Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirish samaradorligi



Download 21,6 Kb.
bet3/3
Sana13.01.2022
Hajmi21,6 Kb.
#355449
1   2   3
Bog'liq
elementar matem

Texnik usullar. Raqamlar bilan tanishtirishda bolalarga dastavval raqamlarni

yozishga, to‘g‘ri o‘tirish va ruchkani to‘g‘ri tutishga o‘rganadilar. O‘tirg‘ichning

o‘rtasiga o‘tirish, tanani erkin va to‘g‘ri tutish zarur. Multimediadan foydalanib

bolalarga animatsiyali raqamlarning chiqishlarini tomosha qilishni tashkil etish kerak.

Shundan keyin ularga tanish bo‘lgan raqamlar nomini aytsak, bolalarni ilg‘ab olishi

va esida saqlashi oson kechadi.

Bugungi kunda olib borilayotgan har bir tadqiqotning vazifalari quyidagilardan

iborat:

- mavzuga oid pedagogik manbalarni o‘rganish, taxlil qilish va

umumlashtirish;

- muammoning nazariya va amaliyotdagi axvolini o‘rganish xamda taxlil

qilish;

- maktabgacha ta’lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarida

bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni va metodikasini ishlab

chikish;

- bolalar bilimini shakllantirishga yunaltirilgan pedagogik tizimning

samaradorligini amaliy tajribada sinab kurish;

- Tadqiqot natijalari asosida respublikadagi maktabgacha ta’lim muassasalari

xodimlari va ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalar va qo‘llanmalar yaratish.

Sonlar va raqamlar xususida tarbiyalanuvchilarga tushunchalar berildi. Dastlab,

sonlar qanday kelib chiqishi, ular  nimani anglatishi xususida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, geometrik shakllarni ushlab ko‘rishlari, burchaklariga qo‘llari bilan

tegishlariga ruxsat berildi. Uchburchak so‘zma-so‘z tarjima qilinganda uchta burchak

degan ma’noni anglatishi gapirib berildi. Shundan so‘ng geometrik shakllar dan

pedagog-tarbiyachilar o‘z amaliyotida keng foydalanadigan bir necha shakllardan

yaxlit tasvir chizish taklif qilindi.

Matematika mashg‘ulotlarini integratsiyalash o‘zaro hamfikrlilik, bir biriga

qarab rasm chizish, o‘rtoqlarining harakatlariga e’tiborli bo‘lish tuyg‘usini

rivojlantirishga imkon beradi. Matematik fikrlash bola miyasining intellektual

faollashuvi vazifalarini uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadi, natijada barcha bolalar

aqliy jihatdan faollashadi. Ularda  fantaziya va ijodiy qobiliyat, matematik nutq

rivojlantiradi, matematikani tushunish va sevishga o‘rgatadi. Matematika

mashg‘ulotlari jarayonida sanashni o‘zlashtirish borasida, misollarni yechish

barobarida bolalar misollarning tuzilishini yaxshiroq tushuna boradilar, ularning ko‘p

yoki kamligini, mazmunini farqlaydilar va o‘zlari uchun yangi bo‘lgan matematika

olamiga kirib boradilar.

Matematika mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilarni sonlar bilan tanishtirishda

raqamlarni eslab qolish maqsadida ularni belgilash uchun rangli aylanalardan, sanoq

cho‘plaridan foydalanadilar, keyinroq bolalar rangli aylanalar va sanoq cho‘plarsiz

mustaqil uddaladilar. Tarbiyalanuvchilarning matematika mashg‘ulotlarini

o‘zlashtirishlarini hamda ular tomonidan erishilayotgan muvaffaqiyatlarni monitoring

qilish shart deb hisoblaymiz, chunki u nafaqat bolalarning muvaffaqiyatlarini

baholashni, balki pedagogning o‘zini va korreksion jarayonning barcha ishtirokchilari

faoliyati samaradorligi darajasini tahlil qilish imkonini beradi. Pedagog esa, olingan

natijalardan kelib chiqib, bolalar, pedagoglar, ota-onalar bilan ishlashda tanlangan

usullar, texnologiyalarning to‘g‘riligi yuzasidan xulosa qilish imkoni tug‘iladi va

zaruriyat bo‘lganida o‘quv dasturini mukammallashiga erishiladi.

Mashg‘ulotlarning natijasi bolalarning o‘zlashtirish darajasi va ochiq mashg‘ulotlarda

ko‘rinadi. Aynan shunda bolalar mas’uliyatli, intizomli, e’tiborli bo‘lishga

o‘rganadilar. Agar kuzatuvchilar nafaqat bolalar, balki sevimli ota-onalar bo‘lsa,

unda muvaffaqiyatdan quvonch ikki barobarga ortadi. Bu yo‘nalishda birmuncha

mahsuldori, bolalar bilan ishlashda maktabgacha ta’lim muassasasida yuzaga kelgan,

jamoaviy sharoitda maxsus matematik qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan

qo‘shimcha ta’lim va ijodiy ishlash konsepsiyasi bo‘ldi. Bugungi kunda bu loyihaviy

usul maktabgacha ta’lim faoliyatida ta’limning innovatsion usuli hisoblanadi. Bu

usullar mashg‘ulotni faollashtiradi, ularni hissiy jihatdan maftunkor va yorqin qiladi.

Mazkur texnologiyaning maktabgacha pedagogikada mavjud bo‘lgan boshqa

texnologiyalardan farqi shundan iborat.

Loyixaviy mashg‘ulotlar quyidagicha amalga oshiriladi. O‘yinli,

kommunikativ, bilishga oid-tadqiqotchilik, matematik va harakatli faoliyat, bolalar va

kattalar bilan muloqot tarzida. Bunda tarbiyalanuvchilarda o‘zaro harakat, ijtimoiy va

emotsional intellekt rivojlanadi, tengdoshlari bilan birgalikda faoliyat yuritish

ko‘nikmasi shakllanadi. Shuningdek, tasavvur va ijodiy faollik rivojlanadi, matematik

zukkolik, miqdor, sanoq, vaqt, geometrik shakllar, vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish,

harakatlar uyg‘unligi, matematik qobiliyatlar rivojlanadi. Matematikadan eng sodda

tasavvurlar shakllantiriladi, har bir bolaning individual chiziqlari, irodaning



mavjudligi, emotsionallik, diqqati jamlanganligi namoyon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchida

o‘z kuchiga ishonmaslik, tortinchoqlik, juratsizlik bartaraf etiladi.
Download 21,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish