Mavzu yuzasidan test
Iqtisodiy tushunchalarning ta'rifi qaysi bandda to'g'ri ko'rsatilgan?
Moddiy, mehnat, informatsion resurslar, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, bozor, biznes, biznesmen, bank, pul, tovar, narx, firma, plastik kartochka
Mehnat va moddiy resurslar, ishbilarinonlik, Tovar, ta’lim muassasalarini boshqarish, nazorat, baholash
Mamlakatni obodonlashtirishga ketadigan pul xarajatlari, qurilishi, rahbarlik qilish, suhbat, tekshirish, akt tuzish
267
d) taiim tizimini tubdan isloh qilish, yoshlar ongiga milliy istiqlol g'oyalarini singdirish, oraliq va yakuniy nazoratlar o'tkazish
0‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorliking barka- mollik davri qaysi bo'limida to'g'ri aks etgan?
XIX asrning uchinchi choragidan 1917-yilgacha
1985-1991-yillar
1918-1985-yillar
2005-yildan keyingi yillar
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tushunchalar berish qaysi me'yoriy hujjatda berilgan
O'zbekiston Respublikasining "Taiim to'g‘risida”gi qonuni
O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha taiimga qo'yiladigan Davlat talablarida.
O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha taiim to'g'risidagi nizomida
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha taiim vazirligi tomonidan tomonidan tayyorlangan "Ilk qadam” o'quv dasturida
O'zbekiston Respublikasida milliy pul "ming so'm” ne- chanchi yildan boshlab joriy etilgan to'g'ri javobni belgilang.
1994-yil 2-iyuldan boshlab;
1992-yil 2-iyundan boshlab;
1997-yil 8-avgustdan boshlab;
1995-yil 1-sentabrdan boshlab;
O'zbekistonda tadbirkorlik turlarining to'g'ri ta’rifi qaysi bandda berilgan?
Xalqaro tadbirkorlik, davlat tadbirkorligi, jamoaviy- guruhiy, xususiy, o'rta va kichik tadbirkorlik
Xalqaro tadbirkorlik, kapital, eksport, import, marketing, soliqlar, sug'urtalash
Xorijiy tadbirkorlik, xorijiy investitsiyalar, kichik tadbirkorlik
Moddiy va ishlab chiqarish omillari, mehnat predmet va resurslari, mehnat shartnomasi, markaziy va davlat tadbirkorligi
268
BOB. HUQUQIY TARBIYA Huquqiy tarbiya haqida tushuncha
Bugungi kunda ijtimoiy adolatni o'rnatish, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatimizning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Har bir davlat o'z fuqarosining har tomonlama o'qimishli, ongli, tarbiyali bo'lishini istaydi. Bunda yosh avlodda huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalariga katta e’tibor qaratadi.
Huquqiy tarbiya - umum tarbiyaning ajralmas qismi bo'lib, barcha fuqarolarda huquqiy bilimlar asosida, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish borasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayondir. Shu zaylda qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy me’yorlarni hurmat qilishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |