Maktabgacha pedagogika


Ta'limning amaliy uslublari



Download 3,99 Mb.
bet33/99
Sana31.12.2021
Hajmi3,99 Mb.
#266234
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99
Bog'liq
Мактабгача пед.ка. 3-курс мажмуа

Ta'limning amaliy uslublari

Та'limning amaliy uslubi tarbiyachiga bolalarning turli-tuman amaliy faoliyatlarini tashkil etish, yangi bilim, ko'nikma va malakalarni egallab olishiga yordam beradi. Ta'limning amaliy uslublari orqali bolalar narsa-buyumlarning o'ziga tanish boTmagan xususiyatlarini bilib oladilar. Amaliy uslublar ona tili va chet tili, rasm chizish, raqsga tushish, konstraksiyalash, qo'l mehnati, matematikani o'rgatishda keng foydalaniladi. Masalan, bolada elemental" matematik tasawurlar narsa-buyumlar guruhi bilan amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllanadi. Asosiy amaliy uslublarga mashq, tajriba, modellashtirish kiradi.



Mashq - bolaning belgilangan mazmundagi aqliy yoki amaliy harakatlarni ko'p marta takrorlashidir. Mashqni bajarish tufayli bolalar turli aqliy faoliyat usullarini egallaydi, ularda xilma-xil o'quv va amaliy ko'nikmalar shakllanadi.

Maktabgacha ta'lim mazmunining katta aismini bola bevosita mashq yordamida o'zlashtiradi. Kuylash, raqs tushish, asosiy va sportga doir harakatlarni bajarish, to'g'ri va ravon gapirish, rasm chizish uchun bola mazkur ko'nikmalarga muvofiq keluvchi harakat usullarini egallashi zarur.


Ko'pgina mashqlar predmetli tavsifga ega bo'ladi, ya'ni ularni bajarish narsa-buyumlar, o'yinchoqlar, didaktik materiallardan foydalanishni talab etadi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni o'qitishda xilma-xil turdagi mashqlardan foydalaniladi. Ma’lum bir holatda bolalar pedagogga taqlid qilgan holda mashqni (taqlidga doir mashqlar) bajarishadi. Bunday mashqlarga artikulyatsion apparatni rivoj-lantirish, madaniy-gigienik ko'-nikmalarni mustahkamlovchi mashqlarni kiritish mumkin. Konstruktiv mashqlar orqali bola awal o'zlashtirgan harakat usullarini yangi maz-munga ko'chirib o'tkazadi. Masalan, bolalar dastlab doira chizishni mashq qilishadi, so'ngra ularga havo sharini chizish taklif etiladi. Bola awal egallagan bilim va ko'nikmalarini birlashtirishini talab etuvchi ijodiy mashqlarni bajaradi. Katta guruhlarda bolalar topishmoq, ertak vahikoyalar tuzishni, tabiiy materiallardan o'yinchoqlar yasashni mashq qilishadi.

Mashq uslubini qo'llashda quyidagi didaktik talablarga rioya qilinadi:

1) bolalarga ular bajarishi lozim bo'lgan ishga doir o'quv vazifasi berish (gap tuzishni, vazifalarni hal etishni, ko'chat o'tqazishni o'rganamiz);

2) og'zaki tushuntirish bilan birga harakatlarni bajarish usullarini ko'rsatish;

3) bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish uchun ko'p marotaba mashq qilish, biroq yangi ish usullarini kiritish bilan ketma-ketlikda vazifalarni murakkablashtirib borish talab etiladi;

4) bolalarning mashqlarni baj arishi pedagog tomonidan nazorat qilishni talab etadi.

Tajriba maktabgacha ta'limda bolaga ma'lum bir narsa haqida yangi bilimlarni egallashga yordam berishga yo'naltirilgan amaliy uslubdir. Tajriba jarayonida bola uning xususiyatlari, aloqadorliklarini anglash maqsadida obyektga ta'sir ko'rsatadi.Ko'pgina narsa-buyumlar, moddalar (suv, qum, tuproq va boshqalar) bevosita sezgi a'zolari yordamida idrok qilinadigan (rangi, o'lchami, shakli, hidi) va idrok qilinmaydigan (mo'rtlik, suvda boshqa holatga o'tish) belgilariga ega. Yashirin belgilami aniqlash elementar tajribalar yordamida amalga oshiriladi. Uni tashkil etishda pedagog bolalar bilan birgalikda maxsus sharoitni hosil qiladi. Bunday tajribalarga suvni bug'ga, qorni suvga aylantirish; qum va loy bilan tajribalar o'tkazishni kiritish mumkin.

Tajribalar bolalarga atrof-muhitda sodir bo'ladigan hodisalarni chuqur-roq anglash, ular orasida aloqadorliklarni aniqlashga yordam beradi. Tajribalar o'tkazish orqali bolada kuzatuvchanlik, qiyoslash, taqqoslash, taxmin qilish, xulosalar chiqara olish qobiliyati rivojlanadi.



Modellashtirish - ta'limning ko'rgazmali-amaliy uslubi. Modellash-tirish uslubi asosida o'rin almashish tamoyili yotadi: bola real narsa-buyumning o'rnini o'sha predmetning tasviri, qandaydir shartli belgi bilan almashtiradi.

Model - olamdagi muayyan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo'lib, ushbu hodisaning ro'y berishini nisbatan ilgariroq aytib berish imkonini beradi. Masalan, xonaning deraza va eshiklari yopiladi va bir necha daqiqadan so'ng tashqarida bir muddat bo'lgandan keyin xonaga qaytib kiriladi va xona havosi bilan tashqaridagi havoning farqi aniqlanadi, xonaning havosi deraza va eshiklar, fortochkalar yopib qo'yilganligi uchun buzilgan degan xulosaga kelinadi. Yoki katta idishga ulanganjo'mrakdantomchilab suv oqizib qo'yiladi. Ma'lumvaqto'tgach, idishdagi toza suv tugaydi. Bundan jo'mrakdan tomchi tomib tursa, toza suv isrofgarchiligiga olib keladi, degan fikr kelib chiqadi.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish