Non isi
(Rivoyat)
Bir kuni Xusayn Boyqoro:
-Dunyodagi eng xushboy narsani keltiring,-deb qolibdi.Unga quchoq-quchoq gul keltirishibdi.Sulton:
-Yo’q,-debdi.
Vazirlar nima qilishni bilmay, o’ylaverib boshlari qotibdi. Oxiri topolmasdan Alisher Navoiyga murojaat qilishibdi.
Navoiy bir savat non bilan saroyga etib boribdi.Bir zumda saroyni non isi tutibdi.
-Rahmat, do’stim, -debdi Xusayn Boyqoro nonni ko’rib, yangi yopilgan non isini istayotgan edim, topib kelibsiz.
Tarbiyachi rivoyat bo’yicha savol-javob o’tkazadi:
Xusayn Boyqoro nima keltirishni buyurdi?
Vazirlar kimga murojaat qilishdi?
Alisher Navoiy saroyga nima olib bordi?
Savol-javobdan so’ng, rivoyat yana bir bor o’qib beriladi va 5-6 ta boladan qayta hikoya qilib berish so’raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |