Maktabgacha ta'lim Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining



Download 100,44 Kb.
bet2/5
Sana15.04.2022
Hajmi100,44 Kb.
#555145
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ismatullayeva Xurshida Dilmurodovna

ABDULLA QODIRIY (1894 — 1938)
Abdulla Qodiriy, о’zbek milliy adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri. U jurnalist, tarjimon sifatida ham mashhur bo’lgan. 0’z ijodi davomida ellikdan ortiq adabiy taxallus qo’llagan, shulardan «Julqunboy» taxallusigina mashhur. Ulug’ adib Toshkentning Samarqand Darboza dahasida bog’bonlik bilan kun kechiruvchi kambag’al oilada dunyoga keldi. 1904 — 1906 yillar eski maktabda va rus-tuzem maktabida tahsil oldi. Oilasi kambag’allashgani sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotib ча yordamchi bo’lib ishladi. Shundan boshlab Eski shahar Ozuqa qo’mitasining bosh kotibi (1918), «Oziq ishlari» gazetasida muharrir (1919), «Ish tirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida adabiy xodim, shuningdek «Mushtum» jurnalida tahrir hay’ati а’zosi bo’lib xizmat qildi.
Во’lg’usi adibning ilk ijodi 1913— 1914- yillarda boshlangan. Dastlab u shoir sifatida «Ahvolimiz», «Millatimga», «То’у» kabi she’rlar yozadi. Unda о’z xalqini ilm-ma’rifatga chorlaydi. U о’zining 1915-yilda nashr etilgan «Baxtsiz kuyov» nomli sahna asari bilan dramaturg sifatida ham taniladi.
Abdulla Qodiriy shoir, dramaturg bo’lish bilan birga mohir felyetonchi, hajvchi, hikoyanavis, qissanavis va birinchi romannavis sifatida ham ma’lum ча mashhurdir..Adib «Juvonboz», «Uloqda» kabi hikoyalari vа «Kalvak mahzumning xotira daftaridan», «Toshpo’lat tajang nima deydi?» kabi hajviy qissalarida jamiyatdagi va odamlar orasidagi nopokliklarni hajv qiladi. Abdulla Qodiriy eng avvalo adabiyotimiz tarixida birinchi о’zbek milliy tarixiy romanlarini yaratgan adib, san’atkor sifatida katta shuhrat topgan. «О’tgan kunlar» romani adibning shoh asaridir. Xalqimizning 19-asr о’rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy vа ma’naviy silsilalarga boy murakkab bir davri haqida hikoya qiluvchi bu badiiy go’zal asari bilan Abdulla Qodiriy о’zbek romanchilik maktabiga аsos soldi va Alisher Navoiydan keyin о’tgan eng ulug’ о’zbek adibi bo’lib qoldi. Otabek bilan Kumushbibilarning boshdan kechirganlari roman mavzusi asosini tashkil etadi. Xuddi shu bahonada davrning ijtimoiy-siyosiy muhiti ham badiiy umumlashtiriladi. Roman tili nihoyatda boy, jozibali va sermazmun bo’lib, uning о’ta о’qimishli bo’lishini ta’minlagan. Adibning «Mehrobdan chayon» nomli ikkinchi romanida Qo’qon xoni Xudoyorxon davriga xos adolatsizliklar, fisqi- fasodlar, qing’irliklar fosh etiladi. Bularga qarshi kurashda Anvar vа Ra’nolar ko’rsatgan jasorat ulug’lanadi.
Abdulla Qodiriyning «Obid ketmon» qissasi (1935) esa qishloq hayotidan yozilgan dastlabki yirik nasriy asar sifatida muhimdir.
Abdulla Qodiriy shaxsga sig’inish davrining qurboni bo’ldi. U 1937-yil 31- dekabrda hibsga olinib, ko’р о’tmasdan qatl etilgan. 1956-yilga kelib yozuvchi oqlandi, uning adabiy merosi о’rganila boshlandi. Istiqlol tufayli nomi abadiylashtirilib, ko’chalar, mahalla, maktab, madaniyat uylari, institut adib nomi bilan yuritila boshlandi. 1990-yilda 0’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bi- lan Abdulla Qodiriy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etildi. 1991-yilda esa adibga Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti berildi Adib tavalludining 100 yilligi munosabati bilan yetti jildli asarlarini nashr etishga kirishildi. Uning asarlari qator xorijiy tillarda nashr etilgan.

Download 100,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish