Мактабгача таълим муассасалари учун жамоа шартномаси макети


XIV. IJTIMOIY SHERIKCHILIK. KASABA UYUSHMASI FAOLIYATINING KAFOLATLARIGA RIOYA ETILISHI



Download 476 Kb.
bet21/46
Sana28.06.2022
Hajmi476 Kb.
#713147
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
Bog'liq
5-ДМТТ учун ЖШ 2022-2025

XIV. IJTIMOIY SHERIKCHILIK. KASABA UYUSHMASI FAOLIYATINING KAFOLATLARIGA RIOYA ETILISHI


162. Ish beruvchi va Kasaba uyushma qo‘mitasi o‘zaro munosabatlarida ijtimoiy sherikchilik, hamkorlik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish tamoyillariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladilar.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgani yoki o‘tmaganidan qat’i nazar Ish beruvchi bilan jamoa muzokaralarini olib borishda va jamoa shartnomasini tuzishda ustuvor huquqqa ega, uning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 1- va 9-moddalari).
163. Ish beruvchi:
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar hamda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalariga binoan kasaba uyushmasining huquqlariga rioya qiladi, uning faoliyatiga hartomonlama ko‘maklashadi;
Muassasada xodimlarning yagona vakillik organi sifatida Kasaba uyushma qo‘mitasini tan oladi.
164. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi Ish beruvchi tomonidan mehnat va kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, aniqlangan huquqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga haqli. Ish beruvchi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni ko‘rib chiqishi va ko‘rib chiqish natijalari haqida kasaba uyushmasiga o‘n besh kunlik muddat ichida xabar beradi (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 11-moddasi).
165. Ish beruvchi:
-xodimlarning yozma arizalari asosida ish haqidan kamida 1 foiz miqdoridagi kasaba uyushmasi a’zolik badallarini Muassasa buxgalteriyasi orqali ushlab qolinishini va pul o‘tkazish yo‘li bilan o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda kasaba uyushma tashkilotiga o‘tkazilishini;
-xodimlarniig buxgalteriya orqali ushlab qolingan kasaba uyushmasi a’zolik badallarini budjet va budjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlarni to‘lash bilan bir vaqtda kasaba uyushmasi tashkilotiga o‘tkazib berishni;
-a’zolik badallari bir oy muddatdan ortiq vaqt mobaynida o‘tkazilmagan taqdirda aybdor mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishi kafolatlaydi.
166. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 15 martda 2342-raqam bilan ro‘xatga olingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisob varaqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga binoan Muassasa hisob varag‘ida mablag‘ yetarli bo‘lmagan hollarda kasaba uyushmasi a’zolik badallari ijro to‘lov hujjatlari bo‘yicha proporsiya asosida hisobdan chiqariladigan mablag‘lar qatoriga kiritiladi.
167. Ish beruvchi:
a) jamoa shartnomasiga kirmagan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishdan oldin Kasaba uyushma qo‘mitasi bilan oldindan kelishib olish;
b) Kasaba uyushma qo‘mitasi talab qilganda unga mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etish;
v) Kasaba uyushma qo‘mitasining Ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun uni xonalar, transport, tashkiliy texnika, aloqa vositalari, kanselyariya mollari bilan bepul ta’minlash majburiyatlarini oladi.
168. Kasaba uyushma qo‘mitasi:
a) Muassasaning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish dasturlarini bajarilishiga ko‘maklashish, bu borada xodimlar tashabbusi va ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
b) ish haqi to‘lanishi, jamoa shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar berilishi to‘g‘riligini, shuningdek mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
v) mehnat to‘g‘risidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish, xodimlar huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ko‘maklashish;
g) kasaba uyushmasi a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya qilish;
d) ish joylaridagi mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishiga erishish va ish joylarini mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoidalari talablariga muvofiq xolatga olib kelish borasida ish beruvchi tomonidan tegishli choralar ko‘rilishini talab qilish;
i) xodimlar va ularning oila a’zolarini dam olishi va sog‘lomlashtirilishi uchun xodimlarning arizalarini tegishli sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan meyorlar doirasida ta’minlash;
j) Muassasada mehnat va turmush sharoitlari ahvolining jamoat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish;
z) kasaba uyushma a’zolari orasida mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish va tashkiliy ishlarni olib borish, mojarolarga olib keluvchi vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rish;
k) har xil tanlovlar, sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlar uchun rag‘batlantiruvchi sovg‘alar va mukofotlar ta’sis etish;
l) O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Ishonch», «Ishonch-Doveriye» gazetalariga obunani ta’minlash majburiyatlarini oladi.
169. O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan kasaba uyushmasi organlariga saylanib, ishlab chiqarish faoliyatidan ozod etilgan shaxslarga ularning vakolat muddatlari tugaganidan so‘ng avvalgi yoki shunga teng ish berilishini ta’minlash uchun bunday xodimlarning bo‘shab qolgan ish o‘rinlariga yangi xodimlarni faqatgina muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomalariga binoan ishga qabul qilish majburiyatini oladi.
170. Asosiy ishidan ozod etilmagan Kasaba uyushma qo‘mitasi raisiga Muassasa hisobidan xar yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish xaqining 5 barobari miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi.
171. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan Mehnatkashlar vakillariga jamoatchilik ishlarini bajarish uchun har haftada ikki soatdan bo‘sh vaqt beriladi va bu davr uchun ularga o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.
172. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan mehnatkashlar vakillariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash, ular bilan Ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish amallari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida, O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunida hamda Xalqaro mehnat tashkilotining «Muassasalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to‘g‘risida»gi 135-Konvensiyasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.



Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish