MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MUSIQA O`QITISH MЕTОDIKASI
fanidan ishchi dastur
(3-kurs )
Bilim sоhasi: Gumanitar
Ta’lim sоhasi : Pеdagоgika
Bakalavriat yo`nalishi: 5111100 – Musiqa ta’limi
Semestr
Mashg’ulotlar
|
6
|
7
|
Jami
|
Ma’ruza
|
10
|
10
|
20
|
Amaliy
|
-
|
28
|
28
|
Seminar
|
16
|
-
|
16
|
Mustaqil
|
24
|
24
|
48
|
Jami:
|
50
|
62
|
112
|
Urganch-2020
|
Ishchi o`quv dasturi O`zbеkistоn Rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi tamоnidan 201__ yil ___________ _______________ raqam bilan ro`yхatga оlingan o`quv dasturi asоsida ishlab chiqilgan bo`lib, “Musiqa ta’limi” kafеdrasining 2020 yil “____”_____________ yig`ilishida muhоkama qilingan va tasdiqlangan. (Bayonnоma № ___)
Tuzuvchi:
|
Raximov A. E. UrDU Musiqa ta’limi kafedrasi o`qituvchisi
|
Taqrizchi:
|
Nurmatоva M. A. UrDU Musiqa ta’limi kafedrasi katta o`qituvchisi
|
Musiqa ta’limi kafеdrasi mudiri: __________ Raximov B. M.
Mazkur ishchi dastur “San’atshunoslik” fakultеti kеngashida ko`rib chiqildi va tasdiqlandi. “____”____________ 2020 yildagi № __ sоnli bayonnоma
Fakultеt kengashi raisi: dots. Xudoyberganov A.
1.1.O`quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o`rni
Mazkur fan dasuri 5111100 – Musiqa ta’limi ta’lim yo`nalishi “Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o`qitish metodikasi” fani asosiy umumkasbiy fani o`quv reja asosida o`qitiladi. Fanni o`qitishdan dolzarbligi - musiqiy ta’lim yo`nalishi talabalarini maktabgacha ta’lim muassasalarda musiqa rahbarini amaliy faoliyatiga tayyorlaydi unda bo`lg‘usi musiqa rahbarini egallashi zarur bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar minimumi belgilab berilgan. Dastur ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, zamonaviy musiqa rahbariga qo`yilayotgan talablar, boy ma’naviy, madaniy va musiqiy merosimizga yangicha yondashuvlarni hisobga olib tuzilgan.
1.2.O`quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o`qitishdan maqsadi - musiqiy ta’lim yo`nalishi talabalarini musiqa rahbarini amaliy faoliyatiga tayyorlaydi. Kichkintoylarning ma’naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shakllantirish, musiqa tinglash, vokal-xor malakalarini rivojlantirishga o`rgatishdan iborat. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o`qitish metodikasi ta’lim – tarbiya musiqa rahbarini bolalar bilan ishlashi, madaniy, tarbiyaviy, g‘oyaviy tashkilotchilik roli, iste’dodi, qobilyatlari va ishtiyoqlarini mavjud bo`lishini talab etadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o`qitish metodikasi fanini vazifalari:
Kichkintoylarning musiqiy o`quv va o`obiliatlari o`uyidagi faoliyatlardan iborat:
- musiqiy uquvi (musiqiy tovushlar baland-pastligini xis etish qobiliyati)
- tembr o`quvi (musiqiy tovushlarni bir biridan farqlash)
- ritm tuyg‘usi (musiqaga mos xarakatlar bajarish, qadam tashlash, chapak chalish,
musiqani xotirada saqlab xis etish va ifodalash.)
- kichkintoylarni musiqaga bo`lgan qiziqishini oshirish;
- musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional xis-tuyg’ularini
xosil qilish yo`li bilan ularning musiqa xaqidagi tasavvurlarini boyitish;
- bolalarni musiqa tinglash, qo`shiq kuylash, musiqa asosida ritmik harakatlarni
bajarish, bolalar cholg‘u asboblarida jo`r bo`lish faoliyatlari yordamida ijodiy
qobiliyatlarini shakillantirib borish;
- bolalar ovozini asrash tarbiyalash, qo`shiqlarni sodda, ravon erkin, tabiiy va
ifodali kuylashga o`rgatish va odatlantirish;
- musiqiy asarlardan zavq olish, shu asosida musiqiy did va badiiy fikr yuritishni
rivojlantirish;
- musiqiy mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy o`yin va raqs shaklida
ifoda etishga o`rgatish;
- musiqa mashg‘ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy
cholg‘u sozlarimiz jo`rligida milliy - ritmik xarakatlarni bajarishga o`rgatish;
- musiqa mashg‘ulotlari mazmunini bog‘cha bilan bog’lash, bog’chada o`tkazilgan
tadbirlarda o`rganilgan kuy va qo`shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaklar,
kontsertlar tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |