MAKTABDA TARIX FANING MAZMUNI VA TUZILISHI
REJA:
Tarix o'qitish uslubiyatining predmeti. Tarix o'qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o'rtasidagi aloqalar.
Tarix o'qitish uslubiyatining vazifalari.
Tarix o'qitish uslubiyatining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (“Bumerang”, “Klaster”, “Munozara” ) foydalaniladi.
O`zbekiston Mustaqil davlat deb e‘lon qilinishi davlatimizning bugungi kunini emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir. O`zbekiston Respublikasining istiqlol yo`li avlod-ajdodlarimizning tarixiy an’analari va ma’naviy merosiga suyangan holda tanlab olindi.
Tarix o`qitish uslubiyati ilmiy pedagogik fan bo`lib, u o`quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni tarbiyalash va kamol toptirishda maktabda o’qitiladigan tarix kursining maqsadini, ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini, mazmuni, uslub-usullarini hamda tarix o`qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Tarix o`qitish uslubiyatining asosiy fan sifatida oliy o`quv yurtlaridagi tarix fakul’tetlarining o`quv rejasiga kiritilishi va uni o`rganishdan ko`zda tutilgan maqsad kelgusida o`qituvchi bo`lib chiqadigan talabalarni maktabda tarix o`qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat.
Tarix o`qitish uslubiyati o`zining Mustaqil tekshirish predmetiga ega. Maktabda tarix fanining o`qitilishi va o`qitish jarayonining o`rganilishi tarix o`qitish uslubiyatining predmetini tashkil etadi. O`qitish jarayonining ob‘ektiv suratda amal qiladigan o`z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va talim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish maktabda tarix o`qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim kalitidir. Zotan, Mustaqil-huquqiy davlat qurishining hozirgi bosqichida tarix o`qitishni yanada takomillashtirib borish, o`qitish jarayonida uning ob‘ektiv ravishda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan komil insonni tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanish zarur.
Mustaqil O`zbekiston Davlatining tashkil topishining hozirgi bosqichida tarix o`qitishning yanada yaxshilab, yangilab borish, o`qitish jarayonini, uning ob‘ektiv suratda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan huquqiy demokratik davlatning faol va ongli quruvchilarini tayyorlab yetishtirish maqsadida to`g`ri foydalanishi zarur.
Tarix o`qitish uslubiyatining tadqiq etadigan, talabalarni puxta va mukammal bilim olish amalda suyanishi kerak bo`lgan maxsus kursning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat va ular ta‘lim jarayonida qanday namoyon bo`ladi, u tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o`qitishning metod va usullari hamda natijalari) o`rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha nomoyon bo`ladi.
Maktabda o`qitiladigan tarix kursining maqsadi, ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o`qitishning mazmuniga, uning g`oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo`lishiga bog`liq bo`lganidek, o`quvchilarning tarix kursining o`zlashtirish darajasi ham o`z navbatida o`qitishning amaliy-ilmiy asosda maqsadga muvofiq tashkil qilinishiga, o`qituvchining o`rganiladigan mavzuning maqsadi, ta‘lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta’lim formalari-shakllari, o`qitish uslubiyati va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog`liqdir. Shuningdek o`qitishning natijalari ham o`qituvchining, o`qitishning ko`zlangan maqsadi, uning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilab olishiga kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan metod va usullaridan ilmiy asosda foydalana bilishga bog`liqdir. Tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari o`rtasidagi bu o`zaro dialektik bog`lanish natijasida ular bir-biriga uzluksiz ta‘sir ko`rsatib boradi. Tarix o`qitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni e‘tiborga olmasdan turib yaxshi natijalarga erishib bo`lmaydi.
Maktabda tarix ta’lim jarayoni umumiy qonuniyatlarni quyidagi sxema asosida ko’rsatish mumkin.
|
Tarix o`qitish. Maqsadi (ta’lim-tarbiya va riv. vazifalari)
|
|
Maktab tarix ta’limining mazmuni
|
|
O`quvchilarning yosh xususiyatlari va bilish imkoniyatlari
|
|
Tarix o`qitish va o`rganilishini tashkil etish
|
O`qitishning natijalari : tarixiy bilimlar, insoniylik qadriyatlari asosida tarbiya va o`quvchilarning rivojlanish darajasi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |