В
|
В
|
В
|
|
1. Maktabgacha ta'limning mazmun- mohiyati va taiim tizimida tutgan o'rni
|
|
|
|
|
2. O'zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta'limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari
|
|
|
|
|
3. Mustaqillik yillarida maktabgacha taiim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo'nalishlari
|
|
|
|
|
4. Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari.
|
|
|
|
|
Tayanch tushunchalar:
Ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasasi - davlat tomonidan tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim muassasasi.
Tipovoy loyiha - Maktabgacha taiim vazirligi tomonidan belgilangan namunaviy loyiha.
Direktiv hujjat - me’yoriy yo'riqnoma, ko'rsatma.
Me’yoriy hujjat - maktabgacha taiim sohasiga oid qonunlar, farmonlar, qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar, qonunosti hujjatlar.
Nazorat uchun savollar:
Maktabgacha taiim tizimining mazmun-mohiyati nimada namoyon boiadi?
«Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida maktabgacha taiim tizimiga qanday ahamiyat berilgan?
Ijtimoiy maktabgacha ta'limning rivojlanish tarixini yoritib bering.
Maktabgacha ta’limning vazifalari nimalardan iborat?
Uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirishning qanday tamoyillarini bilasiz?
Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy ish hujjatlarini izohlab bering.
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim muassasalarining zamonaviy tizimi qaysi javobda to'g'ri berilgan?
yasli-bog'cha, maktabgacha muassasa-maktab
bog'cha-maktab-litsey majmuasi
v) maktabgacha ta'lim muassasasi-maktab-litsey, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari
g) maktab, litsey, bog'cha-maktab
Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish tamoyillari qaysi me'yoriy hujjatda belgilab berilgan?
«Ta'lim to'g'ri sida»gi Qonunda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
v] O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
g) «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi Nizomda
«Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 18-moddasi ta'limning qaysi turiga bag'ishlangan?
o'rta maxsus, kasb-hunar tizimiga
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
v) maktabdan tashqari ta'lim
g) oiladagi ta’lim va mustaqil ravishda ta'lim olish
«O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi Nizomning maqsadi qaysi bandda to'g'ri keltirilgan?
bola shaxsini, maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq, sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish
maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan sog'lom va etuk qilib tarbiyalash
v) 6-7 yoshli bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, aqliy- axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash
g) maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab taiimiga tayyorlash
Maktabgacha taiim muassasasining yuridik shaxs huquqi qaysi qonunda belgilab berilgan?
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
«Maktabgacha taiim to‘g‘risida»gi Nizomda v) «Taiim to‘g'risida»gi Qonunda
g) Maktabgacha taiim konsepsiyasida
BOB. MAKTABGACHA TA'LIMNI REJALASHTIRISH, MOLIYAVIY TA'MINLASH, BOSHQARISH TAMOYILLARI
Xalq xo'jaligini ilmiy asosda rejalashtirish - iqtisodiy taraqqiyot asosi
Maktabgacha ta'lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xo'jaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi shu asosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiril- gan va o'z nomi davlat tilidayozilgan muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisobvaraqla- riga ega bo'ladi. Unda maktabgacha ta’lim muassasasi yo'nalishi bo'yicha faoliyat natijalarini aks ettiruvchi va bolalarning o'rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladigan nazorat raqamlari, ko'rsatkichlari, byudjet va tarmoq moliya me'yorlari orqali muassasani saqlab turish va rivojlantirishga ajratilgan mablag'lardan foydalanishda:
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan mol- mulk uning operativ boshqarish huquqida bo'ladi. Muassasa o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi bo'yicha o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag'larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim
muassasalari faoliyati O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablagiari hisobiga moliyalashtiriladi.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagiari;
tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim muassasasida boigan davri uchun badal toiovlari;
shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat ko'rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha taiim
muassasasida boigan davri uchun badal toiovi miqdori va uni toiash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Toiov banklar orqali tegishli g'aznachilik boiimlarida ochilgan shaxsiy g'aznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha taiim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro'yxatdan o'tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha taiim muassasasiga byudjetdan tashqari qo'shimcha mablagiarning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi.
Davlat maktabgacha taiim muassasasida zarur moddiy- texnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud boigan taqdirda, taiim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik taiim- tarbiya xizmatlari ko'rsatiladi.
Davlat maktabgacha taiim muassasalarida pullik qo'shimcha taiim-tarbiya xizmatlari ko'rsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq toiash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minoti:
Muassis nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga mol- mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moddiy- texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo'lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xo'jaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqishda sohaga oid me’yoriy- huquqiy hujjatlar: qonunlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa qonunosti hujjatlarga asoslanib ish yuritadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi o'z huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish, xalq deputatlari mahalliy kengashlari bilan kelishgan holda hal etishlari lozim
Maktabgacha ta'lim muassasalarini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejasi hamda byudjet yoki tarmoq moliyaviy me'yorlari Maktabgacha ta'lim, Sog'liqni saqlash, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, boshqa respublika tashkilot va idoralari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy jihatdan
Do'stlaringiz bilan baham: |