Bilishi lozim:
O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to'g'risida’gi, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida”gi va "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida'gi qonunlarini;
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablarining mazmunini;
v) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni;
g) bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
544
maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini;
pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o'quv va tarbiya jarayonida o'qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini;
j) pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, ta’lim muassasasa faoliyatiga qo'yilgan sanitariya- gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik;
xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot- kommunikatsiyatexnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) uch yildan kam bo'lmagan ish staji.
Jamoadagi to'g'ri, o'zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishni ta’minlay- di.
Rahbarlik mavqeyi mudira o'z g'oyaviy, ma’naviy-ma'rifiy, siyosiy huquqiy saviyasini va mutaxassislik mahoratini doimo
545
ongli ravishda pedagogik bilimlarni bolalarga ta'lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’lim oldida turgan vazifalarni bilishga, o'z bilimlaridan amaliy faoliyatida foydalanishga majbur etadi. U dastur, metodik instruktiv, me'yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi va unga amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yutuq va kamchiliklarini darhol bartaraf qilish choralarini ko'rishi lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Maktabgacha ta'limni boshqarish organlari tomonidan oliy ma’lumotga va 3 yildan kam bo'lmagan pedagogik ish stajiga ega bo'lgan shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish tarbiyalash bo'yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta’lim muassasasi kengashining faollari ishtirokida ma’muriyat amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam o'stirib borishiga g'amxo'rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha
546
ta’lim muassasasi manfatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan doimiy ish olib boriladi.
Mudira - ma’naviy siyosiy huquqiy axloqiy yetuklik-saviya, ong ma'rifatchilik, madaniyatlilik, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, vijdonlilik, tanqidga chidamli bo'lish, mehnatsevarlik istiqbolni oldindan ko'ra olish kabi xususiyatlar mavjud bo'lishi kerak.
Demokratik rahbar
Bunday turdagi rahbar:
boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;
ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi;
ularning bildirgan fikriga quloq soladi;
ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga oladi;
barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo'ladi, ustunligini bildirmaydi;
buyruq berish yo'li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
buyruq rahbarlik uslubi bo'ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o'rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
Avtoritar rahbar
Bunday turdagi rahbar:
buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag'batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi;
o'zini jamoadan uzoq tutadi; jamoa a’zolarini bevosita muloqotda bo'lishini chegaralab qo'yadi;
o'zining noo'rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;
547
o'ziga bo'ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko'radi;
muttasil buyruq berishga, hammani o'z istaklariga so'zsiz bo'ysundirishga intiladi;
ko'p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo'ysunuvchilari bilan muomalada bo'lganda uning rahbarlik g'ururi balandligi, o'zini katta tutishi sezilib turadi;
o'ziga bo'ysunuvchilar oldida qovog'i solingan kayfiyatda bo'ladi.
Xullas, avtoritar rahbar o'ziga bino qo'ygan, dimog'dor, o'z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o'tkazishga intiladigan kishilardan yetishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o'sha yerda dag'allik, takabburlik, tayziq o'tkazish, majbur qilish kabi o'ta salbiy holatlar avj oladi.
Biroq avtoritar boshqaruv usulini har jihatdan, yomon deb bo'lmaydi. Ba’zi bir hollarda bo'ysunuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtoritar uslubini tanlab olish ham ish berib holishi mumkin
Liberal rahbar
Bunday turdagi rahbar:
idorasiz, tashabbussiz bo'ladi;
o'z zimmasiga mas'uliyat olishni yoqtirmaydi;
ishni o'z holiga tashlab ko'yadi;
idoraga nisbatan qat’iy bo'lishdan hayiqadi;
o'zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;
biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;
talabchan emas, sust nazorat qiladi;
suiiste’mollarga bevosita yo'l qo'ymasa ham o'zini biimaslikka soladi;
Bunday rahbar tashqaridan ko'rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko'zga tashlanib turadi. Har bir rahbar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim:
548
| jonkuyarlik
|
|
|
samimiylik
|
mehmondo'stlik
|
fidokorlik
halollik
xushmuomalalik
to'g'rilik
boadablik
kechirimlilik
iltifotlilik
|
Do'stlaringiz bilan baham: |