Kuzatishning asosiy xususiyatlari:
Mohiyatan bola haqida ma'lumot to'plash va baholash - aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi kerak;
Ma'lumotlarni to'plash va tahlil etish muntazam amalga oshirilishi, doimiy xarakterga ega bo'lishi lozim;
Kuzatish jarayonida to'plangan ma'lumotlar hujjatlashti- rilishi va tahlil qilinishi zarur;
Bola haqidagi bilimlarning asosini turli vaziyatlardagi kuzatish natijalari tashkil etilishi bolaning haqiqiy imkoniyatlarini bilish va tushunish, uning rivojlanish doirasini hamda uning ilgarilab borish yoki aksincha qiyinlashtiruvchi omillarni aniqlash imkonini beradi;
Bola haqida ma'lumot to'plashda har tomonlama yondashuv, uning ayrimxislatlariga (ijobiy va salbiy bo'lishidan qat'iy nazar) sun'iy ravishda alohida urg'u berishga yo‘1 qo'ymaslik lozim;
Bolaga xos xususiyatlar tahlilini uning eng yaxshi, kuchli jihatlaridan boshlamoq maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shunday yondashuv bolani tushunishda va pedagog faoliyatida o'ziga xos tayanch sifatida xizmat qiladi;
Kuzatish mezonlari (bola haqida ma’lumot to'plash jro'nalishlari) 5-7 yoshli bolaning ruhiy-jismoniy rivojlanishiga oid bilimlarga asoslanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |