Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni
Taiim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o'yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo'sh vaqti, ko'ngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota-onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim,
O'qitishning har bir boiimiga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanishi, ularni sekin-asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan boiimga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda mazkur boiim bilan bog'langan asosiy taiim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa boiimlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg'ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.
Taiim-tarbiyaviy ishlar mashg'ulotlardan tashqarida: kun- dalik turmush, o'yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixohlik munosabatini, bir-birining o'yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni haqgo'ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi.
Rejada o'yinda bolalarni o'zaro munosabatlari va xulq- atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o'yinlarining mazmunini, ularning o'ynash ko'nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi xilma-xil harakatli va didaktik o'yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik rejalashtiradi.
Bolalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O'z mazmuniga ko'ra topshiriqlar turlicha boiishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini
467
qayd etish, so'ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini, bolalarga navbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko'rsatadi.
Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o'tkazish vaqti ko'rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va hodisalar bilan bog'liq bayramlar, maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal hislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o'tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Rejada muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks ettiriladi. Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarga ta’sir ko'rsatishda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadlarida ta'lim- tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning ilg'or usullarini o'rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg'ulotlar o'tkazishni, bolalar ishlari bo'yicha ko'rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.
468
Ilova Yilik reja
Hisobot.
MTMning yildagi asosiy o'quv vazifalari.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tadbirlari (tarbiyachilarning ilg'or ish tajribalarini ommalashtirish, tarbiyachilarni metod birlashmalarga olib borish).
Nazariy-amaliy seminarda qatnashish.
MTM pedagogik jamoasi ro'yxati.
Pedagoglarning siyosiy ongini oshirish (Prezident farmonlari, gazeta, Konstitutsiya).
Malakka oshirish rejasi (Tarbiyachining F.I.Sh., yili).
Pedagogik kengash (yillik rejani muhokamasi, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik haqida tarbiyachi hisoboti, pedagogik kadrlarni guruhlarga taqsimlash, ochiq mashg'ulotlar tahlili).
Amaliy, nazariy seminar (bolalarda uchraydigan kasalliklar, aqliy rivojlanish).
Tarbiyachilar uchun maslahatlar.
Yosh mutaxassislar bilan ishlash (F.I.Sh.).
Tashkiliy ishlar (ko'rik tanlovlarda qatnashish: «Yil tarbiyachisi», «Chaqqon ona», «Sog'lomjon, polvonjon»).
. yilda o'tgan tadbirlar.
Pedagogik jarayonni jamoa bilan kuzatish (katta guruhlarda ekologik tarbiya).
MTM va maktab hamkorligi (maktabning yangi o'quv yilining boshlanishidagi marosimida qatnashish, tayyorlov guruhlari bolalarini maktab binosi bilan tanishtirish, o'qituvchisi bilan bolalarni o'zlashtirishi haqida suhbat, «Alifbe» bayramida qatnashish, «Xayr bog'cha, salom maktab»).
Kam ta’minlangan oila bolalari bilan ishlash.
Umumiy ota-onalar yig'ini (ota-onalar komitetini saylash, yillik ish reja bilan tanishtirish, to'garaklar haqida).
Har bir yosh guruhda ota-onalar yig'ilishi.
Yozgi sog'lomlashtirish va tibbiy ishlar rejasi.
Ilg'or tajribalarni o'rganish (tarbiyachi F.I.Sh.ni
469
Do'stlaringiz bilan baham: |