Мактабгача таълим муассасалари учун жамоа шартномаси макети


IX. IJTIMOIY SUG‘URTA. IJTIMOIY IMTIYOZ VA KAFOLATLAR



Download 476 Kb.
bet16/46
Sana28.06.2022
Hajmi476 Kb.
#713147
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
Bog'liq
5-ДМТТ учун ЖШ 2022-2025

IX. IJTIMOIY SUG‘URTA. IJTIMOIY IMTIYOZ VA KAFOLATLAR


115. Taraflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har yili qabul qilinadigan ijtimoiy yo‘nalishdagi Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va qat’iy bajarilishiga erishish majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar.
116. Taraflar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etish va imtiyozlar berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar:
a) 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun (103, 144, 150-moddalar);
b) atom obyektlaridagi falokatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun (103-modda);
v) I va II guruh nogironlari uchun (68, 135, 143, 144, 150, 214, 220-moddalar).
117. Ish beruvchi quyidagi miqdorlarda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to‘lab borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi:
a) Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, baynal-minalchi jangchilarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, qaramog‘ida 14 yoshga to‘lmagan uch va undan ortiq farzandi bor xodimlarga, Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan xodimlarga, Chernobil AESdagi halokat natijasida radioaktiv ifloslangan zonadan evakuaksiya qilingan va ko‘chirib kelingan xodimlarga (agar ularda qonyaratish organlari (o‘tkir lekozlar), qalqonsimon bez (adenomalar, rak) kasalliklari hamda rakni keltirib chiqaruvchi o‘simtalar mavjud bo‘lsa), yadroviy poligonlar va boshqa radiatsiya-yadroviy obyektlarda harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogiron xodimlarga, shuningdek mehnatda mayib bo‘lishi yoki kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga layoqatsiz xodimlarga – ish haqining to‘liq miqdorida;
b) ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar bo‘yicha ro‘yxatda turuvchi xodimlarga ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan davri (umumiy ish staji)ga qarab – ish haqining 60dan 100 foizigacha;
v) boshqa hollarda, xodimning umumiy ish stajiga qarab - ish haqining 60dan 80 foizigacha.
g) Ish beruvchi xodimlarni yilida kamida bir marta epidemiya xavfi mavjud bo‘lgan kasalliklardan ta’lim muassasa hisobidan emlab borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
118. Ish beruvchi ishlayotgan pensionerlarga o‘tgan oy uchun pensiyani oyning ikkinchi yarmi uchun to‘lanadigan ish haqi bilan bir vaqtda to‘liq miqdorda to‘lab borish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5597-son Farmoniga binoan).
119. Ish beruvchi (budjet tashkilotlaridan tashqari) o‘z mablag‘lari mavjud bo‘lgan hollarda, keyinchalik to‘langan summalarni Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash evaziga pensiyalar va nafaqalarni ish haqini to‘lash kunida o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lashni amalga oshirish majburiyatini oladi. (Adliya vazirligidan 2016 yil 3 noyabr 2836 son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Yagona ijtimoiy to‘lovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash bo‘yicha summalarning to‘lanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom”).
120. Xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vafot etganda ish beruvchi moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda uning oilasiga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish haqining 5 barobarigacha miqdorda muassasa tomonidan qo‘shimcha topilgan mablag‘lar hisobidan (homiylik, pullik xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar) moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
121. Ish beruvchi muassasada pensiyaga chiqishidan oldin kamida 25 yil ishlagan pensionerlarni yilda bir marta bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va davolanishini tashkil etish;
ishlamaydigan pensionerlarning mehnat jamoasining jamoat hayotida ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratishni, shuningdek har yili pensionerlardan, ayniqsa yakka-yolg‘izlardan xabar olish, tug‘ilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovg‘alari berishni, ularning uy- joy, maishiy muammolarini hal etishda ko‘maklashishni, shuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirishni va boshqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratishni o‘z zimmasiga oladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4906 son “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni). qaramog‘ida nogiron farzandi bor xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
122. Shuningdek, taraflar:
-har yili o‘quv yili boshlanishi arafasida umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ko‘p bolali, kam ta’minlangan xodimlar farzandlari uchun har bir bolaga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish haqining 40 foizi hisobidan kelib chiqqan holda darsliklar va o‘quv qurollari xarid qilishni;
-har yili xodimlar farzandlariga yangi yil sovg‘alarining Muassasa hisobidan topshirilishini;
-xodimlar farzandlarining bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishlarini;
-xodimlarga bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari yo‘llanmalari narxini, 14 yoshga to‘lmagan nogiron farzandi bor xodimlarga esa dam olish uylari, sanatoriylar, profilaktoriy yo‘llanmalari narxini muassasa hisobidan to‘lab berishni ta’minlaydilar.
123. Taraflar xodimlarni muassasaning yordamchi xo‘jaligida yetishtirilgan go‘sht-sut mahsulotlari, meva-sabzavotlar va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash (yoki yordamchi xo‘jalikni barpo etish imkoniyatini ko‘rib chiqish) majburiyatini oladilar.
124. Xodimlarning ish haqidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishi uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalarga soliq solinmasligi bo‘yicha yaratilgan imtiyozdan foydalanishi Ish beruvi tomonidan ta’minlnadi.
125. Ish beruvchi Muassasaning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, ishlovchi ota-onalarning farzandi tarbiyasiga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish maqsadida farzandlari xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, sport bo‘yicha Respublika va jahon chempionlari bo‘lgan xodimlarni moddiy rag‘batlantiradi.
126. Mazkur Shartnoma maqsadlarida har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha daromad O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan minimal iste’mol xarajatlari qiymatining ikki baravaridan oshmagan oilalar – kam ta’minlangan oilalar deb hisoblanadi.
127. Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiy tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5969-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:
- Koronavirus yoki boshqa yuqumli kasalliklar tufayli joriy qilingan karantin choralari davrida xodimlarga beriladigan imtiyoz va kafolatlar yaratiladi.
-karantinga oid choralar amal qilishi davrida Ish beruvchi xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazadi;
Masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tish huquqidan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.
Xodimning xohishiga ko‘ra va Ish beruvchining roziligi bilan xodim vaqtinchalik uyda ishlashi uchun uy mehnati sharotiga o‘tkazilishi mumkin.
Uyda ishlash tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodim yashash joyi bo‘yicha yoki unga yoxud uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalari bo‘yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishni anglatadi.
Masofaviy ishga o‘tkazish yuzasidan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarda Mehnat kodeksining 73-moddasida nazarda tutilgan shartlar bilan bir qatorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
128. Ish beruvchi va xodim o‘rtasida elektron hujjat almashinuvi bo‘yicha o‘zaro aloqalar tartibi; xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va yoki texnika vositalaridan foydalanish tartibi, agar tomonlar tarafidan xodimga tegishli jihozlar va yoki texnika vositalaridan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv mavjud bo‘lsa;
129. Ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini ta’minlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan
-Internet tarmog‘idan foydalanish;
-Ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, yetkazilgan zararni xodim tomonidan Ish beruvchiga qoplab berish bilan bog‘liq shartlar;
-xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va yoki texnika vositalaridan, shuningdek aloqa vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘idan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari;
-xodim va Ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;
-xodimni ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda doimiy ish joyiga o‘tkazish shartlari.
-xodim pandemiya vaqtida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganda, Ish beruvchi unga Kasaba uyushmasi qo‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatadi
-pandemiya davrida ish jarayonida kasallangan xodimlarning davolanishiga ketadigan xarajatlar Korxona mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
-pandemiya sharoitida xodimning oila a’zolaridan kasallanib, davolanayotganlarga Ish beruvchi tomonidan unga kasaba uyushmasi qo‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra qo‘llab-quvvatlanadi.
130. O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga xaq to‘lashning eng kam miqdorini bir baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi;
-pandemiya munosabati bilan kasallik yuqtirgan xodimlarning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki ularning og‘ir ahvolga tushishi va sog‘lig‘i tiklanmaganligi munosabati bilan Ish beruvchi Korxonaning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
-Ish beruvchi yuqumli virus kasalligiga chalingan xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatishi, ularning davolanishi va dori-darmonlarning xarajati (shu jumladan, xodimning bolalari kasal bo‘lsa) uchun to‘lovni amalga oshirishi shart;
-koronavirus bilan og‘rib tuzalgan xodimlarni Muassasa hisobidan har 6 oyda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi;
-xodimlarni ish faoliyatlari bilan bog‘liq turli yuqumli kasalliklarga chalinishlari mumkin bo‘lgan holatlar haqida ogohlantiruvchi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, stendlar, tarqatma materiallarni chop ettiradi;
131. Muassasa xodimlari o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishi oldini olish maqsadida Ish beruvchi xodimlarni ish joylarida antesiptik va zarur sanitariya-gigiyenik vositalar, niqoblar bilan ta’minlashni, kasallik uchun test tahlillarini topshirishni, yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina bilan emlashni, shuningdek ish joylarini, oshxonani, yuvinish xonasini, hojatxonani Muassasa hisobidan amalga oshiradi.
132. Pandemiya davrida kasallanib vafot etgan xodimlarning oilasiga moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib Ish beruvchi yoki Kasaba uyushmasi qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ajratiladi.
133. Hukumat yoki Maxsus komissiya tomonidan karantin e’lon qilinganda xodimga qisman haq to‘langan holda Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuv orqali belgilangan muddatga ta’til taqdim etiladi. Bunda xodimga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi.
134. Koronovirus pandemiyasi davrida xodimning asosiy mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajini hisoblashda ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lgan davr ham inobatga olinadi.

Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish