Maktabgacha ta'lim Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining



Download 0,61 Mb.
Sana24.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#579202
Bog'liq
Azimova Mohira



Maktabgacha ta'lim
Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida
pedagog kadrlarining
2022- yil aprel oyida malaka oshirish bo'yicha
Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
Azimova Mohiraxonning
"ILK QADAM " davlat o'quv dasturi
bo'yicha May oyining
Mashiy buyumlar- bizning yordamchilarimiz”
mavzusidagi mashg'ulotni tashkil etish va o'tkazish metodikasi yuzasidan
BITIRUV LOYIHAVIY ISHI


Qo’qon-2022
Kirish
Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar haqida
Mashiy buyumlar- bizning yordamchilarimiz faoliyat ishlanma
Hulosa

Kirish
"O'yin texnologiyalaridan foydalanish" - O'yin muhiti bo'yicha. O'yin usullari ta'lim jarayonining asosidir. maqsadli yo'nalishlar. Usullari: muammoli-izlash, ijodiy, dialogik, o'yin. Mantiq bolam. Kontseptsiya. Bolaning qalbi va qalbini obod qilish. bolalar bilan ishlash usullari. Bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qo'llash qobiliyatini rivojlantirish. "Bolalar uchun o'yinchoqlar" - O'yinchoqlar va rivojlanish. Yangi o'yinchoqni yuvishni unutmang. Motorli o'yinchoqlar. Agressiv o'yinchoqlar. Hikoya shaklidagi o'yinchoqlar. Musiqiy o'yinchoqlar. Vizual-majoziy fikrlash. Turli xil rangdagi hayvonlarning haykalchalari yoki rasmlari. O'quv o'yinchoqlari. Jismoniy rivojlanishga yordam beradigan o'yinlar. Salbiy his-tuyg'ularni ramziy qilish uchun tajovuzkor o'yinchoqlar. "Ob'ekt-o'yin muhiti" - Mavzu-o'yin muhiti. o'rta guruh. Ko'p funktsionallik printsipi. Jamiyat uchun ochiqlik tamoyili. Ochiqlik printsipi. Moslashuvchan rayonlashtirish printsipi. Tayyorgarlik guruhi. Barqarorlik printsipi. Yoshlar guruhi. Katta guruh. Rivojlanish shakllari. Mavzuni rivojlantiruvchi muhit. Bolalar bog'chasi guruhlarida mavzu-o'yin muhiti. "O'yin texnologiyalari" - Boshqarish qobiliyati. O'yin xususiyatlari. Kontseptuallik izchillik Boshqaruv samaradorligi Samaradorlik takrorlanuvchanlik. O'yin texnologiyasi. O'yin. Shunday qilib, ko'rinib turibdiki: Pedagogik jarayonning tabiati bo'yicha o'yinlarning quyidagi guruhlari ajralib turadi: Pedagogik o'yinlarning tabiati bo'yicha tipologiyasi. o'yin metodologiyasi. Qayta ishlab chiqarish qobiliyati. "2-3 yoshli bolalar uchun o'yinlar" - muxlis qilish. Biz kaftlarimiz bilan quyon uchun o'tlarni chizamiz. Origami. Boncuklar yoki bilaguzuk. Nega u bilan yurakdan suhbatlashmang. Biz o'z qo'llarimiz bilan mobil telefon qilamiz. Bo'yoq va qog'oz. Muzqaymoq tayyorlash. Fikrlar zaxirasi. Soch halqasi. Biz kaftlarimiz bilan kirpi uchun ignalarni chizamiz. Qanday qilib qutidan uy qurish mumkin. Rojdestvo bezaklari.
Источник: https://delovyelyudi.ru/uz/chasy/skachat-prezentaciyu-bytovaya-tehnika-dlya-doshkolnikov-pravila/

Maqsad: Bolalar maishiy texnika jihozlarini nomini, ularning qanday vazifani bajarishga mo’ljallanganligi, foydalanish chog’ida xavfsizlik qoidalariga amal qilish qoidalarini, sodda gaplar asosida hikoya tuzishni biladilar. Bolalar diqqati, fikrlanishini o’stirish,
E’tiborga molik jihati: bolalar faolligiga bog’lanishli nutq malakalarining shakllanishiga e’tibor berish. Loy ishi va rasm solishga tasviriy ish namunalarining tartibli, estetik didi bilan bajarilishini o’rgatib borish.
Tarbiyachi: Faoliyat boshida bolalar bilan diqqatni bir joyga qaratish maqsadida maishiy texnik asboblar haqida topishmoqlar aytadi.
Qizigan bir kemam bor, to’xtovsiz borib kelar.
Borib-kelgani sari to’lqinlarni tekislar, (dazmol)
2 ajib qulog’i bor, biri so’zlar, biri tinglar (telefon)
O’chog’i bor, mo’risi yo’q, cho’g’i boru kuyasi yo’q, (gaz plita)
Katta qutti, ko’zi bor, ko’p tomosha so’zi bor (Televizor)
Bir ajoyib ishxona, ichi doim qishxona (muzlatgich)
Guruh xonasiga Fedora xola kirib keladi. (tarbiyachi yordamchi)
- Voy, uf. charchadim (stulchaga o’tirib oladi) uy ishlari biram odamni charchatadi. Lekin men barchasini bajarishga ulgurishim kerak, axir erta menikiga mehmonlar kelishadiku. Kimni yordamga chaqirsam bo’ladi-a. Eh hamma o’z ishi bilan ovora. Men hali uyimni tozalashim, kir yuvishim, dazmol bosishim, mazali ovqat qo’yishim, biron xil shirinlik pishirishim, Ehe ishlarim juda ko’payib ketdi. Ustiga havoyam qizib ketyapti, ishni nimadan boshlasam ekan-a.

Tarbiyachi: Salom Fedora xola nega muncha qizishib ketyapsiz, nima muammoyingiz bor.


Fedora: E valeykum assalom, asti so’ramang mening erta tug’ilgan kunim do’stlarim mehmonga kelishadi, Men esa hali biron bir tayinli ishimni bajarganim yo’q. Uy yumushlarimga kimni yordamga chaqirsam ekan deb o’ylovga qoldim. Siz ham baribir menga yordam berolmaysiz, chunki bolajonlar qarov-siz qolishadi.
Tarbiyachi: Sizning muammoyingiz shumi hali. Zerikmang men emas balki mening guruhim tarbiyalanuvchilarim sizga o’z yordamlarini ayashmaydi.
Fedora: Voy shu churvaqalar menga yordam berishadimi. Hechamda undan ko’ra hamma ishimni o’zim qilganim durust.
Tarbiyachi: Voy siz mening bolallarimni xafa qilyapsiz, ular maishiy texnik jihozlar bilan tanishlar, ular yordamida hamma ishingizga ulgurasiz.
Fedora: Nahotki, qanaqa jihozlar dedingiz, Men bunaqa jihozlar borligini bilmagan ekanman,
Tarbiyachi: Unday bo’lsa siz o’tirib turing bizning bolalar sizga yordamlashadilar.
Qani bolajonlar. Bu maishiy texnik buyumlar nima uchun kerakligini so’zlab bering fedora xolamizga.
Bolalarga oldindan suratlar tarqatilgan. Har bir bola surat asosida 3-4 gapdan iborat tasvirlab beradi
1 -bola: Mana bu asbob go’sht qiymalagich, u go’shtni maydalab, yarim tayyor holda keltiradi. U bizga oshxonaga katta yordamchi.
2-bola: Muzlatgich. Unda barcha mahsulotlar uzoq vaqt saqlanadi. Havoning issiq va sovuq kunlarida ham ishlaydi. Unda mahsulotlar sifati buzilmaydi.Shirinlik pishirsangiz ham kremlari oqib ketmasligi uchun muzlatgichga saqlash kerak.
3-bola: Mana bu blender deyiladi unga barcha meva yoki sabzavotlardan bo’tqa tayyorlanadi.
4-bola: Mana bu oshxona malikasi elektr gaz plitasi. Unga bemalol ovqat pishirasiz. O’choq va o’tinning keragi yo’q. U ham oshxonada juda kerakli asbob. Usiz ovqat pishirib bo’lmaydi.
5-bola: Mana bu asbobda meva va sabzvotlar sharbati olinadi
6-bola: Mana bu asbob kir yuvish mashinasi deyiladi. Unga kir yuviladi va quritiladi.
7-bola: Mana bu dazmol, unga barcha narsalarni tekislash uchun foydalniladi.



8-bola: Mana bu chang yutgich undan xonani tozalash uchun foydalanamiz. U nafaqat bizga yordamchi, balki chang bizning organizmimizga kirishiga ham yo’l qo’ymaydi va o’ziga tortib oladi. Sog’ligimizga zarar etkazmaydi.


9-bola: mana bu telefon, u orqali uzoqda yashaydigan dugonalaringiz bilan bemalol suhbat qilishingiz, hol –ahvol so’rashingiz mumkin.
Fedora: Voy –bu muncha narsani men eslab qololmayman. Axir men sizlarday yosh emasman, ancha qarib qoldim.
Tarbiyachi: Bunday bulsa bolalar kelinglar Fedora xolaga yordam bir beraylikchi. Bolalar imitatsiyalar qilib kir yuvadilar, Fedora xolaning kiyimlarini tikadilar, dazmollaydilar, kimdir ovqat pishiradi, kimdir uy tozalaydi, yana kimdir Fedora xolani sochini quritadi va hokazo.
Hamma ishlar tugagandan keyin, Fedora xola bilan birga “Ukki xolaning darslari ” multfilmini tomosha qilishadi. Maishiy texnika asbob-anjomlaridan xavsizlik qoidalariga rioya qilish to’g’risida.
Fedora xola bolalarga minnatdorchilik bildirib guruh xonasini tark etadi.
Faoliyat so’ngida bolalardan savollar berib mavzuni mustahamlaydi. Agar elektr bo’lmasa biz qanday ish olib boramiz? Bu asboblardan foydalanish mumkinmi elektr energiya bo’lmasa?
B olalar javoblarini eshitib, tarbiyachi umumlashtiradi. Va markazlarga ishlashga taklif etadi. Va bolalar rag’batlantirib boriladi faoliyat davomida.

Hulosa
O’rta guruxda dastur bo’yicha bolalarni tevarak-atrof bi­lan tanishtirish va narsa-buyumlarga, voqea-xodisalarga nisbatan qiziqishini o’stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va tushunchalar xosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va buyumlar, voqea-hodisalar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni topa bilishga o’rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, vokea-hodisalar tug’risidagi xaqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog’lik ekanligini shakllantirish dasturning muxim vazifasidir.


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta`lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o’zi etarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo’llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko’nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e`tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati – uning metodik qo’llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o’xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Bolalarning bolalar bog'chasi haqidagi bilimlarini tizimlashtirish: bolalar bog'chasi binosining tashqi ko'rinishi, binolarning nomi va maqsadi haqida.
Bolalar bog'chasida kattalarning ishi haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Umumiy tushunchani shakllantirish (tuzatish). o'yinchoqlar .Umumiy tushunchaga ma'lum narsalarni to'g'ri nisbatlashni o'rganish. Ob'ektni tasvirlash, uning muhim xususiyatlarini ko'rsatish, ob'ektni tavsiflash orqali tanib olish qobiliyatini takomillashtirish.
Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish