Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


KASHANDALIK — SOG‗LIK KUSHANDASI, UMR ZAVOLI



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

 
KASHANDALIK — SOG‗LIK KUSHANDASI, UMR ZAVOLI 
 
MANSUROVA D.A., O‘zDJTI, 
 
Hozirgi kunga kelib, dunyo miqyosida chekuvchilar soni tobora ortib bormoqda. Xususan yoshlar va xotin-
qizlar orasida kashandalikning tarqalishi esa juda ayanchli holdir. Bazan qo‘lida sigaret tutatib olib o‘zlarini 
kattalardak tutishga urinayotgan o‘quvchilarni ham uchratish mumkin. 
Tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish inson salomatligi uchun zararli ekanligini barchaga ma‘lum. Hatto 
tamaki ishlab chiqarayotganlar tamaki qutilarini orqasiga ―chekish sog‘liq uchun zarar‖ deya yozib qo‘yishgan. 
Inson uchun eng bebaho boylik salomatlik bo'lib, uni bunday zararli odatlardan asrash esa har bir insonga lozim bo‘ladi. 
Tamaki tutuni tarkibida 3800 turdagi zaharli kimyoviy moddalar bor. Jumladan, nikotin, qatron, stianid kislota, 
ammiak, is gazi, benzol, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, ko‘rg‘oshin, margumush kabilar. Tamaki chekishning 
tarqalib borishi «passiv chekish»ning ham avj olishiga sabab bo‗lmoqda va bu jamiyat uchun juda katta zarar 
keltirmoqda. «Passiv chekuvchilar» sigareta chekadigan kashandalar bilan bir uyda yashaydigan homilador ayollar, 


355 
go‗daklar, bolalar va o‗smirlar eng ko‗p aziyat chekadigan guruh hisoblanadi. Ular tamaki tutunining barcha zararli, 
toksik va kanserogen moddalarini nafas orqali yutadi.
Nikotin tufayli odam tamakiga qaram bo‗lib qoladi. Smola (qatron) ta‘siri oqibatida hayotdan erta ko‗z 
yumadi, chunki smola nafas yo‗llari, alveolalarda cho‗kadi va havfli o‗smalarni rivojlanishiga olib keladi. Uglerod 
oksid 200 marta ko‗proq gemoglobin bilanbog‗lanishi natijasida organizmda kislorodetishmovchiligi va ichki 
a‘zolarning foaliyatida o‗zgarishlar kuzatiladi. Sianid vodorod va qator radioaktiv moddalar bronx shilliq qavatidagi 
kiprikchalarini o‗ldirib, uningtozalovchi sekretor faoliyatini izdan chiqarishi oqibatida toksik moddalar o‗pkada 
to‗xtlanib boradi va xavfli surunkali kasalliklarga olib keladi. Nikotin tamaki tutuni tarkibidagi eng kuchli alkoloid 
bo‗lib, yog‗simon, rangsiz suyuqlik, biroq havoda qo‗ng‗ir tusgakiradi va o‗yuvchi o‗tkir ta‘mga ega. U 
dastlabmarkaziy va periferik asab tizimiga ta‘siretadi, so‗ngra qonga so‗rilib, ichki a‘zolargao‗z ta‘sirini ko‗rsatadi, 
chunki u organizmdanikotinga sezuvchi retseptorlarni egallab oladi.U kichik mikdorlarda qo‗zg‗atuvchi, yuqori 
mikdorlarda tormozlovchi ta‘sir ko‗rsatadi. Bir dona sigareta tarkibida 12-15 mg nikotin mavjud bo‗lib, uning deyarli 
50% tutun orqali atrof muhitga tarqaladi. Tamaki chekish tufayli yurak-qon tomir, nafas a‘zolari, oshqozon ichak tizimi 
kasalliklari va havfli o‗smalarning rivojlanish havfi ortadi. Shu bilan birga asabni taranglashtirib, ko‗rish va eshitish 
qobiliyatini susaytirib yuboradi, tish emalini yemiradi va organizmni erta qarishiga hamda o‗limga olib keladi. 
Ashaddiy kashandalar 13 marta ko‗p miokard infarkti va 12 marta ko‗p yurak ishemik kasalliklariga duchor bo‗ladi, 
aksariyat hollarda ularda buyrak yetishmovchiligi xastaliklari rivojlanadi. Ko‗pchilik tamaki chekishning zararli 
oqibatlarini bilmaganligi tufayli ham chekishga ruju qo‗yadi. Kashandalarning xulq-atvori ham o‗zgaradi. Bir kunda 11 
donadan ko‗p sigaret chekadigan ashaddiy kashandalarda ish samaradorligi va mehnat unumdorligi pasayib ketadi. 
Shuningdek, ham o‗zining, ham jamiyatning iqgisodiga salbiy ta‘siri ko‗rsatadi. Surunkali xastaliklarni davolash, 
nogironlik, erta o‗lim mamlakat va sog‗liqni saqlash tizimining iqgisodiga katta zarar keltiradi.
Bularning zaharli ta‘siri borasida to‘xtalsak: 
— 
nikotin 
arterial 
qon 
tomirlarini 
toraytirib, 
arterial 
qon 
bosimini 
oshiradi; 
— is gazi (uglerod oksidi) qondagi kislorod bilan birikib, miya, yurak, ichki sekrestiya bezlari va boshqa a‘zolarning 
kislorod 
bilan 
ta‘minlashini 
izdan 
chiqaradi, 
ularning 
funkstiyasini 
buzilishiga 
olib 
keladi; 
— tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 turdagi konsterogen moddalar bor; 
— sigareta filtrining sariq-qo‘ng‘ir rangga bo‘yalishiga sabab, tamaki tutunidagi konsterogen modda hisoblangan 
qatronning smola moddasidir. Kuniga bir quti sigareta chekadigan kashanda bir yilda bir kilogramm qatron yutgan 
bo‘ladi. Qatron rak kasalligining asosiy sababchisidir; 
— rak kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bemorlarning 30 foizi, o‘pka raki bilan hastalanganlarning esa 80 foizi 
kashandalardir; 
-tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar kashandaning miya, yurak, o‘pka, jigar, me‘da kabi hayotiy muhim 
a‘zolarini zaharlab, turli xil surunkali kasalliklarni yuzaga keltiradi. Uni vaqtidan ilgari nogironlikka duchor qilib, 
umriga zavol bo‘ladi. 
Jumladan, kashandalar orasida miokard infarkti kabi og‘ir kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumganlar tamaki 
chekmaydiganlarga nisbatan 5 marta ko‘p; tamaki tutuni tarkibidagi radioaktiv poloniy erkak urug‘donida, ayol 
tuxumdonida ishlab chiqariladigan jinsiy hujayralarning irsiy tuzilmalarini zararlab, bo‘lajak avlod genofonini 
kasallantiradi. Miya to‘qimasi hujayralarining xromosoma va genlari zararlanishi oqibatida tug‘ilgan bolalarning aqliy 
qobiliyati zaif, fe‘l-atvorida asabiylashish, xomushlik, xayoli parishonlik kabi belgilar namoyon bo‘ladi. 
Tamaki chekishni tashlashga ahd qilgan odam bu rejani 1-1,5 oydan oshmagan muddatda bajarishi kerak. 
Kashandalikdan voz kechgan odamda paydo bo‘ladigan noxush sezgilarni engishda yordam beradigan vositalar 
(usullar)dan quyidagilarni tavsiya etish mumkin: 
— xumor tutganda bu tuyg‘uni engish uchun ko‘proq ochiq havoda piyoda yurib, sayr qilish, gimnastika 
mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish. 
Asosiy natija odamning irodasi, sog‘lom bo‘lish istagi, o‘zining va oila a‘zolarining sog‘lom bo‘lishiga 
g‘amxo‘rligi, atrofdagilarga, yoshlarga yaxshi o‘rnak ko‘rsatish uchun ma‘naviy yuksaklik darajasini namoyon qila 
olishi. 
Sog‘lom turmush tarzining ma‘no-mazmunini to‘g‘ri anglagan odam chekish va boshqa zararli odatlardan voz kechadi. 
Jahon Sog‗liqni saqlash tashkilotining tamaki chekishga qarshi kurash Konvensiyasiga 180 dan ortiq mamlakat 
a‘zo. Mazkur hujjat asosida BMT tomonidan a‘zo mamlakatlarga tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga qarshi 
kurashga, reklamani cheklashga, chekishdan holi hududlarni yaratishga, chekishni tashlash uchun samarali chora-
tadbirlarni qo‗llashga yordam beradi.
Tamaki chekishning ayanchli oqibatlarini oldini olish maqsadida «Alkogol va tamaki mahsulotlarining 
tarqatilishi hamda iste‘mol qilinishini cheklash to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi qonuni (2011 yil 5 ok-tyabr, 
№302) qabul qilindi. Ushbu Qonun fuqarolarning sog‗lig‗ini, avvalo, yigirma yoshga to‗lmagan shaxslarning soglig‗ini 
alkogol va tamaki mahsulotlarini iste‘mol qilishning zarari ta‘siridan, shu bilan bog‗liq ijtimoiy va boshqa salbiy 
oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek jamiyatda sog‗lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning 
tashkiliy va xuquqiy shart sharoitlarini yaratishga qaratilgandir. Qonunning 8-moddasida: ―O‗zbekiston Respublikasi 
Sog‗liqni saklash vazirligi alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste‘mol qilinishini cheklash sohasidagi 
yagona davlat siyosatini, avvalo sog‗lom turmush tarzi targ‗ibotini nazarda tutgan holda amalga oshirishda ishtirok 
etadi‖, deb belgilab qo‗yilgan.


356 
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz taraqqiyoti va barkamol avlodning porloq kelajagi yo‗lida olib 
borilayotgan islohotlar har birimizdan sergaklik va ogohlikni, ulkan mas‘uliyatni hamda Qonunlarning amaldagi ijrosini 
talab etadi. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish