Qayta shakllantirish - ta’lim texnologiyasini o'qitishning ustuvorligi texnologiyasini didaktika va metodika po- zitsiyasi tamoyilidan ko'rib chiqish lozim.
O'qitishning metodik jihatdan ko'rib chiqilganda, maktabgacha yoshdagi bolaning nutqiy rivojlanish metodikasi (F.R. Qodirova) muhim o'rin egallaydi.
Ta’lim psixologiyasining didaktik modeli sifatida:
Didaktik tamoyillar;
Ta’lim vositalari;
Ta’lim bosqichlari;
O'zaro munosabatlar turlari.
Didaktik tamoyillar:
Faollik tamoyili bolaning xususiyatlarini hisobga olgan holda anglash faoliyati subyektiga tayanadi.
65
Ko'rgazmalilik tamoyili - bolalar tomonidan o'rab turgan olamni qabul qilish xususiyatlariga asoslanadi.
Oson erishuvchanlik tamoyili - bolalarning anglash faoli- yatini rivojlantirishning muvofiqligi hisobi bilan bog'liq.
Yetkazish tamoyili - o'qitish jarayonida bolalarning aloxi- da (yakka tartibdagi) xususiyatlarini hisobga oladi.
Tizimlilik tamoyili - bolaning atrof-olamni anglash orqali muloqotga kirishishi darajasini hisobga olish bilan bog'liq. Ta’lim vositalari - o'qitish yo'llari: nutqli faoliyatli, qo'l- lanmali, psixik.
Ta'lim bosqichlari: tanishish, differensiatsiya, integratsi-
ya.
O'zaro munosabat turlari: 4 turdan tashkil topadi. - tur - hissiy-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifa - hissiy-shaxsiy munosabatlar bo'yicha almashuvi va keyingi ham- korlikdagi faoliyat uchun motiv (xohish-istak), hissiy kayfiyat- ni yuzaga keltirish.
- tur - ijodiy faoliyat tajribasining ustuvorligi. Bu turdan maqsad o'zaro munosabatlar o'qitishning anglash aspektini ta'lim maqsadini ishlab chiqadi va bolaning alohida xususiyatlarini ochishga yo'naltiriladi.
- tur - o'quv vazifasini hal etishning mavjud imkoniyat- larini mustahkamlash uchun faoliyat turlarini egallashi tajri- ba almashishi. Ushbu o'zaro ta’sir etuvchi tur o'qitishning psixologik aspektiga asoslanadi, rivojlantiruvchi maqsadni tatbiq etadi, bola shaxsining rivojlanishiga omil bo'ladi.
- tur - akmeologik sohasini tatbiq etish. Bunda pedagog mazmunan turli vaziyatlar yaratadi va bu vaziyatlar bolaga egallagan faoliyat turlarini qo'llash va notanish sharoitda ham harakatlanish imkoniyatini beradi. Ushbu o'zaro ta'sir etuvchi turning vazifasi - bu bola tomonidan mazmun va munosa- batlarni o'rganish jarayonida tizimli bilimlarni egallash, bola shaxsining mazmuniy sohasida "Dunyo tasavvuri"ning shakl- lanishidir.
66
O'zaro ta'sirning bu turida pedagog nafaqat bolaning ham- korlikdagi faoliyatining xarakteri va turlarini, balki bolalar o'rtasidagi o'zaro ta’sirni ham aniqlaydi. Bu esa shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodida asosiysi hisoblanadi.
Biz yuqorida katta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasi- ning didaktika modelini ko'rib chiqdik, bular o'qitishning nazariy negizi hisoblanadi.
Katta shakllantiruvchi ta'lim texnologiyasining uslubiy modeli ta'lim jarayonining yaxlit subyekti sifatida pedagog va bolalar o'rtasidagi munosabatlar va mazmun-mohiyatni shakl- lantirishni boshqarishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.
Uslubiy modelning asosiy komplekslari bo'lib quyidagilar:
Uslubiy tamoyillar;
Ta’lim vositalari;
Ta'lim bosqichlari;
Ta'limning usul va uslublari hisoblanadi.
Uslubiy tamoyillar:
o'qitish maqsadlarining o'zaro qaramlik va bogiiqlik ta- moyili;
qayta shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ta'lim tamoyili;