Aqliy tarbiyada atrof borliq haqidagi bilimlarning roli
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy tarbiyasi faqatgina bilish jarayonlarini – idrok, tasavvur, tafakkurining rivojlanishidan iboratgina bо‘lmasdan, balki uning mazmuniga bolalarda ma’lum hajmdagi bilimlarni shakllantirish ham kiradi. Bu bilimlar bolalarga atrof hayotda moslashishga, elementar munosabatlarni va о‘zaro aloqadorlikni tushunishga imkon beradi.
Aqli zaif bolalarda atrof dune haqidagi bilim va tasavvurlarining stixiyali ravishda tо‘planishi aqliy rivojlanishning manbai bо‘la olmaydi. Shuning uchun aqli zaif bola bilimlarini egallashda ta’lim yetakchi rol о‘ynaydi. Ta’lim aqli zaif bola о‘zlashtirib olgan bilimlarini tizimlaydi va bolaning aqliy rivojlanishi uchun yordam beradi.
Pedagog va tarbiyachilar maktabgacha tarbiya muassasasida butun hayot va faoliyat jarayonida bolalarga tevarak atrof haqidagi bilimlarni beradilar. Bu jarayonda alohida rolni mashg‘ulotlar, kuzatishlar va maxsus tashkil etilgan bolalar faoliyati о‘ynaydi.
Har bir mashg‘ulot turi va har bir faoliyat turi bolaning aqliy rivojlanishga о‘zining alohida hissasini qо‘shadi.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘ulotlari bolalarning bilimlari tizimiga va shuningdek bilish jarayoniga ijobiy ta’sir etib, ularni rivojlantiradi.
Matematik tasavvurlarni rivojlantirish asosida maktabgacha yoshdagi bolalar predmetlar о‘rtasidagi son va sifat munosabatlarini bilib olishlari yetadi. Bunday munosabatlarni bolalar taqqoslashni, solishtirishni, (predmetlar va predmetlar guruhini) о‘rganib olganlaridan sо‘ng tushunib olishlari mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolaning tizimli bilimlar olishini ta’minlovchi maxsus bо‘limlardan biri tevarak – atrof bilan tanishtirishdir.
Tevarak – atrof bilan tanishtirish turli yо‘nalishlarida olib boriladi. Bu jonsiz tabiat, jonli tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari Bilan tanishtirishdir.
Tevarak – atrof bilan tanishtirishda aqli zaif bolalarning ijtimoiy hodisalar haqidagi tafakkurlarni shakllantirish katta ahamiyatga ega. Bunda avval bolalarda о‘zi haqidagi tasavvurlarini (bolalarni о‘zlarini rasmdan tanishga, о‘z ismini, gavda va yuz qismlarini aytishga о‘rgatish) yuzaga keltiriladi.
Shuningdek, bolalarda oilasi haqidagi tasavvurlarini shakllantirishga kata ahamiyat beriladi.
Aqli zaif bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalashda, bilim jarayonlarini rivojlantirishda bolalar faoliyatining barcha turlari muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyatning barcha turlari tashkil etilgandi umumiy aqliy malakalarini rejalashtirish, nazorat va о‘z – о‘zini nazorat qilishni shakllantirishga olib keladi. Bularsiz о‘quv faoliyatining shakllanmasligi esa barchaga ayondir.
Bolaning aqliy tarbiyasida nutqning rivojlanishi kata ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |