Мактабгача таълим муассасаларининг тарбия жараёнида мультмедия технологияларидан фойдаланиш


 Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana03.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#316724
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarining tarbiya jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish

2.3. Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter 

savodxonligini shakllantirish metodikasi 

 

Shaxsiy  kompyuterlar  multimedia  texnologiyasining  asosiy  texnik  vositasi 

hisoblanadi. 

Undan, 


MTMlari 

ta’lim-tarbiya  jarayonida  foydala-  nishda 

qo’shimcha  vositalar  -  kompakt  disklar,  turli  xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar 

talab  etiladi.  Multimedia  vositalaridagi  ta’lim-tarbiya  materiallari  dinamik 

xarakterga  ega bo’lib, ular animasiya  bilan  berilgan  bo’ladi. 

Ta’lim  tizimida  foydalanib  kelinayotgan  an’anaviy  ko’rgazmali  materiallar 

statik  xarakterga  ega.  Masalan,  tarbiyachi  A  harfini  an’anaviy  usulda  o’rgatish 

mobaynida,  bolaga  uning  qog’ozdan  yoki  kartondan  yasalgan  shaklini  ko’rsatadi 

(statik  vosita).  Mutimedia  vositasida  ko’rsatilganda  A  harfi  kompyuter  (monitor) 

ekranida  tebranib, bolalarning  diqqatini  o’ziga jalb etadi (dinamik  vosita). 

Hozirgi  kunda  turli  xil  multimediali  ta’lim  vositalarini  ishlab  chiqish  va 

ularni  ta’lim-tarbiya  jarayoniga  tatbiq  etish  jadal  rivojlanayapti.  MTMlari  ta’lim-

tarbiya  jarayonida  ulardan  foydalanish  metodikasi  ishlab  chiqilmagani  uchun 

tarbiyachi-pedagoglar  multimedia  vositalarini  multimedia  texnologiyasi  sifatida 

qabul  qilmoqdalar.  Kezi  kelganda  shuni  ham  ta’kidlab  o’tish  kerakki,  multimedia 

vositalarini  ishlab  chiqaruvchi  maxsus  muassasadan  taiqari,  har  bir  MTM 

tarbiyachilarining  o’zlari  tayyorlashi  mumkin  bo’lgan  dasturli  va  rolli  multimedia 

vositalarini  (DVD-disk)  qo’llash mumkin. 

DVD  video  diski  multimedianing  texnik  vositasi  sifatida  bir  necha 

afzalliklarga  ega.  Diskdan  foydalanib,  o’rganiladigan  materialni  bosqichlar 

bo’yicha  to’la,  ba’zi  hollarda  alohida  elementlarini  ko’rish  mumkin,  zarur 

bo’lganda  material  qayta  namoyish  etiladi.  DVD  video  diskda  sxemalar,  rasmlar, 

grafiklar  ham  joylashtirilgan  bo’ladi.  Multimedia  texnologiyasining  didaktik 

vositalari  ta’limning  didaktik  talablariga  to’la mos keladi. 

MTMlarida  foydalaniladigan  multimediali  ta’lim  vositalarini  ikki  turga 

bo’lish mumkin: 




 

37 


1.

 

Monitor  ekranidan  to’g’ridan-to’g’ri  bilim  berishga  mo’ljallangan 



vositalar  (elektron  ko’llanma,  mashg’ulotlar  ishlanmasi,  kompyuterli  "ekskursiya 

", kompyuterli  ta’lim  o’yinlari  va h.k.). 

2.

 

Ko’rgazmali  qurol  (didaktik  materiallarni  bolalarga  yetkazish  uchun 



mo’ljallangan  vositalar,  slaydlar, taqdimotlar,  jadvallar  va h.k.). 

MTM  bolalari  uchun  tayyorlanadigan  multimedia  vositalari  ovozli,  musiqali, 

harakatlanuvchi,  rangli,  multifikasiyali  va jozibali  bo’lishi shart. 

So’nggi 


yillarda 

ta’lim 


muassasalarida 

keng 


foydalanish 

uchun 


Respublikamizda  multimedia  ta’lim  vositalarini  ishlab  chiqish  yo’lga  qo’yilgan. 

Jumladan,  shunday  ta’lim  manbalari  Xalq  ta’limi  vazirligi  huzuridagi  "Multimedia 

umumta’lim  dasturlarini  rivojlantirish  markazi"da  tayyorlanmoqda.  Ikkinchi 

manba,  Internet  ashyolari  hisoblanadi.  Internet  veb-sahifalariga  turli  sohdlar 

bo’yicha,  shu  jumladan,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  uchun  ko’plab 

multimedia 

vositalari 

joylashtirilgan. 

Tegishli 

veb-saytlardan 

multimedia 

vositasini  topib,  ulardan  MTMlarining  ta’lim  va  tarbiya  jarayonida  foydalanish 

maqsadga muvofikdir. 

Yuqorida  aytilganlarga  qaramay,  Respublika  MTMlarida  foydalanishga 

mo’ljallangan  tayyor  multimedia  vositalari  yetarli  emas.  Shuning  uchun,  har  bir 

MTMda  tarbiyachining  o’zi  multimedia  vositalarini  tayyorlashi  va  ta’lim-tarbiya 

jarayonida  foydalanishi  maqsadga  muvofiq.  Quyida  MTMlarida  multimedia 

vositalarining  ba’zi  turlarini  tayyorlash  va  ta’lim-tarbiya  jarayonida  foydalanish 

imkoniyatlari  ustida to’xtalamiz. 

Odatda  multimedia  vositalarini  ikki:  dasturli  va  rolli  usullarda  tayyorlash 

mumkin. 

1.  Dasturli  usul.  Dasturli  vositalar  tayyorlashda  Powyer  Point,  Macromedia 

Flash kabi dasturlardan foydalaniladi. 

Mashg’ulot  ishlanmasini  tayyorlash.  Mashg’ulot  ishlanmasi  deganda  monitor 

ekraniga  chiqarib,  tarbiyalanuvchilarga  o’rgatishga  mo’ljallangan  mashg’ulot 

materiali  va  mazmuni  tushuniladi.  Quyida  ekologik  ta’lim-  tarbiyaga  oid  "Toza 




 

38 


havo  -  dardga  davo"  mavzusi  bo’yicha  mashg’ulot  ishlanmasini  tayyorlashni 

ko’rib chiqamiz. 

Avval  mashg’ulot  mavzusi  anig’lanadi,  so’ngra  ishlanmani  tayyorlash  uchun 

quyidagicha  algoritm  tuziladi:  ekin  maydonini  tayyorlash,  gul  urug’i  sepish,  ekish, 

sug’orish, chopiq qilish (ishlov berish), begona o’tlardan tozalash, parvarish qilish, 

gullarni  o’sishini kuzatish, gullardan  zavqlanish. 

Ishlanma  tayyorlash  algoritmi: 

1.

 



Shu lavhalarga  oid 15-20 ta fotosuratlar tayyorlanadi  (to’planadi). 

2.

 



Ushbu fotosuratlar skaner yordamida fayl  sifatida saqlanadi  va 

kompyuter xotirasiga  kiritiladi. 

3.

 

Powyer Point dasturidan foydalanib,  animasiya  effektlari  yordamida 



multimediali  taqdimot materiallari  tayyorlanadi. 

4.

 



Mikrofon  tovush  platasiga  (adapteriga)  ulanadi  va  tarbiyachi  fotosuratlar 

mazmuniga  qarab  mos  holda  ovoz  beradi  hamda  taqdimot  materiallarini  sharhlab 

boradi (1-ilova). 

Slayd  tayyorlash.  Slayd  tayyorlash  uchun  Powyer  Point  dasturidan 

foydalanish  mumkin.  Microsoft  Powyer  Point  universal,  imkoniyatlari  keng 

bo’lgan  ko’rgazmali  amaliy  dasturlar  qatoriga  kiradi.  Powyer  Point  dasturi 

yordamida  matn,  rasm,  chizma,  grafiklar,  animasiya  samaralari,  ovoz,  videorolik 

va  boshqalardan  tashkil  topgan  slaydlar  va  taqdimotlar  yaratiladi,  ya’ni 

multimediali  ta’lim  vositasi tayyorlanadi. 

Bu  dastur  orqali  barcha  ko’rgazmali  qurollarni  yaratish,  shuningdek,  ba’zi 

joylarda  malumotlar  bazasi  sifatida  hamqo’llash  mumkin.  Ayrim  hollarda  bu 

dasturdan  multimedia  vositalarini  boiqarish  va  ularni  qo’llab  namoyish  etuvchi 

qurilmalarga  yuborish vazifalarni  bajarish mumkin. 

Slayd  -  ma’lum  bir  ulchamga  ega  bo’lgan  muloqot  varakdari  hisoblanadi. 

Unda  biron  maqsad  uchun  yaratilayotgan  va  namoyish  etishga  mo’ljallangan 

materiallarning  elementlari  joylashadi.  Slaydlar  ketma-ketligidan  iborat  tayyor 

ko’rgazma  yoki  mashg’ulot  materialini  kompyuter  ekranida  yoki  elektron  doskada 

namoyish qilish  mumkin. 




 

39 


Slayd  tayyorlash  uchun  birinchi  navbatda  Powyer  Point  dasturini  ishga 

tushirish  kerak.  Buning  uchun,  Windows  ish  stolidagi  quyidagi  buyruqdarni 

bajarish  kerak:  "PUSK  -  Programmы  -  Microsoft  Powyer  Point".  Bu  buyruqlar 

"Sichkoncha"ning chap tugmasini  bosish orqali amalga  oshiriladi. 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish