T.r.
|
sеminar mashg’ulоtni nоmi va mazmuni
|
1
|
1-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg‘ulotlarning maqsad va vazifalari
Uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim muhim o`rin egallaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ahamiyati, uzluksiz ta’limning oldingi bosqichi sifatida muhim rolg’ o`ynamoqda. SHuning uchun har bir fanning alohida o`qitilish ahamiyati oshib bormokda. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir fanning asosiy vazifasi bolalarni fikrlash va o`ylashga o`rgatishdir.
|
2
|
2-mavzu:Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg‘ulotlarning maqsad va vazifalari
Musiqa shunday san’at turiki, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar o`yg‘otishining o`zini bir mujiza deb, atash mumkin. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
|
3
|
3-mavzu: Bolalar musiqiy faoliyatining mazmuni
Har bir bola musiqaning qaysi yo`nalishini o`rganishidan qat’iy nazar uning yosh xususiyatlarini, psixologik rivojini musiqa rahbari nazarda tutishi lozim. Bolaning musiqiy rivoji bu to`g‘ri va uzluksiz ravishda yo`lga qo`yilgan faol musiqiy jarayondir.
|
4
|
4-mavzu:Bolalar musiqiy faoliyatining mazmuni
Musiqa tarbiya boshqa sohalar kabi o`ylab chiqilgan tizim va rejalarga asoslanib uzluksiz olib boriladigan jarayondir, ya’ni har bir mashg‘ulotda o`ylab chiqilgan ma’lum maqsad sari birin-ketin qadamba-qadam erishiladi. Bu jarayonda musiqa rahbari sardor vazifasini o`taydi va bolalarni o`zi bilan ergashtirib yuradi.
|
5
|
5-mavzu:Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tinglash
Bolalarni yoshiga mos halq, mumtoz va zamonaviy musiqiy asarlarni tinglash. Musiqa asari haqida, tinglagan asarlarni nomlarini eslash, mazmuni xarakteri haqida so`zlab berish. Ularni asar bastakori bilan tanishtirish.Musiqa tinglashda ularni fikrlash doirasini kengaytirish, nutqini, diqqat e’tiborini oshirish va tinglash madaniyatini shakllantirish.
|
6
|
6-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa tinglash
Musiqa rahbari ilk bor asarni tanishtirishda bolalarga qisqa, lo`nda mazmunli, qiziqarli kirish so`zi musiqa tinglash jarayonida muhim rolg’ o`ynaydi. Shunda bolalar ham asarni to`liq idrok etishga harakat qiladilar. Musiqiy asar 4-5 mashg‘ulot davomida tinglash shart. Har mashg‘ulotda tinglaganda asarni yangi ochilmagan qiralari namoyon bo`ladi, qiziqishlari, musiqaga bo`lgan muhabbatlari ortib boradi.
|
7
|
7-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo`shiq kuylash
Kichik yoshdagi bolalar 2-3 ta nota oraligidagi qo`shiqlarni kuylay oladilar. Bolalar kattalar kuylarini eshitib, keyin o`zlari ham shu kuyni kattalardek kuylashga harakat qiladilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ovoz apparati mukammal rivojlanmagan (tovush paylari rivojlanmagan, nozik, nafas kuchsiz va boshqalar). Bola rivojlangani sari organizm va qo`shiqchilik organlari ham takomillashadi. Maktabgacha yoshdagi bola ovozi yetarli darjada yorqinligi bo`lmaydi. Bu muammolar ustida ko`pgina tadqiqotchilar ilmiy ishlar va izlanishlar olib borishadi.
|
8
|
8-mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo`shiq kuylash
Bolaning ovoz xususiyatlari, ularning diapazoni imkoniyatlari haqida N.D.Orlov, Ye.I.Almazov, N.A.Metlov, N.A.Vetlugina, A.D.Voynova, R.T.Zinichlar shular jumlasidandir.
|