I bob bo’yicha xulosa
I bob “Bolalar kiyimlarining umumiy ta’rifi”, “Bolalar gavda tuzilishi va
fiziologiyasi”, “Bolalar kiyimlari bo’yicha istiqbolli moda yo’nalishi tavsifi”
qismlaridan iborat bo’lib, asosan, ushbu mavzuga oid bo’lgan adabiyotlarning
ma’lumotlari o’rganildi.
Bolalar yosh guruhlari bo’yicha to’ldirilib boriladigan garderob tahlili, qiz
va o’g’il bolalar kiyimining silueti va bichimi, ularning bir-biridan farqi o’rganib
chiqildi. Bunda bolalar yosh aspektlarining pog’onalari, jismoniy o’sish, aqliy
o’zgarish va dunyoqarashlariga mos keladigan kiyimlar tahlil qilindi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar kiyimlarining zamonaviy yo’nalishlari,
hozirgi zamonaviy yoshlar modasidagi ranglarning uyg’unlashuvi, sodda va
murakkab bichimlari o’rganib chiqildi.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |