Tashkiliy-pedagogik
jarayonlar
Metodik kabinet
Ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarlik
Nazorat qilish usuli ota-onalar va jamoatchilik bilan ishlash uslublari
TUMAN MAKTABGACHA TA'LIM METODIKASI KABINETININGISH MAZMUNI VA VAZIFALARI
Thman maktabgacha ta’Iim metodikasi kabinetining sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha ta'lim vazirligi, boshqarmalari va bo'Iimlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi.
Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi.
Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi.
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma- bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta’Iim muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo'lga qo’yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo'lgan muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkii etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta’minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalari soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat.
Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma’ruzalar va boshqa anjumanlarni tashkii etish borasidagi sa'y-harakatlari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
METODIK BIRLASHMALAR
Metodik birlashmalar - maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga oid eng dolzarb masalalar muhokama etiladigan va hal qilinadigan uslubiy tuzilmalardir.
Metodik birlashmalarning asosiy vazifasi - pedagog va tarbiyachilarning ijodiy faolligini oshirish va yangilikka intilishlarini qo'llab-quvvatlash, o'z ishiga tanqidiy munosa- batda bo'lish va xolisona baho berish ko'nikmasini shakllan- tirish, zimmasidagi vazifalarga yuksak mas’uliyat hissini qaror toptirish, kasb mahorati va malakasini uzluksiz oshirib borishga yo'naltirishdan iborat.
Metodik birlashmalar butun o'quv yili davomida (sentyabr- dan maygacha) faoliyat olib boradi. U turli toifadagi pedagog- tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, mudiralar faoliyatini takomillashtirish, ularning kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Bizning fikrimizcha, maktabgacha ta’lim muassasalari soni ko'p bo'lgan yirik tumanlarda bunday birlashmalarni bo'lim (yoki bir necha bo'lim) shaklida tashkil etish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Har bir bo'limda 18-20 maktabgacha ta'lim muassasalari kiradi.
Birlashmaningishlashmuddati,faoliyatdoirasivavakolatlari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Odatda, uning yig'ilishlari 2 oyda bir marta o'tkaziladi.
Metodik birlashma tarkibini shakllantirishda pedagoglar- ning ish staji, kasb mahorati va malakasi e'tiborga olinadi. Masalan, mudiralar uchun tashkil etilgan metodik birlashma tarkibiga kiritiladigan pedagoglar [yirik tumanlar uchun) oliy ma'lumotli, besh yil va undan ziyod ish stajiga ega bo'Iishi zarur:
O'rta va maxsus ma'lumotga ega va ish staji kam bo'lgan mudiralar va metodistlar uchun ham metodik birlashmalar shunday tartibda tashkil etiladi.
Tarbiyachilar uchun metodik birlashmalar tashkil etishda esa ularning joriy yilda qaysi yoshdagi bolalar guruhida ishlagani e'tiborga olinadi.
Metodik birlashmalarning ko'rgazmali qurollar va yangi uslubiy adabiyotlar ko'rgazmalarini tashkil etish borasidagi faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Metodik birlashma ishining samarasi uning faoliyati maktabgacha ta’lim bo'limi va metodika kabineti tomonidan qay darajada boshqarilayotganiga ham bog'liq.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar metodika kabinetlari metodika birlashma rahbari va xodimlari malakalarini oshirish ishini yo'lga qo'yadi, jumladan, bir yilda 2-3 marta uslubiy birlashmani tashkil etish va rejalashtirisb, uni boshqarish, zamonaviy fan yutuqlari, ilg'or tajribalarni o'rganish va tatbiq etish kabi mavzularda seminarlar tashkil etadi.
Shahar, tuman maktabgacha ta'lim bo'limlari metodika kabineti reja tuzish, ma'ruzalar tayyorlash, turli ko'rgazmalarni tashkil etishda birlashmalar rahbarlariga yordam beradi.
Maktabgacha ta'lim bo'yicha tayyorlangan barcha uslubiy ishlanma va qo'llanmalar, amaliy taklif-tavsiyalar, avvalo, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga taqdim etiladi. Шаг vazirlik tomonidan ko'rib chiqilib, tasdiqlangandan so'ng maktabgacha ta'lim muassasalariga tarqatiladi.
Metodik kabinet o'z oldidagi vazifalarni hal etishda materialning mazmun-mohiyatiga, belgilangan talablarga ja- vob berishi, o'tkazilayotgan tadbirlarda, xususan, seminarlarda yangi uslubiy ishlanmalar, adabiyotlar muhokamasiga alohida e’tibor berishi lozim.
Uslubiy-pedagogik yig'ilishlar asosan ilk yosh guruhlari tarbiyachilari uchun o'tkaziladi. Ularda, asosan, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va aqiy rivojlanishi masalalari muhokama qilinadi. Bunday yig'ilishlar 1 yoshdan 2 yoshgacha guruhlarda har oyda, 2 yoshdan 3 yoshgacha guruhlarda har chorakda 1 marta o'tkaziladi. Yig'ilishlarda mudira, metodist va tarbiyachilardan tashqari, shifokor, katta hamshira ham ishtirok etadi.
Metodik birlashma faoliyati metodist tomonidan nazorat etiladi.
Mamlakatimiz hududidagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini uslubiy ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi tizimida maktabgacha ta'lim yo'na- lishi bo'yicha metodika uyushmalari faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |