2.2. Kichik maktab yoshidagi bolalar kiyimlarida ishlatiladigan matolar
Libos to’plamini loyihalashda asosiy kiyim, uning shakli, tamoyili,
bichimda moda tendensiyalarini hisobga olish zarur. Matoni va uning rangini
tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallar tanlash modellarning qo’llanilish
maqsadiga, ularning kompozitsion qarorlari xarakteri va moda yo’nalishiga qarab
amalga oshiriladi.
Bolalar kiyimi zamonaviy bozor tuzilishi va bezagi bo’yicha turli
matolarning ishlatilishi bilan xarakterlanadi. Bolalar kiyimi, asosan, tabiiy
matolardan tayyorlanadi. Shuningdek, sun’iy matolar ishlatilishi ham mumkin.
Ammo kiyim qavatlari va bola yoshini inobatga olish kerak. Kiyimning birinchi
qavati, albatta, tabiiy matolardan, ikkinchi va uchinchi qavatdagi kiyimlarda
aralash va sun’iy matolar ishlatiladi. Hozirgi kunda sun’iy matolar ishlab chiqarish
kiyimlarining katta qismini egallagan bo’lib, bunday matolarda havo
o’tkazuvchanlik, ishqalanishga chidamlilik
xususiyatlari
ham
mujassamlashtirilgan [15].
Bolaning yoshiga qarab material tanlanadi. Bog’cha va kichik maktab
yoshidagi qizlar uchun qimmat bo’lmagan, yorqin rangli gazlamalar ishlatiladi.
Ularning gullari har xil, ya’ni mayda gulli, mayda kataklar, hayvonchalar rasmlari
bo’lgan gazlamalar bo’lishi mumkin. Ularda kant, tesmalardan bezak sifatida
foydalaniladi.
Maktab yoshidagi qizlarning kiyimlarida yirik katak, yo’l-yo’l, yirik va
mayda gulli matolar ishlatiladi. Kiyimning bezagi gazlama rangiga, kiyim
vazifasiga qarab tanlanadi. To’r, volan, rush, burmalar, taxlama, tugma, kamar,
manjetlardan foydalanib kiyimni bezash mumkin [16].
O’g’il bolalar kiyimlari ham qulay va chiroyli bo’lishi kerak. Yasli
yoshidagi bolalarga ko’pincha oddiy bichimdagi ko’ylaklar, shim, futbolka va
kombinezonlar tikish mumkin.
28
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun shim, turli fasondagi ko’ylaklar,
koketkali, koketkasiz, yoqali, plankali kiyimlar kiyish tavsiya qilinadi. Bunday
kiyimlar uchun paxta, shoyi tolali matolar tanlash maqsadga muvofiqdir. Bolalar
kiyimini loyihalashda to’g’ri tanlangan materiallarning ahamiyati katta, sababi
ularning organizmida to 18 yoshga qadar o’sish kuzatiladi. Shuning uchun ham
ularga tabiiy va aralash matolardan kiyim yaratish ko’zda tutiladi.
Bolalar uchun mo’ljallangan kiyimlarga ko’pgina talablar qo’yiladi. U
qulay, sifatli va yorqin bo’lishi lozim. Odatda, barcha ko’rsatkichlarga mos
tushuvchi kiyimlarni tanlash murakkab jarayon sanaladi, chunki kiyimlar
funksional, estetik, gigiyenik, ergonomik, ekspluatatsion talablarga javob berishi
kerak.
Funksional ko’rsatkichlar - kiyimning asosiy vazifasiga, iste’molchining
tashqi ko’rinishiga va uning psixologik xususiyatlariga mosligini bildiradi.
Funksional ko`rsatkichlar kiyimni o`zining asosiy mo`ljalanishiga moslik
darajasini, hamda iste’molchilarning tashqi ko`rinishiga va psixo-fiziologik
xususiyatlariga mosligini ko`rsatuvchi ko`rsatkichlardir.
Buyumning barcha xossalari uning vazifasiga bog’liq holda tanlansa, buyum
insonning ehtiyojini qondira oladi.
Estetik ko’rsatkichlar esa kiyimni shaxsiy iste’mol predmeti sifatida
baholashda o’ziga xos ahamiyatga ega. Estetik xususiyatga ega bo’lmagan kiyim
foydasiz buyumga aylanadi, chunki u o’z maqsadli funksiyasini insonning estetik
talabini qondiradigan o’ziga xos xususiyatni bajara oladi. Estetik go’zallik
qonunlariga ko’ra insonni go’zallikka va ijodga bo’lgan talabini bildiradi.
Ekspluatasion ko’rsatkichlar - bu kiyimdan foydalanish davrida u o`zining
tashqi ko`rinishini, shaklini yo`qotmasligini ifodalovchi ko`rsatkichlar.
Ergonomik ko`rsatkichlar - bu kiyimni odamning funksional imkoniyatlariga
va psixo-fiziologik xususiyatlariga moslik darajasini, statika va dinamikada
29
antropometrik mosligini, gigiyenikligini, hayot faoliyatida kiyimdan foydalanish
qulayligini aniqlovchi ko`rsatkichlardir [17]. Quyida bolalar kiyimlari
topografiyasini ko’rishimiz mumkin. (2.1-jadval)
2.1-jadval
Kiyim turi
Kiyimlardagi topografiya, %
Kirl
anadi
gan sohalar
Terla
nishga
moyil
sohalar
Yog’la
nishga
moyil
sohalar
Bolalar
kiyimida
45-55
4-5
10-12
Ergonomik talablarning asosiy qismini antropometrik moslik egallaydi,
ayniqsa, yosh bolalar va o’smirlar tanasining doimiy rivojlanib borishi, o’sish
xususiyatlarini kiyim loyihalayotgan paytda alohida inobatga olish zarur. Kiyim
yelka, bel va tos suyaklarida tor bo’lmasligi, tanani haddan tashqari siqib
turmasligi kerak.
Texnik - iqtisodiy ko`rsatkichlar - bu ishlab chiqarishda va iste’mol etishda
sarf qilingan xarajatlarni hisobga olgan holda, kiyim konstruksiyasining va
texnologiyasining texnik ko`rkamligini darajasini aniqlovchi ko’rsatkichlardir.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning zamonaviy liboslari nafaqat, kiyim,
balki jamiyatda o’z o’rnini, o’z xohish-istak va qiziqishlarini ko’rsata olish ham
demakdir. Buning uchun esa bolalar kiyimlarini aniq va to’g’ri tanlay olish kerak
bo’ladi. Aynan maktab yoshi davrida bola o’z kiyimlarini tanlashni boshlaydi, shu
jarayonda ota-onalar ularga ko’maklashishlari va to’g’ri yo’l korsatishlari zarur.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |