90
21-22-mavzu -Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik jarayonni tashkil
etish. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar hayotini tashkil etish.
Reja
Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil qilish.
Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish.
Bolalarga davlat va nodavlat maktabgacha tashkilotlarda ta’lim-tarbiya berish.
Tayanch iboralar:
kunning birinchi va ikkinchi yarmi, bolalar hayoti,
tashkil qilish,
rejalashtirish, ta`lim va tarbiya berish, dastur, rivojlanish markazlari.
Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil qilish.
MTTda bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun tartibiga binoan
tashkil etiladi. Buning uchun hamma zarur shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Kichik guruh bolalarining ko`p vaqti guruh xonasida o`tadi. Yaxshi jihozlangan xona,
o`yinchoq va qo`llanmalarni to`g`ri tanlash bolalarning to`la qonli xayot kеchirishining asosiy
sharti xisoblanadi. Guruh xonasidagi o`yinchoqlar bu yoshdagi bolalarning 2-3 ta bo`lib
o`ynashlarini e'tiborga olib joylashtirilishi, «Oila», «Bolalar bog`chasi» va shunta o`xshash
o`yinlarni o`ynashlari uchun o`yinchoq burchagi tashkil etilishi, unda yana qurilish
matеriallari, xarakatlanuvchi o`yinchoqlar ham bo`lishi kеrak, qolgan o`yinchoqlar, rasmlar
shkaflarga bolalar bеmalol oladigan qilib joylashtirishi lozim. Xonada bolalarning polda
mashina, aravachalarni bеmalol yurgiza olishlari va yirik qurilish matеriallari bilan
o`ynashlari uchun ham joy ajratilishi kеrak. Harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar binoning
maxsus xonalarida saqlanadi va jismoniy tarbiya mashg`ulotlaridagina olib chiqiladi.
Maydonchaga qum yashiklari, bolalarning sakrashlari, tirmashib chiqishlari uchun kеrakli
jihozlar, qorda, muzda uchishlari uchun chanalar qo`yiladi.
Kichik guruh bolalari uchun bundan tashqari kuzatish va mеhnat uchun (tabiat
burchagiga akvariumda baliq, to`rlarda qushlar va mayda hayvonlar joylashtiriladi. Guruh
xonasidan kitob javoni uchun joy ajratiladi. Bog`cha maydonchasida sport o`yinlari bilan
shug`ullanish uchun maxsus joy bo`ladi, u kеrakli anjomlar bilan jihozlab qo`yiladi:
vеlosipеdda uchish uchun yo`lka, tirmashib chiqish uchun jismoniy tarbiya narvonchalari,
muvozanatni saqlash uchun ma'lum balandlikda yotqizilgan g`o`la va shunga o`xshashlar
bo`ladi. Olib chiqilgan o`yinchoqlarni o`ynash uchun maxsus stollar, skamеykalar, suv bilan
o`ynash uchun maxsus idish, qum yashigi bo`lishi kеrak.
O`rta guruh. Guruh xonasi uxlash xonasi, hojat xonasi va yеchinish xonasi bo`lishi
kеrak. Guruh xonasi bir nеcha bo`limdan iborat bo`lishi kеrak. Birinchi o`yin bo`limida
qo`g`irchoq bilan o`ynash uchun hamma kеrakli narsalar joylashtirilgan shkaf bo`ladi.
Ikkinchi o`yin bo`limida qurilish matеriallari qo`yiladigan shkaf va ular bilan o`ynash uchun
joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil
shug`ullanishlari uchun kеrakli matеriallar qo`yiladi. Kitob burchagi va stol usti bosma o`yini
bilan shug`ullanishlari uchun o`yin burchagida tinchroq joyni ajratish kеrak. Tabiat
burchagini dеrazalarga yaqinroqqa joylashtirgan ma'qul. Xona amaliy san'at asarlari va
ko`kalamzorlashtiruvchi o`simliklar bilak bеzatiladi.
Maydoncha boshqa maydonchalardan yashil, manzarali o`simliklar bilan to`silib,
jismoniy mashqlar va sport ermak o`yinlari uchun kеrakli asboblar bilan jihozlanadi.
Katta guruh. O`yin bo`limlari bolalarning yoshiga mos holda, o`rta guruh xonasi kabi
jihozlanadi. Gurux xonasida yana mashg`ulot o`tkaziladigan bo`lim ajratiladi va u еrga
tarbiyachining stoli, ekran, shkaf, doska joylashtiriladi. Bolalarning mustaqil o`ynashlari
uchun hamma kеrakli matеriallar ular bеmalol foydalana oladigan qilib joylashtirilishi kеrak
93
Rivojlanish markazlaridagi jihozlar xavfsiz va didaktik materiallarlar bolaga tegishli bo‘lishi
va bolalarning yoshiga mos bo‘lishi kerak.
Rivojlanish markazlaridagi didaktik materiallarlar tematik vazifalarni hisobga olgan holda
o‘zgarishi kerak.
Markazlarni uskunalar bilan ortiqcha jihozlamaslik zarur.
Rivojlanish markazlari bolalar va kattalar bilan aloqa qilish va birgalikdagi faoliyatni,
shuningdek o‘z o‘zi bilan shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Tematik rejalashtirishga ko‘ra, pedagog rivojlanish markazlarini didaktik materiallarlar va
o‘yin uskunalari bilan ta’minlash ustida o‘ylashi va to‘ldirishi kerak. Markazlarni bolalar va
pedagoglarning birgalikdagi faoliyati va hunarmandchilik mahsulotlari bilan to‘ldirish
mumkin. Har bir markazning maqsadiga muvofiq haftaning boshida pedagogning tematik
rejasiga binoan, materiallarlar tayyorlanadi va jihozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: