Мактабгача ёшдаги болаларда матбуот материаллари асосида одоб маданиятини шакллантириш


I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI  BOLALARDA MATBUOT



Download 453,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana28.01.2021
Hajmi453,58 Kb.
#56879
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda matbuot materiallari asosida odob madaniyatini shakllantirish

I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI  BOLALARDA MATBUOT 

MATERIALLARI ASOSIDA ODOB MADANIYATINI 

SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY  ASOSLARI 

1.1 Barkamol avlodni tarbiyalashda matbuotning o’rni 

O’zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so’ng  ijtimoiy  xayotning  boshqa sohalari 

qatorida  ommaviy  axborot  vositalariga  ham  yangicha  munosabat  vujudga  keldi. 

O’zbekiston  ommaviy  axborot  vositalari  endilikda  xorijiy  mamlakatlarda  yuz 

berayotgan  voqyea-hodisalar  haqidagi  axborotlarni,  yangiliklarni,  o’sha  mamlakatlar 

yoki  yirik  axborot  agentliklaridan  bevosita,  to’g’ridan-to’g’ri  qabul  qilib  olish 

imkoniyatlariga  ega  bo’ldilar.  O’z  navbatida  respublikamiz  haqidagi  muhim  yangilik 

va  axborotlar  ham  mamlakatimizda  faoliyat  ko’rsatayotgan  xorijiy  axborot 

agentliklari  vakillari  va  muxbirlari  tomonidan  o’sha  mamlakatlar  axborot  vositalari 

uchun  bevosita  yetkazib  berilmoqda.  Axborot  almashinuvi,  dunyo  voqyealaridan 

xabardorlik,  o’zini  namoyon  qilish  imkoniyati  tug’ildi.  Umuman  olganda,  istiqlol 

erkin  fikrlashga,  har  kimning  o’z  fikrini  oshkora  bayon  qilishga,  hurriyatga  keng 

eshik  ochdi.  Hurfikrlilikni  barqaror  etishning  yangidan  yangi  imkoniyatlarini  yaratdi. 

Jumladan,  vaqtli  matbuot  turlari  va  sonlari  ko’paydi.  Demokratik  erkinlik  sharoitida 

bir  necha  mustaqil  siyosiy  harakatlar,  jamoat  birlashmalarining  nashrlari  tashkil 

qilindi.  Mustaqil  nashrlar  o’z  muassislari  g’oyalari  va  dasturlari  yo’nalishlari 

doirasida  mustaqil  ish  olib  boradilar.  Islohotlar  va  yangilanishlarga  o’z 

munosabatlari,  muammolarga  yondashish  usullari  bor.  Biroq,  yagona  maqsad  — 

istiqlol  taqdiri,  mamlakat  va  xalq  istiqboli  ularni  birlashtirib  turadi.  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimov  ommaviy  axborot  vositalarining  rolini  alohida 

ta’kidlab,  -  ―Erkin  va  mustaqil  ommaviy  axborot  vositalari  har  tomonlama  rivoj 

topishi  lozim.  Ular  haqli  ravishda  hokimiyatning  to’rtinchi  tarmog’i  bo’lishi  darkor‖ 

degan  edilar.  Ommaviy  axborot  vositalari  demokratik  islohotlarni  amalga  oshirish 

jarayonining  qanday  kechayotganligini  quruq  bayon  qilibgina  qolmay,  uning  tahliliy 

tomoniga,  insonlar  hayotidagi  o’rniga  ham  jiddiy  e’tibor  qaratishi  lozim.  Jamiyatni 

demokratlashtirish 

tarbiyaviy 

jarayonga 

ham 

ta’sirini  ko’rsatadi,  iqtisodiy 



muammolarni  hal  qilishda,  turli  hil  salbiy  hodisalarga  qarshi  kurashda  yoshlar 


 

13 


o’rtasida  ijtimoiy  fikrni  uyg’otadi.  Har  qanday  millatning  yuksak  taraqqiyoti va jahon 

hamjamiyatida  yuqori  mavqyeni  egallashida  shu  millatga  xos  bo’lgan  ruhiy-ma’naviy 

xususiyatlar  subyektiv  omil  sifatida  muhim  rol  o’ynaydi.  ―Milliy  g’urur‖  tushunchasi 

maxsus  adabiyotlarda,  ommaviy  axborot  vositalarida  ko’p  qo’llanilsa-da,  uning  asl 

mazmun-mohiyati,  o’ziga  xos  boshqa  jihatlari  ijtimoiy  fanlar  tomonidan  yetarlicha 

ilmiy  tadqiq  etilmagan.  Aksariyat  hollarda,  u  insonlarga  xos  ichki  ruhiy-psixologik 

xususiyat  -  tuyg’u  sifatida,  kishilarning  ruhiy  kechinmalari,  intilishlari,  his-

hayajonlarini  hamda  kayfiyatlarini  ifodalovchi  his-tuyg’u  tarzida  talqin  etiladi.  2000 

yil  aprel  oyida  ―Xalq  so’zi‖  gazetasida  e’lon  qilingan  akademik  S.G’ulomov  va 

professor  V.Karimovalarning  ―Ijtimoiy  muhit  va  sog’lom  madaniyat‖  maqolasida 

oliy  o’quv  yurtlarida  olib  borilayotgan  tarbiyaviy  ishlar  xususida  shunday  bayon 

qilinadi:  ―Oxirgi  paytlarda  shunday  voqyealarning  ham  guvohi  bo’ldikki,  fakultetda 

a’lo  bahoga  o’qigan  talaba  turli  aqidaparastlar  to’dasiga  qo’shilib  yoki  ular  ta’siriga 

berilib,  o’zidagi  bilimga,  ezgulik  yo’liga  bo’lgan  e’tiqodining  sustligini  ko’rsatib 

qo’ymoqda.  Talabalar  yurtimizda  1999  yilda  qabul  qilingan  ―Vijdon  erkinligi  va 

diniy  tashkilotlar  to’g’risida‖gi  qonun  haqida  eshitganlar,  lekin  ularning  bilim 

darajalari  bugungi  kun  talabiga  javob  bermaydi.  Yoshlar  orasida  qonunni biladiganlar 

30-31  foizni,  u  xavda  eshitganlar  o’rtacha  45  foizni,  bilmaydiganlar  esa  21-22  foizni 

tashkil  etadi‖.  Ko’rib turganimizdek, oliy o’quv yurtlarida a’lo baholarga o’qish yosh 

yigit-qizlarning  ahloqan  mustahkam  va  e’tiqodli  bo’lishining  yagona  kafolati  emas 

ekan.  So’rovlarning  talabalar  orasida  olib  borilganligi  keltirilgan  ma’lumotlardan 

ko’rinib  turibdi.  Demak,  agar  so’rov  qishloq  va  ishchi  yoshlar  orasida  olib 

borilganda,  bu  raqamlar  ancha  pastroq  bo’lishi  ham  mumkin  edi.  Yoshlarning  diniy 

ta’sirga  berilib  ketishining  asosiy  sabablaridan  biri  ham  shunda.  OAVning  asosiy 

vazifalaridan  biri  demokratik  davlat  va  fuqaroviy  jamiyat  talablariga  muvofiq 

ravishda  ijtimoiy  fikrni  shakllantirishga  faol  hissa  qo’shishdir.  Bu  yo’nalishda  milliy 

axborot  vositalarimiz  olib  borayotgan  katta  hajmdagi  ishni  e’tirof  etgan  holda,  bu 

ishning  samaradorligini  oshirish  maqsadida  ayrim  kamchiliklarni  sanab  o’tishni 

lozim  topdik.  So’nggi  vaqtlarda  respublikaning  davriy  nashrlari  sahifalarida  islom 

dinining  tinchlik,  sahovat,  oqibat  dini  ekanini,  uning  ezgulik,  musulmon  kishining 




 

14 


fazilatlarini  shakllantirishga  xizmat  qiluvchi  mohiyatini  ochib  beradigan  maqolalar 

deyarli  chop  etilmay  qo’ydi.  Ba’zi  gazetalar  turli  manbalardan  olingan  rivoyatlarga 

ko’p  o’rin  beradi.  Mavjud  holat  voqyelikni  buzib  ko’rsatish,  xatto  diniy  vaziyatni 

chigallashtiradigan  muhit  paydo  bo’lishi  uchun  zamin  yaratishi  mumkin.  Hozirgi 

zamon  ilm-faniga  taalluqli  maqolalarni  malakali  va  xolis  mutaxassis  taqrizidan 

o’tkazib,  so’ng  e’lon  qilish  maqsadga  muvofiqligi  ma’lum.  Amalda  esa  mutaxassis 

taqrizidan  o’tmagan  maqolalarning  nashr  etilishi  aholi  o’rtasida  noto’g’ri 

ma’lumotlarning  tarqalishiga,  tushunmovchiliklarning  vujudga  kelishiga  zamin 

yaratmoqda.  Masalan,  ―2012  yil  21  dekabrda  oxir  zamon  bo’larmish‖  kabi  xabarlar 

ko’pgina  shov-shuvlarga  sabab  bo’ldi. Ko’pchilik hohlaydigan axborotni anglamaslik 

va  tanlay  bilmaslik,  axborotni  o’quvchi  yo  tomoshabin  bajonidil  qabul  qiladigan 

tarzda  uzatmaslik  odamlarni  tabiiy  ravishda  boshqa  axborot  vositalari  tomon 

yetaklaydi.  Bu  esa  mamlakatimizdagi  milliy  ommaviy  axborot  vositalarining  ta’sir 

kuchiga  putur  yetkazadi,  ularning  muxlislarini  yo’qotadi.  Butun  dunyoda  odamlar 

turmush  tarziga  umuminsoniy  qadriyatlar,  xususan,  xalqaro  demokratiyaning  norma 

va  prinsiplari  jadallik  bilan  kirib  kelayotgan  hozirgi  sharoitda,  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  ta’kidlaganlaridek,  ―Ommaviy  axborot 

vositalari  jamiyatimizda  haqiqiy  ―to’rtinchi  hokimiyat‖ga  aylanishi,  fuqarolarning 

siyosiy  huquq  va  erkinliklarini  ro’yobga  chiqarishda  eng  ta’sirchan  omil  bo’lishi 

kerak‖.  Bizning  jo’shqin  davrimizda  barcha  sohalarda  bo’layotgani  kabi  ommaviy 

axborot  vositalarini  erkinlashtirish  va  demokratlashtirish  yo’lidagi  e’tiborga  molik 

ijobiy  natijalarimiz,  ilg’or  yutuqlarimiz  izchillik  bilan  qonunlarimizda  o’z  aksini 

topishi, qonunlarimiz  bilan  mustahkamlanishi  ayni  muddaodir. 

Yosh  avlodni  o’z  imkoniyatlariga  tayanadigan,  atrofda  sodir  bo’layotgan 

voqyea-hodisalarga  mustaqil  munosabat  bilan  yondashadigan,  ayni  paytda  shaxsiy 

manfaatlarini  mamlakat  va  xalq  manfaatlari  bilan  uyg’un  holda  ko’radigan  erkin,  har 

jihatdan  barkamol  etib  tarbiyalash  davlat  ahamiyatiga  molik  vazifa  sifatida 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi,  ―Ta’lim  to’g’risida‖gi  Qonun,  ―Kadrlar 

tayyorlash milliy  dasturi‖, Prezident I.A.Karimov  asarlarida  aks ettirilgan. 



 

15 


O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasi  o’zini,  o’zligini 

bilgan,  oq-qorani,  do’st-dushmanni  ajratadigan,  jamiyat  taraqqiyoti  yo’lida  tinmay 

faoliyat  ko’rsatadigan,  madaniyatli,  ma’rifatli  yosh  avlodni,  komil  insonni  voyaga 

yetkazish  masalasiga  doimo zo’r e’tibor berib kelmoqda. 

Prezidentimiz  Islom  Karimov  o’zining  ―O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va 

taraqqiyot  yo’li‖  (1992),  ―O’zbekiiston  –  kelajagi  buyuk  davlat‖  (1993), 

―O’zbekiston  –  bozor  munosabatlariga  o’tishning  o’ziga xos yo’li‖ (1993), ―Yuksak 

malakali  mutaxassislar  –  taraqqiyot  omili‖  (1995),  ―Fan  ravnaqisiz  buyuk  davlat 

qurib  bo’lmaydi‖  (1995),  ―Yuksak  ma’naviyatsiz    kelajak  yo’q‖  (1996),  ―Yangicha 

tafakkurga  keng  yo’l‖  (1997),  ―Zamonaviy  kadrlar  –  taraqqiyotimizning  muhim 

omilidir‖  (1997),  ―Barkamol  avlod  –  O’zbekiston  taraqqiyotining poydevori‖ (1997), 

―Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q‖  (1998),  ―Yuksak  ma’naviyat  –  jamiyat 

taraqqiyotining  asosi‖  (1998),  ―Farzandlarimiz  bizdan  ko’ra  kuchli,  bilimli,  dono  va 

albatta  baxtli  bo’lishlari shart‖ (1998), ―Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot 

pirovard  maqsadimiz‖  (2000),  ―Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch‖  (2008)  kabi 

ko’plab  asarlari,  ma’ruza  va  nutqlarida  yuksak  taraqqiyotni  ta’minlashda  barkamol 

avlod tarbiyasiga  alohida jiddiy  e’tibor berganlar. 

Komil  inson  –  iymon  va  e’tiqodlilik,  halollik  va  poklikning  oliy  timsoli. 

Mustaqil  O’zbekistoning  bozor  munosabatlariga  o’tish  sharoitida  iymonli  bo’lish, 

halollik  va  poklik,  vijdonli  va  diyonatli  bo’lish  nechog’lik  zarur  ekanligi 

hammamizga  ayon.  Mana  shuning  uchun  ham  Prezidentimiz  ma’naviy  barkamol 

inson  tarbiyasida  yoshlarimizni  elini,  vatanini  sevuvchi  komil  inson  qilib  tarbiyalash 

ishiga  alohida  ahamiyat  berib  kelayotir.  Prezidentimizning  quyidagi  ta’rifida  komil 

insonning  asosiy  xususiyatlari  har  taraflama  chuqur  va  teranlik  bilan  bayon  qilib 

berilganligi diqqatga sazovordir. ―Komil inson deganda – deb yozadi Islom Karimov, 

-  biz  avvalo,  ongi  yuksak,  mustaqil  fikrlay  oladigan,  xulq-atvori  bilan  o’zgalarga 

ibrat bo’ladigan bilimli,  ma’rifatli  kishilarni  tushunamiz‖. 

Ma’naviy-ma’rifiy  tarbiya  mustaqil  davlatimiz  siyosati  darajasiga  ko’tarildi. 

Chunki  Prezidentimiz  ta’kidlaganidek,  taraqqiyot  taqdirini  ma’naviy  jihatdan  yetuk 

odamlar hal qiladi. 




 

16 


Yurtdoshlarimizning 

texnikaviy 

bilimi, 

murakkab  texnologiyani  egallash 

qobiliyati,  ma’naviy  barkamollik,  mustaqil  tafakkur  bilan  birga  borishi  kerak.  Aqliy 

zakovat  va  ruhiy-ma’naviy  salohiyat  ma’rifatli  insonning  ikki  qanoti  bo’ladi.  Butun 

ma’naviy  va  ma’rifiy  tarbiya  ishimizni  shu  qoidaga  asoslanib  qurmog’imiz  zamon, 

Mustaqil  taraqqiyotimiz  bozor munosabatlari davri talabidir. 

Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi 

to’rt jihatga  e’tiborni qaratdi, ya’ni  har bir fuqaro: 

-  o’z haq-huquqini taniydigan  bo’lsin, buning uchun kurashsin; 

-  o’z  kuchi  va  imkoniyatlariga  tayanadigan  bo’lsin,  imkoniyatlarini  ishga  solib, 

samarasini  ko’rsin; 

-  atrofida  sodir  bo’layotgan  voqyea-hodisalarga  mustaqil  munosabat  bildira 

olsin; 

-  shaxsiy  manfaatini  mamlakat  va  xalq  manfaati  bilan  uyg’un  holda  qurib, 

faoliyat  yuritsin.  Bular  barkamol inson fazilatlari  haqidagi  aniq va to’liq ta’rifdir. 

Komil  inson  tushunchasi  ma’naviy  barkamol  inson  tushunchasi  bilan 

hamohangdir.  Ma’naviy  barkamollika  erishmay  komil  inson  darajasiga  yetish 

mumkin  emas.  Demak,  ma’naviy  barkamollikka  intilish  –  bu  komil  inson  darajasiga 

erishish  uchun  intilishdir.  Komillika  inson  butun  umri  davomida  erishib  boradi. 

Uchala  tushuncha:  sog’lom  avlod,  ma’naviy  barkamol,  komil  inson  –  darajama-

daraja  chuqur  ma’no  kasb  etadi.  Shundan  kelib  chiqadigan  bo’lsak,  komil  inson 

bo’lishning  aniq  cheki  va  chegarasi  yo’q.  Bizning  ko’hna  tariximizda  yuzaga  kelgan, 

xalq,  mamlakat  tarixida  katta  ma’naviy-axloqiy  tarbiya  rolini  o’ynaydigan  tasavvuf 

komil  inson  nazariyasi  haqidagi,  uni  tarbiyalash,  voyaga  yetkazish  haqidagi  ta’limot 

va amaliyot  sanaladi. 

Komil,  barkamol  insonni  tarbiyalash,  voyaga  yetkazish  haqida musulmon Sharqi 

axloqi  tarixida  inson  hayoti  uchun  dasturilamal,  qo’llanma  vazifasini  o’tagan  ko’p 

pandnomalar,  xalq  kitoblari  mavjud  bo’lgan.  Bularga  Kaykovusning  ―Qobusnoma‖, 

Sa’diyning  ―Guliston‖,  ―Bo’ston‖,  Amir Temurning ―Temur tuzuklari‖, Abdurahmon 

Jomiyning  ―Bahoriston‖,  Alisher  Navoiyning  ―Mahbub  ul-qulub‖,  ―Nasoyim  ul-

muhabbat‖,  Husayn  Voiz  Koshifiyning  ―Axloqi  Muhsiniy‖  va  boshqalarni 



 

17 


ko’rsatishimiz  mumkin.  Bu  asarlarning  ko’pchiligida  odil  sho  hva  adolat  halollik, 

soflik,  poklik,  to’g’rilik,  rostgo’ylik,  insonparvarlik,  ma’rifatli  bo’lish  kabi  insonning 

sharqona fazilatlari  berilgan.   

Shuningdek,  barkamol  avlodni  shakllantirishda  ommaviy  axborot  vositalarining 

ham  o’rni  katta.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy Majlisi 1997 yil 24 apralda ―Axborot 

olish  kafolatlar  va  erkinligi  to’g’risida‖,  ―Jurnalistik  faoliyatini  himoya  qilish 

to’g’risida‖,  1997  yil  26  dekabrda  ―Ommaviy  axborot  vositalari  to’g’risida‖gi 

qonunlar  qabul  qildi.  Bu  qonunlar  O’zbekiston  Respublikasi  ommaviy  axborot 

vositalarining  demokratik  jamiyatga  xos  huquqiy  asoslarini  belgilab  berdi.  Ommaviy 

axborot  vositalarini  rivojlantirish,  moddiy  jihatdan  qo’llab-quvvatlash  maqsadida 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  devonida  Axborot  Markazi Milliy matbuot klubi 

tashkil  etildi.  Jurnalistlarni  qayta  tayyorlash  xalqaro  jamoatchilik  markazi  tuzildi. 

Markaz  jurnalistlarni  qayta  tayyorlash,  malakasini  oshirish  yo’lida  faoliyat 

ko’rsatmoqda.  1996  yil  may  oyida  O’zbekiston  ommaviy  axborot  vositalarini 

demokratlashtirish  va  qo’llab-quvvatlash  ijtimoiy-siyosiy  jamg’armasi  tashkil  qilindi. 

Bu  ommaviy  axborot  vositalari  vakillarining  mustaqil  o’z-o’zini  boshqaruvchi, 

hukumatga  qarashli bo’lmagan ijtimoiy  xayriya  tashkiloti  hisoblanadi.  

Ommaviy  axborot  vositalari  milliy  mustaqillikning  Vatanimiz,  xalqimiz 

taqdiridagi  buyuk  o’rni  va  ahamiyatini  yaqin  o’tmish  fojealari  va  xalqimizning 

bugungi  yaratuvchilik  ishlari  misolida  keng  targ’ib  qilib,  yosh  avlod  qalbida  Vatanga 

muhabbat va sadoqatni tarbiyalamoqda. 

Ommaviy  axborot  vositalari  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  demokratik 

islohotlarning  mohiyatini,  davlat  siyosatini  odamlar  ongiga  yetkazmoqda,  ularning 

mag’zini  tushunishga  ko’maklashmoqda.  Inson  va  jamiyat  manfaatlarini  himoya 

qilishda,  davlat  va  jamiyat  o’rtasida  vositachi  bo’lishdek  rolni  bajarishda  muhim 

ishlarni  amalga  oshirmoqdalar. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  O’zbekiston  Respublikasi 

Konstitusiyasi 

qabul 

qilinganligining 



18 

yilligiga 

bag’ishlangan  tantanali 

yig’ilishidagi  ma’ruzasida:  ―Yoshlarda  ommaviy  madaniyat  niqobi  ostidagi  xurujlar, 

diniy 

ekstremizm, 



xalqaro  terrorizm,  xalqimizga  yot  bo’lgan  g’oya  va 


 

18 


qadriyatlarining  chetdan  ―eksport‖  qilinishiga  qarshi  qat’iy  pozisiyani  shakllantirish 

bo’yicha  axborot  va  pedagogik  texnologiyalarning  zamonaviy  yangi  shakllari  joriy 

qilindi.  Tabiiyki,  bu  borada  ―Ommaviy  madaniyat‖ning  saviyasi  past,  yengil-yelpi 

namunalariga  qarshi  haqiqiy  san’at  asarlarini  yuksak  darajada  keng  targ’ib va tashviq 

qilish  muhim  vazifalardan  biri bo’lib qolmoqda‖, - deb ta’kidlagan edi. 

Davlatimiz  rahbarining  bu  ko’rsatmalari  hamda  istiqbolli  g’oyalaridan  kelib 

chiqib,  hozirgi  murakkab  sharoitda  xalqimiz,  avvalo  unib-o’sib  kelayotgan  yosh 

avlodning  ongi  va  qalbida  mafkuraviy  immunitet  hosil  qilish  muhim  va  dolzarb 

ahamiyat  kasb etgan vazifalarimizdir. 

Matbuot  –  barcha  bosma  mahsulotlar  majmui,  tor  ma’noda  davriy  nashrlar, 

asosan,  gazeta  va  jurnallarni  ifodalaydi.  Matbuot  ijtimoiy ongning o’tkir va ta’sirchan 

vositasi  sifatida  kishilik  jamiyatiga  doimiy  va  faol  ta’sir  ko’rsatadi,  jamoatchilik 

fikrini  shakllantiradi,  omma  ongiga  muayyan  qarashlarni  singdirishda  qudratli 

g’oyaviy omil  hisoblanadi. Matbuot jamiyat  hayotini  turli  yo’nalishlarda  yoritadi.   

Matbuot  XV  asrning  o’rtalarida  Yevropada  tarkib  topgan,  qariyb  5  asr 

mobaynida  (ommaviy  axborot  vositalarining  boshqa  turlari  –  radioeshittirish  va 

televideniye  paydo  bo’lgunga  qadar)  kishilararo  ommaviy  muloqotning,  bilim  va 

g’oyalar  tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola 

va  varaqalardan  iborat  bo’lgan,  XVII  asrning  boshlarida  gazetalar,  keyinroq  esa 

jurnallar  tashkil  topdi.  XIX  asrning  o’rtalarida  matbuot  agentliklari  vujudga  kela 

boshladi.  XX  asrda  ommaviy  axborotning  radioeshittirish  va  televideniye  singari 

turlarining  paydo  bo’lishi  va  taraqqiy  qilishiga  qaramay,  matbuot  hamon  kishilik 

jamiyatidagi  o’z  o’rni  va  mavqyeini  tobora  kengaytirib  borayapti.  Ijtimoiy-siyosiy 

hayot  va  faoliyatning  hamma  tomonlariga  doimiy  va  samarali  ta’sir  ko’rsatayapti. 

Butun dunyoda matbuotning muttasil  keng tarqalib  borayotgani buning isbotidir. 

O’zbekistonda  matbuot  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  tarkib  topdi.  Toshkentda 

1870  yilda  o’lkadagi  mustamlakachi  hukmronlar  tashkil  etgan  ―Turkenstanskiye 

vedemosti‖  va  ―Turkiston  viloyatining  gazeti‖  Markaziy  Osiyodagi  matbuotning  ilk 

namunalari  hisoblanadi.  Turkistonda  dastlabki    taraqqiyparvar  Milliy  Gazetalar  1905-

1907  yillardan  faoliyat  ko’rsata  boshladi  (―Taraqqiy‖,  ―Xurshid‖,  ―Xurshid‖). 




 

19 


Ularning  yo’lini  XX  asrning  ikkinchi  o’n  yilligida  chop  etilgan  ―Sadoi  Turkiston‖, 

―Sadoi  Farg’ona‖,  ―Najot‖  gazetalari.  ―Oyina‖  jurnali  davom  ettirdi.  Milliy  nashrlar 

Turkistonni  savodli,  ma’rifatli,  taraqqiyotga  erishgan,  obod,  mustaqil  diyorga 

aylantirish  g’oyalarini  targ’ib qildilar. 

Istiqlol  tufayli  O’zbekiston  matbuoti  taraqqiyotga  ham  sifat  jihatidan  butunlay 

yangi  demokratik  rivojlanish  bosqichi  boshlandi.  Endilikda  tashkilotlar,  partiyalar, 

uyushmalar,  ayrim  jamoalar,  fuqarolar  ham  matbuot  nashrlarini  ta’sis  etish  huquqiga 

ega  bo’ldilar.  Mamlakatimizda  matbuot  erkinligini  ta’minlashga  imkoniyat  yaratila 

borildi.  Ommaviy  axborot  vositalarining  normal  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  shart-

sharoit  yaratish,  ularni  nashr  etish  va  tarqatish  bilan  bog’liq  moliyaviy  va  texnik 

masalalarni  yechishda,  ijodkorlarning  demokratik  jarayonda  faol  ishtirok  etishi  uchun 

amaliy  yordam  ko’rsatish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  ommaviy  axborot 

vositalarini  demokratlashtirish  va  qo’llab  quvvatlash  ijtimoiy-siyosiy  jamg’armasi 

tashkil  qilindi.  Bu  jamg’arma  ommaviy  axborot  vositalarining  mustaqil,  o’z-o’zini 

boshqaruvchi, hukumatga  qarashli bo’lmagan tashkiloti  hisoblanadi.   

O’zbekiston  matbuoti  ishiga  umumiy  rahbarlik  qilib  kelgan  O’zbekiston 

Respublikasi  Davlat  matbuot  qo’mitasi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

―Matbuot  va  axborot  sohasida boshqaruvni takomillashtirish to’g’risida‖gi farmoniga 

binoan  O’zbekiston  Respublikasi  Matbuot  va  axborot  agentligi  etib  qayta  tashkil 

etildi.  Shunga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, 

viloyat  hokimliklari  huzurida  matbuot va axborot hududiy boshqarmalari tuzildi. 



 

20 



Download 453,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish