Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


INSON QANCHA UMR KO‘RISHI MUMKIN?!



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

INSON QANCHA UMR KO‘RISHI MUMKIN?! 
 
ZIYAMUHAMEDOVA S.A., BERDIYEVA D.T., O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti 
Abadiy yosh va sog‘lom bo‘lib qolish har bir inson uchun xamma zamonlarda xam eng ezgu istaklardan biri 
bo‘lgan. Afsuski, xayot qonuni shunday. Inson tug‘iladi, ulg‘ayadi, keksayadi va vaqti-soati kelgach, bu foniy dunyoni 
tark etadi. 
Olimlarning fikriga ko‘ra, garchi o‘lim xaq bo‘lsa-da, inson o‘z sa'y-xarakatlari, intilishi bilan juda yaxshi 
natijaga erishishi mumkin. Rossiya Fanlar akademiyasi Gerontologiya jamiyati prezidenti Vladimir Nikolaevning 
fikriga ko‘ra, keksayish jarayonini to‘xtatishning iloji yo‘q, ammo uni sekinlashtirish va 120 yilgacha yashash mumkin. 
Chunki inson geniga xam bu yosh joylangan. Xozircha uzoq yashash borasida fransiyalik Jannet Kalmenga teng 
keladigan kishi topilmayapti. U 122 yil-u, 164 kun yashagan. 
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda iqtisodiy jixatdan rivojlangan, ijtimoiy jixatdan yaxshi 
ximoyalangan, tibbiy xizmat sifati yuqori darajada bo‘lgan mamlakatlarda 100 yoshdan oshayotganlarning soni ortib 
bormoqda. Buni Yevropa mamlakatlari va AQSH misolida ham yaqqol kuzatish mumkin. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 
ushbu mamlakatlarda har 10 yilda 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni ikki karra ortayapti. Umuman, oxirgi 160 yil 
ichida odamzotning o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi har yili 3 oyga oshib borayapti. 
Ma‘lumki, insoniyat tarixida uzoq umr ko‘rish orqali nom qoldirgan insonlar ham ko‘p uchraydi. Albatta, uzoq 
umr ko‘rgan kishilarning yashash tarzi, ular amal qilgan odat va ko‘nikmalar ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Aytish 
kerakki, Eronning Kelyusa qishlog‘ida yashovchi Sayid Ali ismli kishi 195 yil yashagani manbalarda qayd etilgan. 
Hayratlanarli tomoni shundaki, u umrining so‘nggi yillarida ham jismoniy tetiklikni saqlab qolgan. Masalan, 
ko‘zoynaksiz bemalol kitob mutolaa qilgan. 
Ozarbayjonning janubiy-sharqida joylashgan, dengiz sathidan 2 ming metr balandlikdagi tog‘li qishloqda 
yashagan Sherali Muslimov esa, 168 yil umr ko‘rgan. Tog‘ havosi va sof buloq suvi, sut mahsulotlari, tomorqasida 
yetishtirgan meva-sabzavotlar asosiy ozuqasi bo‘lgan bu qariya to umrining so‘nggi kunlarigacha ketmon chopishni, 
mollar uchun o‘t o‘rishni kanda qilmagan. 
Janubiy Amerikaning Ekvadorda And tog‘lari bag‘ridagi qishloqlarda ham 100 yoshdan oshgan qariyalarni 
ko‘p uchratish mumkin. Angliyalik tibbiyot professori ularning uzoq umr ko‘rish sirini bilish maqsadida shu yerda ikki 
yil yashaydi va ko‘rgan-eshitganlari asosida uzoq umr ko‘rish sirlari to‘g‘risida kitob yozadi. 
Unga ko‘ra, muntazam jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish, har kuni ma‘lum vaqt bog‘da ishlash, imkon qadar ko‘proq 
piyoda yurish, jumladan, keksayganda ham kuniga kamida ikki chaqirim masofani piyoda bosib o‘tish, spirtli 
ichimliklar iste‘mol qilmaslik, tamaki maxsulotlari chekmaslik, muammo va mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish
asabiy holatlarga tushib qolmaslik, ko‘proq yangi meva-sabzavot, ko‘katlar iste‘mol qilish, taomnomada go‘sht 
mahsulotlarining imkon qadar kam bo‘lishi uzoq umr ko‘rishni ta‘minlaydigan asosiy omillardir. 
Bundan tashqari mutaxassislar uzoq umr ko‘rishda oila, sog‘lom turmush tarzi ham muhim ahamiyat kasb etishini 
ta‘kidlashadi. Xususan, uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, er-xotin juftligi barqaror 
oilalardagi erkak va ayollar yolg‘iz jinsdoshlariga nisbatan ko‘proq umr ko‘rishar ekan. Turmushidan ajrashgan 
erkaklar odatdagidan uch marta ko‘p shifokorga murojaat etishi ham isbotlangan. 
Yana bir misol. AQSHning Tennessi shtatida yashovchi Bessi Braun Kuper 116 yoshu 100 kun yashab vafot etadi. 
Rasmiy ma‘lumotlarda qayd etilishicha, dunyo miqyosida u uzoq umr ko‘rish bo‘yicha 10-o‘rindan joy oladi. 
Kuperning nabirasi buvisining xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan xayriya tashkilotiga rahbarlik qilib, uzoq umr 
kechiruvchilarga yordam berish bilan shug‘ullanadi. Bessi hayotlik paytida odamlar bilan muloqotda bo‘lar ekan, u 
hech qachon vrach qabuliga bormagani, 105 yoshgacha tomorqasida ishlagani, 113 yoshgacha ko‘p kitob mutolaa 
qilganini maroq bilan gapirib bergan. 


316 
Yaponiyada esa, uzoq umr ko‘rishning asosiy omilini tabiat bilan hamohanglikda yashashga intilish, ko‘p 
miqdorda dengiz maxsulotlari iste‘mol qilish bilan izohlashadi. Kunchiqar yurtda keksalarning 43 foizi o‘z farzandlari 
bilan birga yashaydi. Qiziq tomoni shundaki, bu yurtda 90 yoshlilarni qariyalar qatoriga qo‘shishmaydi. Yuz yoshdan 
o‘tsa boshqa gap. Yaponiyada ayni paytda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan 30 millionga yaqin fuqaro kun kechiradi. Ulardan 
55 mingga yaqini bir asr bilan yuzma-yuz kelgan. Shuningdek, ushbu mamlakat jahondagi har yakshanba kuni keksa 
yoshdagi kishilar sharafiga rasmiy ravishda bayram kuni deb e‘lon qilgan yagona mamlakat sanaladi. 
Rossiyalik professor Vladimir Anisimovning fikriga ko‘ra, umrni uzaytirishning eng yaxshi yo‘li iste'mol 
qilayotgan oziq-ovqatlarning kaloriya darajasini kamaytirib borishdir. Bunga Yaponiyani misol sifatida keltirish 
mumkin. Bu yerda kishi bir kun davomida 1500-1800 kkal kaloriyaga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol 
qilish bilan cheklanadi. Natija esa kundek ravshan. Kunchiqar mamlakat uzoq yashovchilar soni bo‘yicha dunyoda 
birinchi o‘rinda. Oddiy kishi uchun bu kamlik qiladi. Ayni chog‘da dunyo olimlari bu masalani hal etish uchun turli 
preparatlarni yaratish ustida ish olib bormoqda. Bundan tashqari, yorug‘lik tartibi ham muhim ahamiyatga ega. 
Sayyoramizning shimoliy qismida istiqomat qiluvchi fuqarolar boshqalarga nisbatan ertaroq keksayadi. Bunda 
iqlimning sovuqligi muhim rol o‘ynamaydi. Shimoliy o‘lkalarda "oq tunlar" uzoq davom etadi. Tungi yorutlik esa inson 
vujudi uchun nihoyatda muxim ahamiyatga ega bo‘lgan va faqat tunda ishlab chiqariladigan melatoninning hosil 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Melatonin xosil bo‘lmasligi uchun kechasi yorug‘ chiroqni 15 soniya yoqishning o‘zi kifoya 
qiladi. Shu bois uxlayotgan paytda chiroqni, televizor va kompyuterni yoqmaslik tavsiya etiladi. Tunda ishlaydiganlar 
esa melatonin preparatini qabul qilishi lozim. Melatonin miqdorining kamaygan yoki kamaymaganini oddiy qon taxlili 
orqali aniqlash mumkin. 
Abu Ali ibn Sino uzoq yashash xususida fikr yuritib, fe'l atvorning yumshoq, vazmin bo'lishi, o'z vaqtida 
ovqatlanish, ozoda yurish va tanani ortiqcha narsalardan tozalab turish (oyda sano, haftada hammom) ga amal qilish, 
qaddi qomatni to'g'ri tutish, burun orqali nafas olish, kiyimning tanaga mosligi, jismoniy hamda ruhiy harakatlarning bir 
biriga uyg'unligi, to'yib uxlash va o'zini tetik tutishga alohida e'tibor berishni o'qtirgan edi. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish