Maktabgacha ta’lim muassasalarida aniy tarbiya boʻyicha ishni rejalashtirishning ahamiyati. Reja



Download 19,55 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi19,55 Kb.
#248403
  1   2
Bog'liq
jismoniy


Ma'ruza 1

Maktabgacha ta’lim muassasalarida **aniy tarbiya boʻyicha ishni rejalashtirishning ahamiyati.

Reja:

  1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida **aniy tarbiya boʻyicha ishni rejalashtirishning ahamiyati

  2. **oniy tarbiya xonasini jihozlanishi

**oniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda eng avalo maktabgacha ta'lim muassasalari uchun mo‘ljallangan meyoriy xujjatlar “Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan Davlat talablari” hamda Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturiga asosan bolalar yoshlari doirasida asosiy harakatlar: yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish-emaklash, to‘siqlardan oshib o‘tish milliy, harakatli hamda tinch o‘yinlarni nomini bilishi va o‘ynashi zarur deb ko‘rsatilgan. **oniy tarbiya yo‘riqchisi tomonidan **oniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, muvozanat mashqlari kabi asosiy harakatlarni izchil ravishda mashg‘ulotlarga taqsimlab chiqishda ko‘proq qiynaladilar. Ularni rejalashtirish vaqtida faqat mashg‘ulot o‘tkazish shart-sharoitlarini (xona, asbob-uskuna va boshqalarni), bolalarning tayyorligini hisobga olibgina qolmay, shu bilan birga har bir harakat malakasini izchillik bilan shakllantirishga ham e'tibor berish kerak. Bunga murakkabligi tobora ortib boradigan mashqlar va o‘yinlarni ko‘proq tanlash orqali erishiladi. Mashg‘ulotlar vaqtida asosiy harakatlarning bir-biri bilan maqsadga muvofiqroq ravishda qo‘shib olib borishni ko‘zda tutish, shuningdek, bolalarning yuksak darajadagi faolligini ta'minlovchi uyushtirish usullarining qo‘llanishi ham katta ahamiyatga egadir. Materialni takrorlash ham muhim rol o‘ynaydi. Ayni bir harakatni taxminan oradan 3-4 hafta o‘tgandan keyin ba'zi - bir takrorlab turgan ma'qul. Har bir o‘rganiladigan harakat turiga bir nechta (ikki-to‘rt) izchil bajariladigan mashg‘ulotlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Odatda mashg‘ulotlar uchun bolalarni o‘qitishning har xil bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar tanlanadi: topshiriqlarnipg biri ko‘pincha yangi mashqlarni o‘rganish bilan yoki harakat qismlarini takrorlash bilan bog‘liq bo‘ladi, boshqalari esa malakani mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Materialni taxminiy taqsimlash rejasida har bir yosh gruppasi uchun faqat asosiy harakatlar bilan bog‘liq topshiriqlar, shuningdek, harakatli o‘yinlar berilgan.

Mashg‘ulotlar uchun belgilangan umumiy rivojlanish mashqlarining mazmuni mashg‘ulotning asosiy maqsadiga bo‘ysundiriladi, u bolani asosiy mashqlarga tayyorlamog‘i lozim.

Yosh guruxlari uchun tuzilgan rejada haftasiga ikki marta o‘tkaziladigan mashg‘ulotdan faqat bittasining mazmuni berilgan. Bu rejalashtirishda birmuncha o‘zgartirishlar bo‘lishi uchun kerakli erkinlikni ta'min etadi. Ikkinchi mashg‘ulot birinchi mashg‘ulotning mazmunini to‘la takrorlashi ham mumkin. Bolalar o‘tgan mashg‘ulotlarda o‘rgangan harakatlarni takrorlab, faol ravishda mashq qilib olishlariga imkon yaratish uchun shunday qilinadi. Ba'zan ikkinchi mashg‘ulotning mazmuni qisman o‘zgartiriladi: mashg‘ulotning kirish qismiga boshqa yangi mashqlar kiritiladi yoki umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun boshqa mashq tanlanadi, asosiy harakatlarga o‘rgatish vaqtida bolalar jamoasiini uyushtirish uslubi o‘zgartiriladi.

Boshqa mashg‘ulotdagi asosiy harakatlar qo‘shimcha takrorlash materiali sifatida kiritiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasida **oniy tarbiya mashg‘ulotlari barcha guruhlarda haftasiga 2 marotaba bolaning fiziologik holatiga qarab hafta kunlariga bo‘linadi. Maktabgacha ta'lim muassasaslarida **oniy tarbiya yo‘riqchisi mashg‘ulotlarni bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda shakllantiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasida **oniy tarbiya tizimida - kun tartibi, an'anaviy mashg‘ulotlar, mujassam mashg‘ulotlar, chiniqtirish (tabiiy va sun'iy), **oniy mashqlar, madaniy gigienik ko‘nikmalar, ertalabki va kechki soatlar, quvnoq daqiqalar, davolovchi gimnastika, ritmika, sport o‘yinlari tashkil etiladi. Maktagacha ta'lim muassasalarida noa'nanaviy jimsmoniy tarbiya mashg‘ulotlarini 2-3 turdagi tashkil etish muhumdir yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan noa'nanaviy mashg‘ulotga o‘xshamaydigan tarzda tashkil etiladi Noa'nanaviy **oniy tarbiya mashg‘ulotlari ertak asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar uchun bolalarning yosh xususiyatini inobatga olgan

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism Mashg‘ulotning nomi

Mashg‘ulot-ning maqsadi. Mashg‘ulotga kerakli jixozlar Kirish Asosiy qism Yakuniy qismi Xona bo‘ylab yurish mashqlari Kam harakatli o‘yin 2-ta Nafas olish mashqlari. MTMdagi noananaviy **oniy tarbiya mashg‘ulotlari quyidagi qismlar ketmaketligida yoziladi 2-3ta harakatli o‘yin (xaftaning birinchi qismia o‘rgatilgan asosiy harakat turini mustaxkamlovchi o‘yinlar tanlanadi) xolda bolalarga o‘rgatmoqchi bo‘lgan asosiy xarakatni bajarishga mos keluvchi ertak tanlanib “Bo‘g‘irsoq” “Echki bolalari” “Qizil shapkacha” va **oniy tarbiya yo‘riqchisi tamonidan asosiy harakatlarni o‘rgatish uchun o‘ylab topilgan ertaklar asosida tashkil etiladigan noa'nanaviy **oniy tarbiya mashg‘uloti deb hisoblaniladi. Maktabgacha ta'lim muassasasidagi **oniy tarbiya mashg‘ulotlarini shakllantirishda yuqorida ko‘rsatilgan ketma-ketlikda bolalarni yosh hususiyatidan kelib chiqqan holda yoritiladi.

**oniy tarbiya xonasini jihozlash.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida **oniy tarbiya xonasini jihozlash quydagi talablar assosida tashkil etiladi:

1. **oniy tarbiya yo‘riqchisisning ish vaqti jadvali

2. **oniy tarbiya xonasida texnik (vositalar)

Musiqa anjomlari: Bu musiqa anjomlari maktabgacha ta'lim muassasalarning **oniy tarbiya honasida bo‘lishi lozimligi bolalarni ritm asosida harakat qilishga o‘rgatishda qo‘llaniladi

Umurtqani rivojlantiruvchi mashqlarda foydalaniladigan jihozlar: Gimnastika tayoqchalari, gimnastika bayroqchalari, kubiklar, kichik koptok, katta koptoklar.

Gimnastika matlari Sakramochoq Qumli xaltachalar 50, 100,150,200 gr og‘irlikdagi.

**oniy tarbiya honasidagi jixozlar pedagogik etetik, talablarga javob berishi lozim.

 

Nazorat savollari:



1.Maktabgacha ta'lim muassasalarida **oniy tarbiya mashg‘ulotlaridagi asosiy harakat turlarining ahamiyati?

2.**oniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishda nimalarga ahamiyat beriladi?




Download 19,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish