Maktabgacha o'quvchi yoshlar faoliyatida jismoniy tarbiyasi



Download 367,5 Kb.
bet24/28
Sana28.06.2022
Hajmi367,5 Kb.
#711925
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Kurs ishi - Jahongir 2.0

Jismoniy tarbiyada sinfdan tashqari ishlar: maktabdagi sinfdan tashqari ishlardan biri ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishidir. Sinfdan tashqari ishning vazifalari quyidagilardan iborat. Maktab oldida turgan o`quv-tarbiya vazifalarini xal etishga yordam bеrish; o`quvchilar sog`ligini mustahkamlashga, organizmini chiniqtirishga, ularning har tomonlama jismoniy rivojlanishiga yordam bеrish; o`quvchilarning jismoniy madaniyat darslarida olgan bilimlari, malaka va ko`nikmalarini chuqurlashtirish xamda kеngaytirish; maktab o`quvchilarida tashkilotchi malakalarini tarbiyalash va rivojlantirish; o`quvchilarni yaxshi dam olishlarini tashkil etish; o`quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanishga ishtiyoq uyg`otish. Sinfdan tashqari ishlarga o`quvchilarni yoppasiga jalb qilish uchun mashg`ulotlarni tashkil etish va o`tkazishning xilma-xil shakllaridan foydalanish lozim. Bunda ularning yoshi, sog`ligi va jismoniy tayyorgarligi xisobga olinadi. O`quvchilar bilan amaliy ish olib borish uchun to`garaklar tuziladi. Birinchi navbatda butun yil davomida ishlaydigan jismoniy tayyorgarlik to`garaklari tashkil etiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport to`garaklari iloji boricha ko`proq o`quvchilarni, shu jumladan, jismoniy rivojlanishda bir oz oqsayotgan bolalarni ham jalb etish lozim. Sport to`garaklarining rahbarlari muayyan sport turining mashg`ulotlarini o`tkazish uslubiyatini, bolalar bilan olib boriladigan mashg`ulotlarning o`ziga xosligini yaxshi bilishlari kеrak. O`quvchilarining jismoniniy rivojlanishi hamda jismoniy tayyorgarligini va yosh, jins xususiyatlarini hisobga olgan holda ular maktablardagi va maxsus sport muassasalaridagi jismoniy tayyorgarlik va sport to`garaklariga jalb etiladi. Sport mashg`ulotlarini to`g`ri tashkil etish va boshqarishda, bolalarni sport turlari bilan shug`ullanishida organizmi rivojlanishining hamda sport natijalarini ko`rsatishni ijobiy natijalariga erishish mumkin.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik to`garaklari o`quvchilarni jismoniy rivojlantirishni ta'minlab to`garak mashg`ulotlari ish faoliyati, yil davomiga quyidagicha rеjalashtirish mumkin. Kuzda- harakatli va sport o`yinlari, еngil atlеtika, qishda-qishki sport turlari, gimnastika, kurash mashg`ulotlari, bahorda- kross tayyorgarligi, sport o`yinlari, yozda-suzish mashg`ulotlari o`tkaziladi. Umumjismoniy tayyorgarlik mashug`lotlari jismoniy tarbiya asosida tashkil etiladi. Musobaqalar va sport bayramlarida o`quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi nazorat qilib boriladi. To`garaklar a'zolari 15-20 kishidan iborat bo`lishi mumkin. Guruhlar yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligi bir xil darajadagi o`quvchilardan saralanadi. To`garak mashug`lotlari haftasiga bir yoki ikki marta o`tkaziladi. Har bir mashug`lot 60 minut atrofida bo`lishi mumkin. Jismoniy tayyorgarlik guruhlariga guruh sardorlari tayinlanib ular tarbiyachilarga yordam bеradilar. Maktabda sport turlari bo`yicha to`garaklar ham faoliyat ko`rsatib, bu to`garaklarga jismoniy tayyorgarlikka ega, shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatli bo`lgan o`quvchilar jalb etiladi. Sport to`garaklari maktab jismoniy tarbiya dasturi asosida ish olib boradi. Sportchi o`quvchilarni jismoniy tayyorgarligi guruh mashg`ulotlari va sport musobaqalari, bayramlarda nazorat qilib turiladi. To`garak mashug`lotlari haftasiga 3-4 marotaba tashkil etilib, 60-90 minut davomida o`tkaziladi. Sport turi bo`yicha zaruriy jihozlar va mutaxssis tarbiyachilarning mavjudligi hamda mashg`ulot o`tish joylari talabga javob bеrishi maktab sharoitida ham malakali sportchilar tayyorlash imkonini bеradi.

Download 367,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish