Maktabgacha ta’lim klasterlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagok kadrlarning



Download 29,86 Kb.
bet1/8
Sana18.07.2022
Hajmi29,86 Kb.
#819908
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalarni miqdor va tartib sanoqqa o’rgatish sanoq bo’limi yuzasidan ko’rgazmali qurol yasash


MAKTABGACHA TA’LIM KLASTERLARIDA
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI PEDAGOK KADRLARNING
2022-YIL IYUN OYIDA MALAKA OSHIRISH BO’YICHA

FARG’ONA VILOYATI


BUVAYDA TUMANI
___- DMTT TARBIYACHISI
IMOMOVA SHAHODATXON MUHAMMADG'OFIR QIZINING
“Bolalarni miqdor va tartib sanoqqa o’rgatish sanoq bo’limi yuzasidan ko’rgazmali qurol yasash” mavzusidagi mashg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi bo’yicha tayyorlagan

LOYIHA ISHI


Ilmiy Rahbar: Azizova Ziroatxon



Qo’qon 2022-yil

Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.

  1. Son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarni shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.

  2. Kichik guruhda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.

  3. O‘rta guruhda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.

  4. Katta guruhda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.

III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar bilan qurilish materiallari yordamida o'yin va mashg'ulotlar o'tkazishning ahamiyati katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha ta'lim muassasasida qurilish materiallari yordamida o'tkaziladigan o'yin va mashg'ulotlar katta o'rin egallaydi. Bolalarning qurilish o'yinlari rollarga bo'linib o'ynaladigan o'yinlarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Qurilish o'yinlarida ham bolalar tevarak-atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. Qurilish o'yinlarining mazmunini bolalarning o'zlari yaratadilar. Bolalar ko'pincha kattalarning qurilishdagi faoliyatlariga taqlid qilib, «Quruvchi ishchi» rolini bajaradilar. Bolalarning qurilish o'yinlari qiziqarli ijodiy faoliyatdir. Ular o'z o'yinlarida qurilishlarni transport harakati, kattalarning mehnati haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar. Bunday o'yinlar bolalarda tashabbuskorlikni uyg'otishga, ularni fikr yuritish va harakat faoliyatlarini faollashtirishga keng imkon yaratadi. Mashg'ulot va o'yin vaqtida bolalar bir-birlari bilan turlicha munosabatda bo'ladilar. Ular rollarni o'zaro bo'lishib oladilar, ishlarni bajarishda bir-birlariga yordam beradilar va maslahatlashadilar. Qurilish o'yinlarida harakat elementlari ko'p bo'lib, u bolalarning harakat qilishga nisbatanbo'lgan talablarini qondirishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalashda jismoniy jihatdan tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalash ta’lim tarbiya tizimida alohida o’ringa ega bo’lib, u bolani sihat-salomatlikka, to’g’ri jismoniy rivojlanishiga, yuksak madaniyatga maktabgacha ta’lim tizimida beriladigan bilimlarni chuqur o’zlashtirishga zamin tayyorlaydi.
Maktabgacha ta’limda jismoniy mashqlarning asosiy mazmuni badan tarbiya, harakatli o’yinlar va sport o’yinlari, sport mashqlari, oddiy turizmdir. Jismoniy tarbiyaning badan tarbiya mashqlari maktabgacha yoshdagi bolalarning xulq-atvorida, bilish jarayonlarini takomillashib borishiga juda katta ahamiyati borligini J.Piaje, A.V.Zaporojes, M.Rahimov, T.Usmonxodjaev, X.A.Meleyev tadqiqotlarida o’rganilgan. Malumki, bolalar jismoniy tarbiya mashqlari, o’yinlarni bajarganda 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 gacha sanash, yaqin, uzoq, baland, past, chamalash, doira, aylana, to’g’ri chiziq, to’g’ri turish, uchburchak, to’rtburchak, kabi so’zlarni eshitadi va so’zlaydi, bu so’zlar maktabgacha yoshdagi bolalarga elementar matematika tasavvurlarini shakllantirishda ham ishlatiladi. Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida kichik, o’rta, katta va katta guruhlarida o’rgatiladigan elementar matematika tasavvurlarini shakllantirish bo’yicha na’munaviy dasturda berilgan elementar matematik bilimlarni bolalarga o’rgatish jarayonini bilim va ko’nikmalarini samarali bo’lishini, bolalar ongida yanada mustahkam bo’lishini ta’minlashda, maktabgacha ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya mashg’ulotlari dasturida berilgan badan tarbiya jismoniy mashqlar, o’yinlari fanlar aro aloqadorlik muammolari, ya’ni jismoniy tarbiya mashqlarini, o’yinlarni bajarish davomida quyidagi elementar matematik tasavvurlarni: son, sanoq, to’plam haqida, miqdor, shakl, fazoviy tasavvur, vaqt haqida olgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash hozirgi kunda dolzarb va ahamiyatga molik bo’lib, maktabgacha ta’limda fanlar aro aloqadorlik bolalarni u yoki bu fandan olgan bilimlarini samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo’yicha umum metodik nazariy asoslari namunaviy dasturlari yaratilgan bo’lib, bu masala bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borilmoqda.
N.Bekboeva, T.Umarova “Bolalarni elementar matematik tasavvurlarini rivojlantirish” dasturida bolalar bog’chalarining kichik, o’rta, katta va katta guruhlarida har bir chorakda son va sanoq, miqdor, shakl, fazoviy tasavvur, vaqt haqida tasavvurlarini shakllantirishda, beriladigan bilim va ko’nikmalari mavzulari har bir chorakda berilishi aniq ko’rsatib o’tkazish tartiblari, mashg’ulot mazmuni aniqlangan kichik, o’rta, katta va katta guruhlarida 4-chorakda mashg’ulotlar 1,2,3, - chorakda olgan bilim va ko’nikmalaridan didaktik o’yinlar va mashqlar tarzida berilishi va bir qancha o’yinlar nomlari keltirilgan.

Download 29,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish