1.3 Maktabgacha yoshdagi bolalarda odob madaniyatini shakllantirishda
matbuot materiallaridan foydalanishning hozirgi holati va imkoniyatlari
Bugungi bolalar qayerda yashashidan qat’iy nazar, doimiy ravishda ijtimoiy,
siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi o’zgarishlar bilan
to’qnash kelishlariga to’g’ri keladi. Bolaning rivojlanishi va o’sishi uzluksiz davom
etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni
atrofdagi ashyo va buyumlar orqali anglab, undan o’zicha ma’no topishga intilishi,
qiziqish va hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz.
Hayotning har bir davri, rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlariga ko’ra o’ziga
xos bosqichlarga ega. Bolaning o’sib, ulg’ayishida maktabgacha bo’lgan davrni
shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam hisoblanib, juda tez o’sish,
rivojlanish va o’zgarishlar ichida yashaydilar. Bu farzand tarbiyasida aynan shu palla
qanchalik ahamiyatli ekanining yana bir isbotidir.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekistonda ta’lim sohasini
bosqichma-bosqich, aniq maqsadlarga yo’naltirilgan holda isloh qilish bo’yicha
uzoqni ko’zlagan dasturlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan ―Ta’lim
to’g’risida‖gi
hamda
―Kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturi‖gi
Qonunlar
mamlamkatimizni ravnaq toptirishda, yosh avlodning ma’naviy kamolotini yanada
yuksaltirishga xizmat qilinmoqda. Mamlakatimiz ta’lim sohasida uzduksiz va uzviy
ta’lim tizimini joriy etildi. Bu tizimning ilk bosqichi sanalgan – maktabgacha ta’lim
muassasalari sog’lom va har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash va maktabga
ta’limiga tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Bola maktabgacha ta’lim muassasidan maktabga qadam qo’yganida uning
dunyoqarashi ilk o’quv dasturlarini qabul qilishga tayyor darajaga yetishi zarur.
Hozirgi kunda Respublikamizda 4978 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat
yuritmoqda. Ularda 2 dan 7 yoshgacha bo’lgan 539 065 nafar bola ta’lim-tarbiya
olmoqda. Mazkur maktabgacha ta’lim muassasalarida 52 515 nafar tarbiyachilar,
bolalar tarbiyasini shakllantirishda qalb qo’rini berib, o’z zamonaviy bilim-
tajribalarini samarali qo’llamoqdalar.
24
Ushbu tizimni barqaror rivojlantirish maqsadida 2011 yilda ―Maktabgacha
yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan davlat talbalari‖ning takomillashtirilgan
varianti asosida qayta ishlangan ―Bolajon‖ dasturi YuNISEF xalqaro tashkiloti bilan
hamkorlikda amaliyotga joriy etildi.
―Bolajon‖ tayanch dasturi mazmuni quyidagi muhim yo’nalishlarni qamrab
olgan:
1. Bolalarni jismoniy rivojlantirish, o’z-o’ziga xizmat va gigiyena.
2. Bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish.
3. Bolalarning nutqi, o’qish va savodga tayyorlash.
4. Bolalarning bilish jarayoni, atrof-olam to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi va
uni anglashi.
5. Bolalarda tasviriy san’atga nisbatan qiziqishni uyg’otish.
6. Bolalarda musiqiy qobiliyatni tarkib toptirish.
7. O’yin vositasida bolalarning uyg’un rivojlanishini ta’minlash.
Dastur mazmun-mohiyati bilan bolalarning psixofiziologik kamol topish
tamoyilidan kelib chiqib, ularning tevarak-atrofdagi narsa-buyum va voqyea-
hodisalarga munosabati hamda turli faoliyat sohalari bilan o’zaro birgalikda harakat
qilishlarini nazarda tutadi.
Dasturda o’zbek xalq og’zaki ijodi, xalq o’yinlari, musiqasi, raqslari, amaliy
san’at asarlari va tabiatiga katta ahamiyat berilgan. Shuningdek, dasturda boshqa
xalqlarga hurmat hissini tarbiyalash, chidamlilik, sabr-toqatlilikni tarkib toptirish
nazarda
tutilgan
hamda
bolalarni
mehr-shafqat,
intizomlilik,
go’zallikka,
xayrixohlikka o’rgatishga alohida e’tibor qaratilgan.
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ g’oyalarini amaliyotga tatbiq etish
Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash,
maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarining
ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog’liqdir.
Hozirgi kunga qadar maktabgacha ta’lim muassasasi pedagogining kasbiy
faoliyati pedagog va psixologlarning tadqiqot predmeti bo’lib qolmoqda. Tadqiqotlar
natijalari maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi pedagogik faoliyatining o’ziga
25
xosliklari yaratuvchanlik, insonparvarlik, ijodiylik, jamoada ishlay olish kabilarda
yorqin namoyon bo’lishini ko’rsatadi. Mazkur o’ziga xosliklar ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarni tarbiyalovchi pedagog faoliyatida o’z aksini topishi lozim.
Go’daklik chog’idanoq rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoit yaratish eng avvalo,
tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olishni talab etadi. Tug’ilganidan
boshlab to maktab ta’limiga tayyorlashga qadar bo’lgan bosqich shaxs
rivojlanishining boshqa yosh davrlaridan farqli ravishda keyinchalik bola istalgan
sohaga doir maxsus bilim va ko’nikmalarni egallashi hamda faoliyatning xilma-xil
turlarini o’zlashtirishi uchun asos bo’ladigan uyg’un tarzda amalga oshuvining
ta’minlashini talab etadi. Chunki maktabgacha yoshda bola jamiyatning har bir a’zosi
uchun zarur bo’lgan jismoniy va psixologik sifatlarga ega bo’lib, inson sifatida
shakllanadi. Bola rivojlanishi uchun zarur bo’lgan jismoniy va psixologik sifatlar esa
ongli ravishda dunyoni anglash, fikr yuritish, boshqa kishilar bilan muloqot qilish,
o’z xatti-harakatlarini boshqara olish orqali qo’lga kiritiladi.
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishida tayanch vazifani
tarbiyachining qo’yilgan talablarga kanchalik muvofiq ekanligi belgalab beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi eng avvalo, bolaning kelajagi, taqdiri
uchun yuksak mas’uliyatni to’la anglab yetishi zarur. Faqatgina maktabgacha
yoshdagi bola rivojining muhim qadriyat ekanligini tushunishgina emas, balki bola
rivojlanishi qonuniyatlariga doir bilimlarni ham egallash juda muhimdir. Ana
shunday qonuniyatlardan biri bolaning jismoniy va psixik rivojining uni o’rab turgan
atrof-muhit bilan bog’liqligidir. Mazkur qonuniyat o’z navbatida maktabgacha ta’lim
muassasasi tarbiyachisining quyidagi ikkita muhim funksiyasini belgilab beradi:
1) bolalarni muvafaqqiyatli tarbiyalash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar
yaratish;
2) ularning
hayotiy
faoliyati
xavfsizligini
ta’minlash va salomatligini
mustahkamlash.
Maktabgacha
yoshidagi
bolalarga
ta’lim-tarbiya
berishning
asosiy
yo’nalishlaridan biri – bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan
rivojlantirishdir. Ularning tug’ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini
26
hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida uzviy ta’lim
berishga hamda maktabga tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlardan maqsad, yosh
avlodni tarbiyalashda ularning ma’nan va jismonan barkamol bo’lib voyaga
yetishishlari mustahkam poydevor yaratishdir. Zero, ertangi yosh avlod ilk tarbiyani
maktabgacha ta’lim muassasalaridan oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini ma’naviy-axloqiy ruhda
tarbiyalashda matbuotning ham roli katta. Bu borada ―Maktabgacha ta’lim‖
jurnalining faoliyati e’tiborga molik. 1992 yil yanvardan ―Maktabgacha tarbiya‖
nomi bilan chiqqan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 13-
aprel 127-sonli qaroriga asosan ―Maktabgacha tarbiya‖ jurnali negizida ―Sog’lom
avlod uchun‖ jurnali tashkil etilgan. 1999 yil yanvardan ―Maktabgacha ta’lim‖ nomi
bilan qaytadan chiqa boshlagan. ―Maktabgacha ta’lim‖ jurnali O’zbekiston matbuot
va axborot agentligi tomonidan 2007 yil 3-yanvarda 0100-tartib raqami bilan
ro’yxatdan o’tkazilgan.
Biz tadqiqotimiz davomida matbuot materiallarini qaysi mashg’ulotlar orqali
bolalalarga yetkazish mumkinligini aniqlash maqsadida mashg’ulot dasturini ko’rib
chiqdik. Bunda biz katta guruh tarbiyalanuvchilarining o’quv-mashg’ulot dasturlariga
diqqatimizni qaratdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |