Atrof-muhit to'g'risidagi bilimlar - bunda bola kuzatish va amaliyot orqali atrof-muhit to'g'risida axborot oladi, jonli va jonsiz tabiatni kuzatishi va ta'riflay olishi, inson tana a'zolarini bilishi lozim.
Ijod - bunda bola milliy madaniy meros va madaniyat- ni hurmat qilishga va o'z hissiyotlarini musiqa, teatr va tas- viriy faoliyat orqali ifodalashga o'rganadi. Bola turli tovush va ovozlarni, tovushlarning balandligi va tembiga ko'ra farqlay olish, jamoa bo'lib musiqiy faoliyatlarda ishtirok etishga qizi- qish bildirishi, cholg'u asboblarida chalish malakalarini namoyon etishi, amaliy faoliyatda ishtirok etishga qiziqish bildirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |