Bolalarni badiiy ijod- ning turli janrlarida (badiiy asar, musiqa, qo'shiq, rasm va boshqalar) yaratilgan san’at asarlarini
ko'rish, tushunish va sevishga o'rgatish orqali ularda estetik ong qirralarini shakllantirish; chiroylini xu- nukdan, g'amginlikni xursandchilikdan farq- lay olish; ranglar, shakl, tovushlami bir- biridan ajrata olish kabi sensor etalonlar bilan tanishtirish.
Bolani san’atning turli sohalari: ashula, o'yin, she’r, o'qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat (ijodiy o'yin, hikoya qilish, rasm chizish, biror narsa yasash yoki qurish) kabilarda yanada faolroq harakat qilish va o'zini ko'rsata bilishga o'rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni o'stirish, fazoviy va rang munosabatlarmi, mo'l- jalga olish, ko'rish xoti- rasi, qo'llarai chaqqon harakat qildira olish malakasi, jo'shqin kay- fiyatni ko'rsatuvchi hissiy sezgirlikni rivojlantirish va hokazo.
siga yaqin bo'lsa, bunday kitoblar bolalar o'yini uchun rasm chizish va loydan narsalar yasash uchun bitmas-tuganmas manba bo'lib xizmat qiladi. Agar bolalar tilning go'zalligini, she’rning ritmini, ohangdorligini his eta olsalar, o'zlari ham kichkina she’rlar to'qib, qofiyalar tanlashga urinadilar.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning hamma turlarida ham xayolning ma'lum maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi ta’minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo'yishga o'rgatiladi.
Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko'ngil ochish kechalarida, ekskursiya va sayrlarda, har xil o'yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar o'zlarining badiiy, ijodiy mahoratla- rini, qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur. Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka tartibda yondoshishi lozim. Shu orqali u bolalarning o'ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini o'rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga havas juda erta uyg'onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday mutaxassis bo'lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga diqqat-e’tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayo- tib, unda musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi iste'dodning ilk kurtaklarini ko'rishlari mumkin. Boladagi qo- biliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklar- ni avaylab o'stirishlariga, ularga to'g'ri rahbarlik qilishlariga bog'liq.
Estetik tarbiya vositalari
Bolalarda go'zallik haqidagi bilimlar atrof voqelikni uning butun xilma-xilligida, shuningdek go'zallik eng ko'p jamlan- gan holda aks etadigan san’atni estetik o'zlashtirish jarayonida tarkib toptiriladi. Hayot xilma-xilligi san'at turlari va janr- larning xilma-xilligiga sabab bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning har biri o'z janriga ega boigan grafika, rang-tas- vir, haykaltaroshlik, manzarali amaliy san'at, adabiyot va musiqa bilan tanishadi.
Bolalar shuningdek, bizni o'rab turgan dunyoning eng muhim estetik tomonlari va xususiyatlarini ham egallaydilar. Maktabgacha yoshdagi davrida musiqa, vokal va cholg'u, unda- gi mavzuni xilma-xilligi, ayrim asarlarning janri, tuzilishi, mu- siqali ifoda vositalari, musiqa asboblari haqida ham bilim beriladi. Bolalar xalq qo'shiqlari va raqslari, doira bo'lib qo'shiq aytish, klassik va zamonaviy musiqa asarlari bilan tanishadilar.
MTMni o'rab turgan go'zallik muhiti bolalarning har tomonlama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |