Maktabgacha ta'lim Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining



Download 237,63 Kb.
bet3/5
Sana20.04.2022
Hajmi237,63 Kb.
#564910
1   2   3   4   5
Bog'liq
Saydalimova Roxilya Dadaxanovna

FAOLIYAT ISHLANMA.
Men va Mening do`stlarim.____
Mavzu: ,, Doʻst.ʼʼ hikoyasi.
Maqsad:
Taʼlimiy maqsadi: Maqollar mazmunini rasmlar orqali ifodalash, raqsga qarab hikoya tuzishga oʻrgatish.Bolalarni o`rtoqlik, do`stlik haqida tushunchalarini aniqlash.
Tarbiyaviy maqsad: bolalarni atrofdagi insonlarga hurmat bilan muomila qilishni, doʻstlar bilan ahil boʻlib oʻynshni oʻrgatish. Bolalarda insonparvarlik fazilatlari: axillik,mehribonlik,g`amxo`rlik va bir-birini hurmat qilish ruhida tarbiyalash.
Korreksion maqsad: bolalarni his tuygʻularini shakillantirish, mayda motorikalarini rivojlantirish.
Kerakli jixozlar: Mavzuga oid rangli rasmlar.
Mashgʻulotning borishi:
1. Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Nafas mashqi.
Barmoq mashqlari.
Umumiy motorikani rivojlantirish.
Bugun haftaning qaysi kuni?
Qanday fasl?
Oʻtilganlarni takrorlash.
2. Asosiy qism:
- Bolalar do`stlik, o`rtoqlik deganda nimani tushunasizlar?
(Bolalar javobi)


- To`g`ri bolalar, guruhimizdagi bolalar bilan ahil bo`lib, o`ynash, bir-biringizga o`zaro yordam berish, ko`maklashish bu o`rtoqlik, do`stlik deyiladi. Bugun sizlar bilan do`stlik haqida maqollar o`rganamiz.

“Axl bo`lsang, bo`lmaysan baxl”. Bu maqolni mana bu surat orqali o`rganamiz.


- Bolalar nima qilyaptilar? (bolalar surat mazmunini aytib beradilar).
- Qaysi bolalarning xatti-harakatlari sizlarga yoqmadi? (Nima uchun?)
- Ularni qanday atash mumkin? (qizg`anchiq)
- Ular to`g`ri ish qildilarmi?
- Do`stlar qanday bo`lishi kerak?.
Bolalar javoblari defektolog tomonidan to`ldiriladi. Do`stlar bir-birlarini hurmat qilishlari, mehribon bo`lishlari, og`ir kunlarida yordam berishlari kerak bo`ladi. Do`stlar inoq bo`lganida ko`zlagan maqsadlariga erishadilar. Suratdagi bolalarga qaranglar, ular axil bo`lib o`ynaganlari tufayli o`zaro fikrlashib, o`ylashib, buzilgan mashinani tuzatdilar. Qizg`anchiqlik qilgan o`rtoqlarini shirin muomila qilib, qizg`anchiqlik yo`lidan qaytardilar. Haqiqiy do`stni ishini qildilar.
Bolalar, surat mazmunidan qanday xulosa qilamiz?. Surat mazmuni maqolga mosmi? Do`stlik haqida qanday maqollarni bilasizlar? Defektolog maqollar mazmunini yoritib beradi.
Kelinglar endi sizlarga do`stlik haqidagi “Yaxshilik yerda qolmas” hikoyasini aytib beraman.

Bir ari suv ustida borar edi. Birdan suvga yiqilib ketti. Qanotlari xo`l bo`lib, ucharga kuchi yetmadi. Buni kabutar ko`rib, ariga raxmi keldi, darhol bir cho`pni tishlab, suvga tashladi. Bechora ari bu cho`pni kema qilib, suv balosidan qutuldi. Oradan ko`p o`tmadi. Bir bola tuzoq qoyib, kabutarni tutmoqchi bo`ldi. Ari buni ko`rgan zamon kelib, bolaning qulog`ini chaqdi. Bola qulog`ining alamidan tuzoqni tashlab, qulog`ini ushladi. Kabutar vaqtni g`animat bilib, uchib ketib, tutqunlikdan qutuldi.


Bolalarga hikoya asosida savollar beriladi va defektolog tomonidan to`ldiriladi.



Download 237,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish