Maktabgacha pedagogika



Download 3,99 Mb.
bet32/99
Sana31.12.2021
Hajmi3,99 Mb.
#266234
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99
Bog'liq
Мактабгача пед.ка. 3-курс мажмуа

Ta'limning ko'rgazmali Mashg'ulotlardagi bilishga doir va amaliy faohyat narsa-hodisalarga muvofiq keluvchi ko'rgazmalilik asosida tashkil etilishi mumkin. Ta'limning ko'rgazmali uslublariga kuzatish, ko'rgazmali qo'llanmalarni (narsa-buyumlar, rasmlar, diafilmlar, slaydlar, videoyozuvlar, kompyuter dasturlarini) namoyish etish kiradi.

Kuzatish - atrofolamdagi hodisalarni diqqat bilan ko'rish, ulardan muhim, asosiysini ajrata olish, yuzaga keladigan o'zgarishlarni belgilash, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, xulosalar qilish. Bolani ilk yoshdan boshlab kuzatishga o'rgatish, unda kuzatuvchanlik, kuzatilayo-tgan hodisaga diqqatni yo'naltira olish, ko'rganlari asosida fikr yuritish, fikrini so'z bilan ifodalay olishni rivojlantirish zarur.

Bolalarning o'rganilayotgan obyektni bevosita kuzata olishlari to'liq tasawurlarni shakllantirish va bilish jarayonlari - idrok etish, xotira, fikr­lash, xayolotni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Kuzatish ja­rayonida bolada xilma-xil fikriy faoliyat amalga oshadi: qo'yilgan savol-larga javob izlash, qiyoslash, taqqoslash. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni p'qitishda kuzatishning xil­ma-xil turlaridan foydalaniladi: qisqa muddatli va uzoq muddatli, tak-roriy va qiyosiy.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni o'qitishda kuzatish ikki yo'nalishda rivojlanadi. Eng avvalo, kuzatilayotgan obyektlar doirasi izchil tarzda kengaytirib boriladi: guruh xonasini, keyin maktabgacha ta'lim muassasasidagi boshqa binolarni (oshxona, tibbiyot xonasi va hokazolar), yer maydonchasini, nihoyat maktabgacha ta'lim muassasasi atrofidagi obyektlarni (bog', daryo, anhor, maktab stadioni va boshqalar) kuzatish. Ikkinchi yo'nalishda konsentrlangan kuzatishga. amal qilinadi. Dastlab bolalar biror obyektning o'ziga xos belgilarini aniqlashsa, tak-ror kuzatishda esa o'sha obyektni boshqalari bilan qiyosiy o'rganadilar. Masalan, shahar transporti bekatida bolalar avtobus va marshrutkani kuzatishadi, ularni to'g'ri aytishni o'rganishadi; takror kuzatishda ular­ning diqqati avtobus va marshrutkaning o'ziga xos belgilariga qaratiladi; keyingi safar esa, bolalar avtobus va marshrutkani taqqoslashadi, ular-da umumiy tasawurlar tarkib topadi va "shahar transporti" tushunchasi shakllanadi.Kuzatish uslubidan foydalanishda ma'lum didaktik talablarga rioya qilish lozim. Jumladan:

1) kuzatish obyekti bolalar uchun qiziqarli bo'lishi zarur;

2) kuzatiladigan obyekt uning o'ziga xosliklarini aniqlay olishga im-kon beradigan sharoitga ega bo'lishi kerak;

3) pedagog kuzatishning maqsadini oldindan belgilashi, yangi egal-lanadigan bilimlar doirasini aniqlashi, o'rganilishi rejalashtirilayotgan bilim va ko'nikmalarning bolalardagi mavjud tajribalar bilan aloqadorligi ta'minlashi lozim;

4) yaxlit idrok etishni ta'minlash uchun bolalarga kuzatish haqida to'liq ko'rsatma berilishi zarur;

5) qo'yilgan maqsad va vazifalar, obyektning o'ziga xosliklari, bo­lalarning yosh xususiyatlari bilan bog'liqlikda kuzatishning izchil, tizim-li, rejali tarzda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.

Rasm, diafilm, slayd, videorolik va boshqa ko'rgazmali vositalarni namoyish etish - qator didaktik vazifalarni hal etishga imkon beruv-chi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni o'qitishning muhim uslubi. Ko'rgazmali vosita tanish va notanish narsa-buyumlarni obrazli ko'rish imkonini beradi. Rasm, chizma, jadval yordamida bolalarda harakatsiz ko'rgazmali timsollar shakllantiriladi, ta'limning texnik vositalaridan jo'shqin ko'rgazmali timsollarni yaratishda foydalaniladi.

217Maktabgacha ta'lim muassasalarida rasmning xilma-xil turlaridan foydalaniladi: didaktik rasmlar, rassomlarning san'at asarlari, kitob grafi-kasi, narsa-buyumlarni ifodalovchi rasmlar. Didaktik rasmlar maxsus yaratilib, yil fasllari, hayvonot va o'simliklar dunyosi kabi seriyali taq-dim etiladi. Bolalarni madaniyat, san'at bilan tanishtirishda mashhur rassomlarning san'at asarlaridan foydalaniladi. Badiiy asar qahramonlari, voealar sodir bo'lgan mamlakat va shaharlar haqida ma'lumot beruvchi kitob grafikasi (kitobdagi rasmlar)dan ta'limning ko'rgazmali vositasi sifatida foydalaniladi. Shuningdek, tarbiyachi tomonidan narsa-buyum­larni ifodalovchi rasmlar ham tanlanadi va mavzu doirasi bilan bog'liqlikda ("O'yinchoqlar", "Transport", "Hayvonlar" va boshqalar) ularni tasniflaydi.

Shuningdek, bolalarni o'qitishda harakatlar namoyishi, namuna ko'rsatish kabi ta'limning ko'rgazmali usullaridm ham foydalaniladi. Harakatlar namoyishi ish usullari, ularni bajarish ketma-ketligini o"zida ifoda etib, jismoniy tarbiya, musiqa, tasviriy san'at, mehnat mashg'-ulotlarida qo'llaniladi. Namuna ko'rsatish usulidan tasviriy faoliyat, mehnat, shu jumladan, qo'l mehnatiga o'rgatishda keng foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarni namunani tahlil etishga jalb etadi, ishni bajarish bosqichlarini aniqlaydi.


Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish