Maktabgacha pedag


Mavzu yuzasidan test topshiriqlari



Download 0,52 Mb.
bet47/233
Sana16.09.2021
Hajmi0,52 Mb.
#176168
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   233
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:

  1. «Sog'lom avlod yili» deb qaysi yil e'lon qilindi?

  1. 1998-y,

  2. 1999-y.

v) 2000-y.


g) 2001-y.

  1. «Sog'lom avlod dasturi» qachon qabul qilingan?

  1. 1998-yil, 15-fevral

  2. 2000-yil, 15-fevral



v) 2001-yil, 1-iyun g] 2000-yiI, 1-iyun

  1. Jismoniy tarbiya vositalari qaysilar?

  1. bog'cha maydonchasi, bolalarning ovqatlanishi

  2. uyqu, bolalar kiyimi v] sayr, chiniqtirish

g) hamma javoblar to'g'ri

  1. Jismoniy madaniyat tushunchasi nima?

  1. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish

  2. Kun tartibiga rioya qilish

v) Mehnat va turmushdagi batartiblik, ozodalik, chiniqti­rish, jismoniy mashqlar g) Ovqatlantirish.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya berish- da qanday I darajali vazifalar mavjud?

  1. normal jismoniy rivojlanish

  2. harakat malakalari

v) sog'lomlashtiruvchi, ta’limiy, tarbiyaviy g) jismoniy mashqlar





  1. BOB. AQLIY TARBIYA Aqliy tarbiya haqida tushuncha

Aql - keng ma'noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o'z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig'indisidir.


Aqliy tarbiya - bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko'rsatish. U yosh avlodning insoniyat to'plagan bilimlar, malaka va ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro'y beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sha- roitlar yaratishni o'z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo'ladi. Ular aqliy faoliyatning jo'shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o'z ifodasini topadi.

Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma'lum maqsadga qara­tilgan boiishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoli- yatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi.

Aqliy tarbiyasi yetuk, o'tkir zehnli, zukko va zakovatli in- sonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donish- mandlik - bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, u har kim- ga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo'lmas», deyiladi.

Insoniyat paydo bo'lgandan beri odamlar orasida yetishib chiqqan barcha olim-u fozillar, shoir-u yozuvchilarning bar- chasi mukammal ilm egallash orqali o'z davrining e'tiborli kishilari darajasiga ko'tarilganlar.

Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqa­lar, g'arb olimlaridan Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy,





J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar yaratganlar.


Tarixan ta'lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakl- lanib borish barobarida, ta'lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuv- chining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi.

Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlari- da: «Samarqand aholisi mohir savdogarlardir. O'g'il bola besh yoshga to'lar ekan, unga savod o'rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan.

Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo'lib hisob- lanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo, yaxshi o'qishni keyin esa yozishni o'rganishi bilan eng yuksak pog'onaga ko'tarilsin» deyilgan.

Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Aql ma’nolari to'g'risida», «Ilmlarning kelib chi- kishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qa- rashlari o'z ifodasini topgan.

Farobiy ta’limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk in­sonni yetishtirishdan iborat deb biladi.

Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchilarga bilim be- rishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzu- larni qiziqarli, asosan ko'rgazmali bayon etish va hokazolar- ga e'tibor berish kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o'zi sezishi mumkin bo'lmagan holatlardan, be- huda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini ayta- di. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir.





Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezo- ni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar jo- hil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk boimagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarur deb biladi. U ta’limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: bolaga bilim berishda birdani- ga kitobga band qilmaslik, ta'limda yengildan og'iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning yoshi­ga mos bo'lishi, o'qitishda jamoa bo'lib o'qitishga e’tibor berish, taiim berishda bola qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish.


Abu Ali ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.

Mushohada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy ka- tegoriyalarini tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich. O'zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi.

Olim aqlni 3 bosqichga boiar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham bil- maydigan bolalarni nazarda tutgan.

Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalam- dan foydalanishni o'rganayotgan bolalarning aqli tasavvur qilinadi.

Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan boiadi.

Ibn Sino aql deganda insoning tug'ma iste'dodini, bilish ja­rayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.

Aqlni ikki xil kategoriyaga boiadi:



  1. Nazariy aql - borliqdagi umumiy narsalarni idrok etish- dir.

  2. Amaliy aql - buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko'rinadigan qobiliyatlardan.

O'z davrining yirik ma’rifatchilaridan hisoblangan Abdulla Avloniy ham yoshlarni ilmli boiishga chaqiradi. U aql va ilmni





ulug'laydi hamda «Aql insonning piri komili, murshidi yagona- sidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb yozadi.


Muallif o'z fikrini anlqroq va ravshanroq anglashi uchun shunday deb aytadi. «Hayvonlar o'zlariga bo'laklar tarafidan qiladurg'on zulm va jabrlarni shox, tish, tirnoqlari ila qayta- rurlar. Lekin inson aql idroki soyasida o'ziga keladurg'on zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo'ynidan bog'lab iplari uchini qo'llariga bergan insonlarning aqlidir».

Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ta’lim berish g'oyasi birinchi bo'lib chet el pedagogikasida chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan. U ona rah- barligida 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta’lim-tarbiya ber­ish mumkinligini ko'rsatib berdi. Shu davrda bolani yoshi- ni e’tiborga olgan holda kishi o'rganishi lozim bo'lgan hamma narsaga o'rganish lozim deydi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga, ya’ni biz ta'lim-tarbiya beradigan bolalarga har to­monlama bilim, ko'nikma va malakalarni singdirishimiz mum­kin. U 19 bo'limdan iborat maktabgacha ta'lim dasturini tuz- di. Y.A.Komenskiy «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni ta’lim-tarbiyasiga, o'qish metodikasiga katta e’tibor bergan.


Children develop ideas and concepts at very young ages that help them make sense of their worlds. Learning is not the transfer of new information into an empty receptacle; it is the building of new understandings by the child on the foundation of existing understandings. Learning will be most effective when the child's preconceptions are engaged. Curricula can be evaluated on the extent to which they draw out and build on children’s existing ideas.

Bolalar g'oyalari va konsepsiyalarini o'z olami, o'z tasavvuri ichida tushunib juda erta yoshda rivojlantirib olishadi. O'quv jarayoni quruq yangilik yaratish emas, aksincha bor fundamentni rivojlantirish talqinidir. Agar kattalar yordamida o'quv mashqlari o'tkazilsa, o'qitish ancha samarali bo'ladi va





biografik jihatlarini bola nimaga qiziqishi bor ekanligini aniqlash uchun ular o'z tasavurida chizgan rasmlar yoki qurgan narsaiar yordamida bilib olish mumkin.

www.PreschooI. Com (Eaely childhool) 2014




Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolani faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning maium maqsad bilan ta’sir etishidir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalar­da bilishga qiziqish uyg'otishni, aqliy malaka ko'nikmalarini tarkib toptirishni, bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichi­ga oladi.


Bolalarni 6-7 yoshdan boshlab maktabda o'qishga o'tishi munosabati bilan ularning maktab ta’limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanish yetarli darajada boiishini ta'minlash tarbi- yachilarning javobgarligini yanada oshiradi.

Aqliy kamolot - bu yoshning o'sib tajribaning boyib bori- shi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta'sirida bolaning aqliy faoliyatida ro'y beradigan miqdor va sifat o'zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayon- lari takomillashadi. Xullas, bola eng oddiy aqliy faoliyat usul- larini egallab boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlash ularning kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bola ijtimoiy muhit ta’sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Atrofdagi kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan tarkib topgan tushunchalar sistemasini o'zlashtiradi. Natijada maktabgacha taiim yoshda­gi bola tilini shunchalik egallab oladiki, unda muomala vositasi sifatida erkin foydalanadigan bo'lib qoladi.

Aqliy rivojlanish fikrning tengligida voqealarni har xil bog'lanishlarida, munosabatlarda ko'ra bilish, umumiylashti- rish qobiliyatida namoyon bo'ladi.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish