Maktabgacha ta’lim muassalari raxbar va mutahassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Instituti Milliy o’yinlarning bolalar psixologiyasiga ta’siri Malaka toifasi (guruhi) mt -27-4 Malakaviy loyiha ishini bajaruvchi



Download 0,58 Mb.
bet5/5
Sana23.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#402338
1   2   3   4   5
Bog'liq
Milliy o\'yinlarning bolalar psixologiyasiga tasiri

O‘yinni taxlil qilish

O‘yinni natijalarini e’lon qilishda o‘yinni tushinib etish, o‘yin qatnashchilari tomonidan texnik usullar va texnikasida qo‘yilgan xatosini ko‘rsatib berish zarur. Kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘yinni syujetini taxlil qilishda o‘yinni syujetini rivojlantirishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni, aloxida rollarni yaxshi bajargan o‘yin qatnashchilarini ko‘rsatib o‘tish juda foydali bo‘ladi. Ijobiy tashabbus ko‘rsatgan va o‘yin qoidalariga rioya qilgan o‘quvchilarni aloxida o‘rnak uchun ko‘rsatib o‘tish kerak.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ya’ni o‘yin jarayonini o‘tkazishini o‘zi juda murakkab: u nafaqat bolalarni yosh xususiyatlariga, ishlash sharoitiga, balki bolalarni jamoa bo‘lib o‘ynashga tayyorgarligiga, ularni kayfiyatiga, o‘yin rahbarini o‘zining maxoratiga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni o‘tkazish pedagogik jarayon bo‘lib, uni xardoim ham oldindan aytib bo‘lmaydi.

Bolalar bilan shug‘ullanishni amaliy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘yin jarayonida o‘ynovchilarni harakatini taxlil qilishni va tuzatishni bilish, to‘g‘ri taxlil qilishni va o‘yinni raxbari sifatida o‘zini xulqini baxolashni bilish o‘yinga raxbarlik qilish maxoratini takomillashtirishga yordam beradi.

To‘g‘ri tashkil qilingan milliy halq o‘yinlari bolalar aqlining rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab tizimining ham, boshqa barcha a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlar paydo bo‘lishi, shubhasiz.

Xalq milliy o‘yinlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar xalqona an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya ko‘radi, o‘rgangan narsalarini puxta eslab qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning, shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi. Milliy o‘yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o‘zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan samimiy va quvnoq munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash, shuningdek, yuz bergan salbiy ruhiy holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga foydali ta’sir ko‘rsatishida, harakat malakalarining jadal va mustahkam shakllanishini ta’minlashida ko‘rinadi.



Xulosa qilib aytganda milliy xalq o‘yinlari bolalar psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalq o‘yinlarini bajarish jarayonida estetik zavqni idrok qilish va o‘ziga singdirishni, go‘zallik, nafosat, ma’nodorlik, qad-qomat, liboslar bejirimligi, o‘z atrofidagi barcha narsalarni tushunish, to‘g‘ri qadrlashni rivojlantirish, psixologiyasiga , o‘z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka bo‘lgan moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha hatti-harakatida qo‘rslik, dag‘allikka aslo yo‘l qo‘yilmaslikni rivojlantirish lozim bo‘ladi. Milliy o‘yinlar bilan shug‘ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi.

Bolalar ongining rivojlanishida milliy xalq o‘yinlarini o‘rganish va o‘rgatish jarayonida ham uyg‘un holda hal etiladi. Bu vazifalar butun jismoniy madaniyat tizimining bolalarga ta’sir etishi tufayligina muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin. buning uchun maktabning butun pedagogika jamoasi birgalikda ahil xarakat qilishi, maktabda mashg‘ulotlarni tashkil etishning turli shakl va usullaridan, ayniqsa, milliy xalq o‘yinlarida, barcha vositalari yaxlitligi (kompleksi) dan foydalanish kerak.
Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish