuning uchun, bu holda relaksasiya vaqti kamida 5-6 soat bo’lishi kerak (1 jadval).
Shunday qilib, relaksasiya vaqti bolalarning monitor ekranidagi materiallarga qarash davomiyligiga bog’likdir.
Metodikasi. Multimediali kompyuter texnologiyasining ta’lim- tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak:

          1. agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo’lib qoladi.

          1. agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni tahdil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib, multimedia texnologiyasiga aylanadi.

Shuning uchun, MTMlar sharoitida kompyuterlardan ta’lim-tarbiya jarayoniga foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi dialog texnologik xaritaga kiritilgan reja asosida olib boriladi.
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo’lsa, mashg’ulot frontal ravishda, bitta bo’lsa, undan navbatma-navbat foydalanilgan holda o’tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga to’g’ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so’raladi. Agar MTMlarda proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo’lsa, tarbiyachi mashg’ulotni "kompyuter-elektron doska" usulidan foydalanib olib boradi. Bu holda (MTMda bitta kompyuter bo’lgan hol) kompyuter xotirasidagi o’rganiladigan material elektron doskaga chiqarilib tarbiyachi guruhining barcha bolalari bilan muloqotda bo’ladi. Mashg’ulot davomida o’rganiladigan materialning har bir bo’lakchasini tarbiyalanuvchilar javoblaridan keyin tarbiyachining o’zi xulosalab boradi.
Kompyuterda bajariladigan elementar matematik amallarni tarbiyachi nazorati asosida tarbiyalanuvchilarning o’zlari mustaqil bajaradilar va o’zlarining kompyuter savodxonliklarini rivojlantirib boradilar.
Multimedia texnologiyasidan foydalanib mashg’ulot o’tkazishda analogiya metodidan foydalanish samarali natija beradi. Masalan, kompyuterning tashqi qurilmasini o’rganishda televizor bilan taqqoslab tushuntirish mumkin. Kompyuterda yozuv ishlarini amalga oshirish mexanik yozuv mashinasi bilan taqqoslanadi.
Sonlarning katta-kichikligi o’rganilayotganda 1000 so’mlik pulning miqdori kattami yoki 500 so’mlik pulning miqdori kattami deb so’ralsa, 6-7 yoshli bolalar ushbu miqdor (son)larning farqini tezgina ayta oladilar.
Buyumlarning uzunlik-o’lchovini o’rganishda "Ukangning bo’yi balandmi yoki sening bo’ying balandmi?", - deb savol qo’yilsa, tarbiyalanuvchilarga tushunchaning mohiyati tezda ayon bo’ladi. Yoki "Bir qavatli o’y balandmi, ikki qavatli o’y balandmi?", - deb savol qo’yish mumkin.
Multimedia texnologiyasidan foydalanilgan mashg’ulot (kompyuterli ta’lim)da slayd, taqdimot va boiqa ko’rgazmali vositalar tayyorlash va misollar tanlashda, eng avvalo bolalarga tanish bo’lgan hodisalar, buyumlar, obyektlar, uy-ruzg’or anjomlaridan, shuningdek, oiladagi kundalik jarayon va hodisalardan foydalanish kerak.
Masalan, 10 soni ichida ayirish amalini bajarishda tarbiyachi tarbiyalanuvchidan "Onang senga 10 ta konfet berdi, shundan uchtasini ukangga berding. O’zingda nechta konfet koldi?",- deyilsa, kundalik turmushida uchrab turadigan masala bo’lganidan bola ushbu masalani tez hal eta oladi. Shundan keyin monitor ekraniga chiqarilgan 10 ta "buyum"dan 3 tasi ayirilsa, nechta "buyum" qolishini aytib beradi.
Mashg’ulotning texnologik xaritasi. MTMlarning maktabga tayyorlov guruhlarida mashg’ulotlar garchi dars shaklda o’tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki bu mavzu materiali bo’yicha o’ziga mashg’ulotning texnologik xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg’ulot mavzusi, mag’sadi va vazifalari, mashg’ulot mazmuni, mashg’ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak.
Agar tarbiyalanuvchi kompyuterda berilgan variantdagi uchta topshiriqdan barchasini to’g’ri bajarsa, u holda unga "a’lo" bahoni ifodalaydigan 3 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi ikkita topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda "yaxshi" bahoni ifodalaydigan 2 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdan bitta topshiriqni to’g’ri bajarsa, u holda tarbiyalanuvchiga "qoniqarli" bahoni ifodalaydigan 1 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi topshiriqni to’g’ri bajara olmasa, u holda hyech qanday ball qo’yilmaydi. Bunday hollarda tarbiyachi tarbiyalanuvchi bilan qo’shimcha shug’ullanib, uning bilim darajasini aniqlash uchun qayta testga qo’yishi kerak.

2.3. Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish metodikasi




Shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi hisoblanadi. Undan, MTMlari ta’lim-tarbiya jarayonida foydala- nishda qo’shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga ega bo’lib, ular animasiya bilan berilgan bo’ladi.
Ta’lim tizimida foydalanib kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar statik xarakterga ega. Masalan, tarbiyachi A harfini an’anaviy usulda o’rgatish mobaynida, bolaga uning qog’ozdan yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida ko’rsatilganda A harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini o’ziga jalb etadi (dinamik vosita).
Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTMlari ta’lim-tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan taiqari, har bir MTM tarbiyachilarining o’zlari tayyorlashi mumkin bo’lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin.
DVD video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida elementlarini ko’rish mumkin, zarur bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia texnologiyasining didaktik vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi.
MTMlarida foydalaniladigan multimediali ta’lim vositalarini ikki turga bo’lish mumkin:

  1. Monitor ekranidan to’g’ridan-to’g’ri bilim berishga mo’ljallangan vositalar (elektron ko’llanma, mashg’ulotlar ishlanmasi, kompyuterli "ekskursiya ", kompyuterli ta’lim o’yinlari va h.k.).

  1. Ko’rgazmali qurol (didaktik materiallarni bolalarga yetkazish uchun mo’ljallangan vositalar, slaydlar, taqdimotlar, jadvallar va h.k.).

MTM bolalari uchun tayyorlanadigan multimedia vositalari ovozli, musiqali, harakatlanuvchi, rangli, multifikasiyali va jozibali bo’lishi shart.
So’nggi yillarda ta’lim muassasalarida keng foydalanish uchun Respublikamizda multimedia ta’lim vositalarini ishlab chiqish yo’lga qo’yilgan. Jumladan, shunday ta’lim manbalari Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi "Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi"da tayyorlanmoqda. Ikkinchi manba, Internet ashyolari hisoblanadi. Internet veb-sahifalariga turli sohdlar bo’yicha, shu jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ko’plab multimedia vositalari joylashtirilgan. Tegishli veb-saytlardan multimedia vositasini topib, ulardan MTMlarining ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanish maqsadga muvofikdir.
Yuqorida aytilganlarga qaramay, Respublika MTMlarida foydalanishga mo’ljallangan tayyor multimedia vositalari yetarli emas. Shuning uchun, har bir MTMda tarbiyachining o’zi multimedia vositalarini tayyorlashi va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishi maqsadga muvofiq. Quyida MTMlarida multimedia vositalarining ba’zi turlarini tayyorlash va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari ustida to’xtalamiz.
Odatda multimedia vositalarini ikki: dasturli va rolli usullarda tayyorlash mumkin.
1. Dasturli usul. Dasturli vositalar tayyorlashda Powyer Point, Macromedia Flash kabi dasturlardan foydalaniladi.
Mashg’ulot ishlanmasini tayyorlash. Mashg’ulot ishlanmasi deganda monitor ekraniga chiqarib, tarbiyalanuvchilarga o’rgatishga mo’ljallangan mashg’ulot materiali va mazmuni tushuniladi. Quyida ekologik ta’lim- tarbiyaga oid "Toza havo - dardga davo" mavzusi bo’yicha mashg’ulot ishlanmasini tayyorlashni ko’rib chiqamiz.
Avval mashg’ulot mavzusi anig’lanadi, so’ngra ishlanmani tayyorlash uchun quyidagicha algoritm tuziladi: ekin maydonini tayyorlash, gul urug’i sepish, ekish, sug’orish, chopiq qilish (ishlov berish), begona o’tlardan tozalash, parvarish qilish, gullarni o’sishini kuzatish, gullardan zavqlanish.
Ishlanma tayyorlash algoritmi:

    1. Shu lavhalarga oid 15-20 ta fotosuratlar tayyorlanadi (to’planadi).

    1. Ushbu fotosuratlar skaner yordamida fayl sifatida saqlanadi va kompyuter xotirasiga kiritiladi.

    1. Powyer Point dasturidan foydalanib, animasiya effektlari yordamida multimediali taqdimot materiallari tayyorlanadi.

    2. Mikrofon tovush platasiga (adapteriga) ulanadi va tarbiyachi fotosuratlar mazmuniga qarab mos holda ovoz beradi hamda taqdimot materiallarini sharhlab boradi (1-ilova).

Slayd tayyorlash. Slayd tayyorlash uchun Powyer Point dasturidan foydalanish mumkin. Microsoft Powyer Point universal, imkoniyatlari keng bo’lgan ko’rgazmali amaliy dasturlar qatoriga kiradi. Powyer Point dasturi yordamida matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya samaralari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlar va taqdimotlar yaratiladi, ya’ni multimediali ta’lim vositasi tayyorlanadi.
Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish, shuningdek, ba’zi joylarda malumotlar bazasi sifatida hamqo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boiqarish va ularni qo’llab namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarni bajarish mumkin.
Slayd - ma’lum bir ulchamga ega bo’lgan muloqot varakdari hisoblanadi. Unda biron maqsad uchun yaratilayotgan va namoyish etishga mo’ljallangan materiallarning elementlari joylashadi. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazma yoki mashg’ulot materialini kompyuter ekranida yoki elektron doskada namoyish qilish mumkin.
Slayd tayyorlash uchun birinchi navbatda Powyer Point dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun, Windows ish stolidagi quyidagi buyruqdarni bajarish kerak: "PUSK - Programmы - Microsoft Powyer Point". Bu buyruqlar "Sichkoncha"ning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.

Download 334 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish