Maktabda milliy mumtoz musiqamizni zamonaviy tarzda o'qitish usullari



Download 36,5 Kb.
Sana11.02.2022
Hajmi36,5 Kb.
#442897
Bog'liq
Sarimsoqova Dilfuza Baxodirovna


Maktabda milliy mumtoz musiqamizni zamonaviy tarzda o'qitish usullari"
Sarimsoqova Dilfuza Baxodirovna Toshkent shahar Yunusobod tumani 302-maktab Musiqa fani o'qituvchisi 99897 747 87 81
Anotatsiya:Ushbu maqolada Maktabda milliy mumtoz musiqamizni zamonaviy tarzda o'qitish usullari,musiqa fani o'qitish metodikasi hamda mumtoz musiqalar haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Musiqa,metod,metodika,nazariya,maktab,mumtoz musiqa,amaliyot,pedagogika,psixologik tafakkur,psixologiya,estetika.
“Musiqa o‘qitish metodikasi, nazariyasi va maktab repertuari” fani pedagogika fani sifatida, tajribada sinalgan ishlami barcha qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan musiqa o‘qitish metodlarini taqdim etadi.Metodika asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U musiqa o‘qitishning qonun-qoidalarini ta’riflab, kelajakda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda qo‘llanadigan zamonaviy texnologiyalar va metodlami belgilab beradi. Metodika fani, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash uslublari maz-munini anglatadi.“Musiqa o‘qitish metodikasi, nazariyasi va maktab repertuari” fani birdaniga shakllangan fan emas, balki o‘z tarixiy, tarqqiyot yo‘liga ega bo‘lgan fan. 0 ‘zbekistonda, metodika fani shakllanishiga buyuk mutafakkirlar, olimlar, ilg‘or tajribali o‘qituvchilar, metodistlar, mahalliy olimlaming tadqiqot ishlari, izlanishlari, tajriba-sinov ishlari, risolalari, fikrlari, o‘quv dasturlari va darsliklarini yaratib o‘z hissalarini qo‘shganlar.“Musiqa o'qitish metodikasi, nazariyasi va maktab repertuari” kursining fan sifatida maqsadi talabalami bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash, ulami metodik bilim va mahorat bilan qurollantirish. Bu maqsadga erishish uchun amaliy mashg‘ulotlar mobaynida uzoq ijodiy mehnat talab etiladi. Ma’lumki maktabda o‘quvchilarning yosh psixologik fiziologik xususiyatlariga qarab, musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi qo‘llanadi. Bu yerda ta’lim usuli, o‘quv materiallarining (o‘quv reja, dastur) ta’lim tamoyillari, o‘quv tarbiyaviy ishlaming maqsad va vazifaiari muhim ahamiyat kasb etadi.“Metodika” so‘zi grekcha so‘z boiib, “tadqiqot yo‘li”, “bilish usuli” degan ma’noni anglatadi. Musiqa o‘qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishda qo‘llagan ish uslublari tushiniladi. “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” kursining asosiy vazifaiari quyidagilardan iborat:
- ta’lim tizimida shaxs madaniyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
- ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy o‘qituvchiga qo;yilayotgan talablarni o‘rganish;
- dars ishlanmalarini tayyorlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish;
metodik ishlanmalar, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlash, kompyuter,
slayd, disklar, magnit tasmalardan foydalana bilish,
- har bir sinfni yoshiga mos ravishda musiqa o‘qitish metodlari va usullarini tanlab
qo'llash;
- kelajak avlodning musiqiy madaniyati va ma’naviyatini musiqa vositasi orqali shakllantirish;
- sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiyani shakllantirish va uni tashkil etish uslublarini o‘rganish;
- pedagogik amaliyotda tajriba sinov ishlarini o‘tkazish;
- taniqli kompozitor, shoirlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, tanlovlarda ishtirok
etib, o‘quvchilami nafosat tarbiyasini shakllantirish;
- xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimini o‘rganish;
- o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
- berilgan topshiriqlami o‘z vaqtida bajarib, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarga puxta tayyorlanish;
- tavsiya etilgan adabiyotlar bilan mustaqil ishlash;
- talabalarni mustaqil fikrlash, izlanish, tahiil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatish;
- talabalarni mustaqil ish jarayonida ijodiy faolligini oshirish;
- amaliy mashg‘ulotlar ma’ruzalarni mantiqiy davomi bo'lib, talabalar ma’ruzalar kur-sida o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlashga o‘rgatish.“Musiqa o‘qitish metodikasi, nazariyasi va maktab repertuari” fani umumkasbiy fan hisoblanib, pedagogika, psixolgiya, maktab repertuari praktikumi, nutq madaniyati, musiqa tarixi, yakka kuylash, dirijyoriik, musiqa asbobi, solfedjio, xor musiqa nazariyasi, bolalar adabiyoti, pedagogik mahorat, ona till, adabiyot, tabiat kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu musiqiy nazariy fanlar, bo‘!ajak, o‘qituvchilarga musiqa san’atini bolalarga samarali yetkazish yo‘llarini, ularga hayotning musiqiy obrazlarda aks etishini va musiqa ifoda vositalarini amalda qo‘llashga yordam beradi. Bu fanlar bir biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllanishiga, musiqiy fani ami puxta egallashiga ko‘mak beradi. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchilami, musiqiy san’at sirlarini o‘quvchilarga samarali yetkazish yo‘llarini o‘rgatadi.
Mumtoz musiqa - mohir sozanda , xonanda hamda bastakorlar ijodining eng nodir mahsuli bo'lgan maqomlar , yirik shakldagi murakkab kuy va ashulalarni o'z ichiga oladi. Amaliyotda u “mumtoz musiqa” yoki “kasbiy musiqa” – deb ham yuritiladi. Demak , mumtoz musiqa xalq ijodiyotining professional yo’nalishga xos bo’lgan eng sara musiqiy namunalardir.8.Ushbu yo'nalishga xos bo’lgan asarlar iste’dodli bastakorlar tomonidan yaratilgan , yuksak malakaga ega bo’lgan xonanda va sozandalar tomonidan ijro etib kelingan. Ularning mazmuni murakkab va mukammaldir . Shu bois ularni ijro etish uchun katta sanátkorlik tajribasi mahorat malaka va musiqiy savod kerak bo’ladi.Mumtoz musiqa qadimdan yoshlarga ustozlar tomonidan o’rgatilib kelingan . Buni odatda , ustoz – shogird anánasi deb yuritiladi va u hozirgacha davom etib kelmoqda . Mumtoz musiqa yirik shakldagi kuy va ashulalardan tarkib topgan.Ular mazmunan va shaklan jihatdan rang – barangdir . Ma’lumki , bizning diyorimiz sheva nuqtai nazaridan 4 ta katta vohaga bo’linadi. Bular : 1. Buxoro – Samarqand 2. Xorazm 3. Surxondaryi – Qashqadaryo 4.Farg’óna - Toshkent vohalaridir .Sheva nafaqat tilda , balki musiqiy ohanglarda ham o’z aksini topadi. Musiqa madaniyati xalqlar orasidagi yaqinlikni , do’stlikni mmstahkamlaydigan omil . Madaniyati buyuk bo’lgan xalqning kelajagi ham buyukdir . Ma’naviy boy bo’lgan xalqimizning mumtoz musiqa merosi beqiyos. Mumtoz musiqa xalqimizning ustoz, sozanda va bastakorlari tomonidan yaratilgan ma’naviy ozuqadir. Ular mukammalligi, serko’lamliligi , salohiyatliligi va salobatliligi esa buyulik nishonasidir. Shu bois har bir davr ijodkorlai o’z xalqining o’tmishi Mumtoz musiqasini ardoqlasa , unga tayansa va an’analarini davom ettirsa , kelajak uchun munosib ish qilgan bo’ladi . Har qanday zamonaviy ijod o’tmish an’analari bialn sug’orilsa “Millat”ni davomchisi bo’lishi tabiiydir.Mumtoz kuylar. Mumtoz musiqa tarkibi ikki xil shaklga ega bo’ladi.Ulardan biri cholg’ú musiqasi bo’lsa , ikkinchisi ashula yo’lidir. Cholgú musiqasi tarkibi eng sodda xalq kuylaridan tarkib tortib to murakkab maqom namunalarigacha bo’lgan asarlarni o’z ichiga oladi . Shularning orasida maqom cholg’u yo’llari bilan birga juda ko’p anánaviy mumtoz asarlar ham bor . Mumtoz kuylarni o’zbek bastakorlari turli davrlarda yaratganlar. Mumtoz kuylar azaldan o’zbek xalq cholg’ulari – tanbur , dutor , g’ijjak , nay , chang va surnay kabi sozlarda ijro etilib kelingan . Eng ommabop cholg’ularimizdan yana biri doiradir . Amaliyotda aksariyat mumtoz kuylar yakka cholg’ularda hamda jo’rnavozlikda ijro etilib kelinmoqda . Xalqimiz sevib tinglaydigan mumtoz kuylarimiz juda ko’p .Ularga “Hojiniyoz – I – II ” ,“Cho’li iroq”,“Mirzadavlat ” ,“Munojot” , “Ufori Munojot” , “Savti Munojot ” , “Ilg’or” ,“Rohat” , “Rajabiy ” , “Sharof – I –II ,“Aliqambar ” , “Qo’shchinor ” , “Navro’zi Ajam” kabi kuylarni misol qilish mumkin . Shularga bolalarga ham xoslari “Dilxiroj”, “Jonon” , “Lazgi ” kabi kuylardir.Mumtoz cholg’u kuylari insonlarning ma’naviy ozuqasi sifatida barchaga huzur baxsh etadi.Xalqimiz orasida mumtoz cholg’u kuylarini yaratgan va ijro etgan juda ko’p mashhur kishilar yatishib chiqqan . Ulardan : Usta Olim Komilov , Yunus Rajabiy , To’xtasin Jalilov,Saidjon Kalonov, G’anijon Toshmatov, Faxriddin Sodiqov,Muhammadjon Mirzayev,Turg’ún Alimatov , Ahmad Odilov , Abduhoshim Ismoilov , O’lmas Rasulov , Qahramon Dadaboyev va boshqalar .Mumtoz ashula bu – qo’shiqqa nisbatan rivojlangan , shakli jihatdan kattaroq bo’lgan avjli asardir.Ashulaning so’z matnlari ham asosan g’azal janriga ko’proq mansub bo’ladi.Bunday xususiyatga ega bo’lgan asarlar , odatda “Mumtoz ashula” , yoki xalq ashulasi deb yuritiladi .Mumtoz ashulalar ham xalq ichida chiqqan mohir sozanda va bastakorlar tomonidan yaratiladi . Mumtoz ashulalar o’zining salobatliligi , keng qamrovliligi va pirma’noligi bilan ajralib turadi. Ularning turlari , janrlari ham juda ko’p .Mumtoz ashulalar xalq orasida keng ommalashgan . Ularga “Ushshoqlar” , “Fero’zlar ” , “Bayotlar” , “Suvoralar” , “Chorgohlar” ni kiritish mumkin . Xalqimizga yoqqan ashulalar tezda yoqadi va uning namunasi ham ko’payadi . Xususan ,“Ushshoq” larning bir qancha turi bor . “Samarqand ushsho’i” , “Qo’qon ushshog’i” , “Toshkent ushshog’i” , “Sodirxon ushshog’i” va boshqalar . Bundan tashqari “Gulizorim” , “Dilxiroj” , “Ey sabo” , “Koçha bog’i- I – II ” , “Abdurahmonbegi” , “Aylagach” , “Fig’on” , “Sensan sevarim” , “Munojot” , “Tanovar” kabi ashulalar esa xalq orasida mashhur bo’lib ketgan .Mumtoz ashulalar mumtoz adabiyot namoyondalari Jomiy , Navoiy , Fuzuliy , Bobur , Mashrab , Xorazmiy , Ogahiy , Nodira , Muqumiy , Furqat , Charxiy kabi shoirlarning lirik yo’nalishda yaratgan g’azal va she’rlariga bastalangan .Mumtoz ashulalar yakka yoki jo’rnavozlikda ijro etiladi . Xonandalar esa , sozandalar ansanbli jo’rligida yoki o’zlarining sozlari jo’rliklarida ham ashula aytadilar . Mumtoz ashula ijro etishda ko’proq tanbur , dutor , g’ijjak , doira , cholg’ularidan tuzilgan dastalardan foydalanadilar . Mumtoz ashula ijrochilarni biz “hofiz” deb ataymiz . Biz ustoz xonandalardan Halima Nosirova , Saodat Qobulova , Orif Xotamov , Ochilxon Otaxonov , Hasan Rajabiy ,O’lmas Saidjonov , munojot Yo’lchiyeva , Mahmud Tojibiyev , Mashrab Ermatovlarni hurmat bilan tilga olamiz .
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
G.M.Sharipova, D.F.Asamova, Z.L.Xodjayeva.Musiqa o'qitish metodikasi
Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish