Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga oid nazariy, tashkiliy pedagogik va metodik ishlar
Reja:
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga oid nazariy, tashkiliy pedagogik ishlar.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga oid metodik ishlar
Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va metodik ishlari. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga olgan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni aniqlashdan boshlash
maqsadga muvofqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning
yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan:
– tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik;
– o‘z fkr-mulohazalarini erkin bayon eta olish;
– muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish;
– suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni to‘g‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar dialogik nutqni nisbatan oson o‘rganadilar. Bu quyidagilar bilan ifodalanadi: bolalar uyda, bolalar bog‘chasida doimo dialogik nutqni eshitadi. Bundan tashqari, bolalar o‘zaro muloqotda bo‘lib, asosan dialogik nutqdan foydalanadilar.
Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida asosan monologik nutq yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish ta’lim-tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Monologik nutq, muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar shaklida ifodalangan hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan fkrlar (tovushlar)ning uyushgan tizimini namoyon etadi.
Bola uchun monologik nutq, shubhasiz, psixologik jihatdan murakkab hisoblanadi. Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola monologik nutqqa tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, tinglovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fkr-mulohazalaridan qandaydir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘lsada, monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga oid iboralarni to‘g‘ri tanlash, gap tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qiladi.
Noqulay psixologik sharoit maktabgacha katta yoshdagi bolaga shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon qilmoqchi bo‘lgan so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan «noqulaylik»ni his etadi. Haqiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushunarli bo‘lishi uchun maktabgacha katta yoshdagi bola, avvalo, xotira va mantiqiy fkrlashga tayanmog‘i lozim.
Xulosa:
– Til – hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart bo‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday so‘zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o‘tirmaymiz.
– Nutq madaniyati - bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fkr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
– Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
– Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir.
– Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda nutq– dialogik va monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. «Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi.
2. Bolalar nutqini o‘stirishning predmeti, maqsadi va vazifalari.
3. Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va metodik ishlari.
4. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |