Barmoqlar mashqi
Tarbiyachi she’rni o’qib turadi. Bolalar harakatni bajaradilar.
Q uyosh
Erta tongda
Quyosh turib
Bolalarni erkalaydi,
Boshlarini silaydi.
Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo’ladi.
Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
“O’rik daraxti gulladi” gapini so’zlarga ajratish. “O’rik “ so’zida tovushlarning ketma-ketligini aniqlash: birinchi tovushni ayting, ikkinchi tovushni ayting, uchinchi tovushni ayting,to’rtinchi tovushni ayting.So’zda hammasi bo’lib nechta tovush bor ekan? Qaysi tovush unli, qaysi tovush undosh? Keling, birgalikda talaffuz etamiz, tahlil qilamiz.
Mashg’ulot yakunida bolalarni rag’batlantirish.
3-mashg’ulot
Do'stlaringiz bilan baham: |