KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: So’nggi yillarda respublikamizda maktabgacha ta’lim
tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, maktabgacha ta’lim konsepsiyasi, ―Bolajon‖
tayanch dasturi kabi qator me’yoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Yurtboshimiz ta’biri
bilan aytganda ―Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk
ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini
takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan
uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish
maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda
1
.‖ Ushbu ezgu maqsadni hayotda o’z
isbotini topishida ―Ta’lim to’g’risida‖gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖
huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi ―Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi‖da ko’rsatib
o’tilganidek – maktabgacha ta’lim – u ko’p tomonlama maqsadga yo’naltirilgan,
bolaning ta’limning keyingi bosqichi maktabga tayyorlovchi, jismoniy, ruhiy,
individual va yoshga doir rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya jarayonidir.
―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonunda ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim bola
shaxsini sog’lom va yetuk maktabga o’qishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish
maqsadida tashkil etiladi. Respublikamiz mustaqilligi yillarida maktabgacha tarbiya
muassasalarida amalga oshiriladigan pedagogik jarayonlarga qo’yiladigan talablar
o’zgardi. Bugungi kun bolalar bog’chalari kichkintoylarning dastlabki mehnat
ko’nikmalarini shakllantirishi, ularda musiqa, nafosat tarbiyasini shakllantirishi,
sog’lom-barkamol bo’lib o’sishini, ona-yurt va uning go’zal tabiatiga, xalqiga
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiya topmog’i, xorijiy tillardan birini va kompyuter
texnikasi alifbosini o’tagan, o’qish-yozishni o’rganib, savodxon bo’lgan bolalarni
tarbiyalab berishi zarur.
Xalqimizning
boy
tarixi,
madaniyati,
milliy
qadriyatlarini,
buyuk
bobokalonlarimiz madaniy-ma’rifiy merosini o’rganish, ular bilan faxr va iftixor
etish tuyg’usini tarbiyalash bugungi bolalar bog’chasidan boshlanadi. Mazkur
1
Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: ―Sharq‖, 1997, -B. 14-15.
4
talablar asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining o’quv dasturlari, bog’chalarga
olib borilayotgan pedagogik ishlarning mohiyati va mazmuni tubdan o’zgardi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20-maydagi PQ-1533-sonli
hamda 2011 yil 4-iyuldagi ―2011-2012 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida‖gi PQ-1564-sonli qarorlari asosida
yangilangan oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq
2011 yilning 16-sentyabrida O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan modernizasiyalashgan davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalari
tasdiqlandi. Yangi davlat ta’lim standartlari va o’quv rejalari asosida barcha o’quv
kurslari fan dasturlari ham qayta takomillashtirildi.
Tabiiyki, o’sib kelayotgan yosh avlodga yuqorida bayon etilgan talablar asosida
ta’lim-tarbiya berish maktabgacha tarbiya tizimlarida mehnat qilayotgan pedagoglar,
nazariy-metodik hamda kasbiy tayyorgarligiga yuksak talablar qo’yadi. Shu bois,
bolalar bog’chalari rahbarlarini, tarbiyachilarini, pedagoglarini, musiqa rahbarlarini,
jismoniy tarbiya xodimini, tibbiy hamshiralarini, logopedlari hamda defektologlarini
va boshqa toifadagi xodimlarining nazariy, uslubiy, kasbiy mahoratlarini muntazam
takomillashtirib turishni ta’minlovchi muassasalarning roli beqiyosdir.
Ana shunday maqsadlarni ro’yobga chiqarishni ta’minlashda maktabgacha
tarbiya muassasalari pedagoglari malakasini oshirish, qayta tayyorlar bo’yicha
doimiy ishlab turuvchi respublika kurslari asosiy o’rinda turadi.
Keyingi yillarda bunday mas’uliyatli va katta vazifani samarali uddalash
maqsadida Respublika xalq ta’limi vazirligining bevosita yordami va g’amxo’rligi
ostida Respublika kurslari o’zining moddiy-texnika bazasini hozirgi zamon talablari
darajasida takomillashtirishga va o’zining maktabgacha tarbiya xodimlariga nazariy-
metodik xizmatlar ko’rsatish bo’yicha imkoniyatlar doirasini sezilarli darajada
kengaytirishga erishdi. Zamonaviy o’quv korpusi, katta didaktik imkoniyatga ega
bo’lgan kabinetlar, o’quv laboratoriyalari, studiyalar, innovasion xizmat ko’rsatish
markazlari va boshqa qulayliklar barpo etildi.
Bundan tashqari kurs tinglovchilari uchun ―Xalq ta’limi vaziri bilan yuzma-
yuz‖, ―Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari sizning mehmoningiz‖ kabi amaliy
5
uchrashuvlar muntazam o’tkazib turilibdi. Respublika ―Ma’naviyat va ma’rifat
markazi‖, ―Sog’lom avlod uchun‖ jamg’armasi rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil
etilmoqda. Bu tadbir yuqori samaralar berayotir. Chunki birinchidan, bunday
uchrashuvlar tinglovchilarga hurmat va e’tibor bo’lsa, ikkinchidan ular o’z
muammolarini yuzma-yuz muloqotda bayon etib, ularga amaliy va qoniqarli javoblar
olmoqdalar.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga kelgan tinglovchilar o’z amaliy
mashg’ulotlarini poytaxtning eng ilg’or bolalar bog’chalarida o’tkazishlari
ta’minlangan. Kurslar boshlanishi oldidan va kurs yakuniga ko’ra tinglovchilar test
sinovlari topshiradilar. Bu tadbir tinglovchilarning o’quv kursi davomida olgan
nazariy-metodik hamda kasbiy ko’nikmalarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlab
olish imkoniyatini beradi. Kurs nihoyasida tinglovchilarga guvohnoma, maktabgacha
tarbiyaga doir dasturlar, me’yoriy hujjatlar, qonunlar va boshqalardan nusxalar
oladilar.
Tabiiy,
maktabgacha
tarbiya
yoshidagi bolalarning barchasini bolalar
bog’chalariga jalb qilish qiyin. Shu tufayli oilada bolalarni maktabga tayyorlash va
tarbiyalash bo’yicha ota-onalar uchun bola ta’lim-tarbiyasi bo’yicha darsliklar va
qo’llanmalar yaratish, farzandlari maktab bo’sag’asida bo’lgan bolalarni maktabga
tayyorlash bo’yicha respublika radio va televideniyasi, xalq ta’limi gazeta, jurnallar
orqali ota-onalarga uzluksiz maslahatlar berib borishni yo’lga qo’yish kerak.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng yurtimizda inson, uning manfaatlari,
huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb e’lon qilindi. O’zbekistonda yangi hayot,
yangi jamiyat barpo etish masalasi qanchalik dolzarb va muhim vazifaga aylangan
bo’lsa, ta’lim tizimini yuksaltirish, bu borada zamon talablariga javob beradigan
yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatini oshirish
va uning ma’naviy-axloqiy asoslarini kuchaytirish ham qat’iy zaruratga aylandi.
Mustaqil davlatimiz rahbariyati eng avvalo, ishni ta’lim sohasidagi davlat
siyosatining huquqiy asoslarini yaratib berishdan boshladi. Sobiq ittifoq tarkibiga
kirgan respublikalar ichida birinchilardan bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Oliy
Kengashi 1992 yil 2-iyulda ―Ta’lim to’g’rsida‖gi Qonunini tasdiqladi. Bu
6
dasturilamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim
tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning haq-huquqlari, burch va
mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. Binobarin, bu muhim davlat hujjatining qabul
qilinishi ta’lim sohasida amalga oshiriladigan barcha islohotlarning muqaddimasi
ham huquqiy kafolati edi.
Ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo’nalishlari uning demokratik,
insonparvarlik tamioyillarini qaror toptirish xalqimizning tarixiy an’analari va
pedagogikasi, shuningdek, jahon xalqlari pedagogikasining ilg’or yutuqlari asosida
ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirish, shu maqsadda o’qituvchilar, pedagogik
jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va uni har
tomonlama rag’batlantirish, bilim va ko’nikmalarining puxtaligini ta’minlaydigan
zamonaviy didaktik vositalarni qo’llashni keng ko’lamda yo’lga qo’yish, shu asosda
ta’lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bo’ldi.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan yangi jamiyat barpo etishning besh
tamoyili bugungi kunga kelib ijobiy natijasini ko’rsatmoqda. Yurtimizda shaxs,
inson, jamiyat, davlat yangilanmoqda, barcha ijtimoiy jarayon ta’lim va madaniyat,
ma’naviyat o’ziga xos tarzda shakllanib bordi. 1992 yilda Prezidentimiz
―O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li‖ kitobida bu masalaga alohida
to’xtalib, quyidagilarni ta’kidlagan edi: ―Bugungi kunda hur va ozod xalqimiz,
barcha xalqlar va davlatlar tomonidan yaratilgan ma’rifatda, fan va texnikada,
madaniyat va san’atda nimaiki yangi va ilg’or jihatlar bo’lsa, shunga dadillik bilan
intilmoqda. O’zbekiston diyorida tarixda ko’p marta bo’lganidek, yana yangidan
o’zimizning betakror va ilg’or, iqtidorli va eng muhimi, insonlarga kerakli
qadriyatlarimiz barpo etiladi.
―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonunda belgilab berilganidek, maktabgacha ta’lim bola
shaxsini sog’lom va yetuk maktabda o’qishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish
maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning olti-yetti yoshga to’lgunga qadar
oilada maktabgacha ta’lim muassasalari (yaslilar uch yoshgacha bo’lgan bolalar
uchun; bolalar bog’chalari 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun) va mulk
shaklidan qat’iy nazar ta’lim muassasalarida olib boriladi.
7
Maktabtacha ta’limning vazifalariga esa quyidagilar kiradi:
1)bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash;
2) bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
3) maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o’qishga
intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga
tayyorlash va hokazo.
Ta’lim O’zbekiston xalq ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi.
O’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi.
Kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab
olinadi va yosh avlodga o’tadi‖.
Bu so’zlar ta’lim tizimiga berilgan ijtimoiy buyurtma bo’lib, O’zbekiston
Respublikasining ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonuni, ta’lim sohasidagi davlat siyosatida
ham o’z ifodasini topgan.
Mustaqillik yillarida ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash
milliy‖ dasturi asosida uzluksiz ta’lim tizimining eng muhimi quyidagi yo’nalishlari
hayotga tadbiq etildi:
1. Maktabgacha ta’lim.
2. Umumiy o’rta ta’lim.
3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.
4. Oliy ta’lim.
5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.
6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
7. Maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim xalq ta’limi tizimining dastlabki bo’g’ini hisoblanadi. Unda
ikki oylikdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyalanishiga e’tibor beriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining ommaviy turidan tashqari sog’lomlashtirish,
jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan maxsus
turlari ham barpo etildi.
8
Demokratik islohotlarni hayotga tadbiq etish, alohida yangicha dunyoqarashni
shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyati kattadir.
Mustaqillik sharofati bilan o’zbek matbuoti, ommaviy axborot vositalari o’z
milliy zaminiga ega bo’ldi. Respublika ommaviy axborot vositalari qayta oyoqqa
turgan o’zbek davlatchiligining asl ifodachisi, himoyachisi sifatida tarix sahnasiga
kirdi.
O’zbekiston ommaviy axborot vositalarining huquqiy poydevorini yaratish
tadbirlari ko’rildi. Avvalo O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida ommaviy
axborot vositalarining erkinligi, qonunga muvofiq ish yuritish, senzuraga yo’l
qo’ymasligi belgilab qo’yildi.
1996 yil 26-avgustda Oliy Majlis tomonidan ―Noshirlik faoliyati to’g’risida‖,
―Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida‖ qonunlar qabul qilindi. Bu
qonunlar noshirchilik faoliyatining, ixtirochilik va badiiy ijod mualliflari huquqlarini
himoya qilishning huquqiy asosi bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1997 yil 24-aprelda ―Axborot olish
kafolatlar va erkinligi to’g’risida‖, ―Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to’g’risida‖,
1997 yil 26-dekabrda ―Ommaviy axborot vositalari to’g’risida‖ qonunlar qabul qildi.
Bu qonunlar O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining demokratik
jamiyatga xos huquqiy asoslarini belgilab berdi.
Ommaviy axborot vositalarining inson ongiga ta’siri juda katta. Hozir, ayniqsa,
texnika asrida yashar ekanmiz farzandlarimizning ma’nan sog’lom rivojlanishiga
jiddiy e’tibor berishimiz zarur. Sababi hozirgi kunda har qanday axborot kishilar
ongiga hyech qiyinchiliklarsiz kirib kelmoqda. Farzandlarimiz ongini yaxshi,
bunyodkor g’oyalar bilan boyitish, intellektual salohiyatini ko’tarishda ommaviy
axborot vositalarining o’rni katta. Biz farzandlarimizga televizor ko’rishini, radio
eshitishini, gazeta jurnallar o’qishini cheklab qo’ya olmaymiz. Shunday ekan efirga
uzatilayotgan har bir ko’rsatuv, kino, radio eshittirish, chop etilayotgan har gazeta,
jurnal mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi lozim. Ommaviy axborot
vositalarining yoshlar tarbiyasida, xususan, kichik yoshli bolalar shakllanishida roli
juda katta. Shuning uchun ham biz ushbu bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini
9
Do'stlaringiz bilan baham: |