Plastik kartochka - pul borligini tasdiqlovchi vositadir. Asl pul kartochkaning o'zi emas, balki bankdagi pul egasi hisob varag'i yozilgan puldir. Pul qanday shaklda boiishidan qat’iy nazar kishilar va jamiyatga xizmat qiladi.
Narx - bozor aloqalarining asosiy iqtisodiy vositasi bo'lib, tovar va xizmat birligini sotib olish uchun toianadigan pul miqdorini bildiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga narx bozordagi oldi-sotdi aloqalarini ta’minlashi, pul boigandagina bozordan narsa yoki tovar sotib olish mumkinligi, xaridor va sotuvchi o'rtasidagi kelishuv, sotuvchi bozorda o'z narxini taklif qilishi mumkinligi, savdolashuv asosida har ikki tomonga ma'qul narx paydo bo'lishi to'g'risida tushuncha beriladi. Buning uchun "Bozorda” o'yini hamkorlikda o'ynaladi.
Bolalarga xonadon byudjeti oilada jamg'ariladigan va tejab qolingan pul, ya’ni oila daromadi va oila xarajati kabi tushunchalar berib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |